Musulmon bolaning odob-axloqi

Musulmon bolaning odob-axloqi
Musulmon bolaning odob-axloqi


Yeyish odobi

Ey o‘g‘lon, yeyishning bir qancha odoblari bo‘lib, sen albatta ularga bo‘ysunishing, shunda sening sog‘liging yaxshilanib jisming quvvatli bo‘ladi. Aqling o‘tkirlashib, har xil kasal va og‘riqlardan salomat bo‘lasan.

Quyidagilar ana shu odoblar jumlasidandir:

1. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga ergashgan holda yeyishdan oldin qo‘llaringni yuv.
2. O‘rtadagi idishdan ovqatlanayotganingda o‘z oldingdan olib yegin, boshqalar oldidagi narsalarga qarama va hojatingdan oshig‘ini yema.
3. Ovqat yeyishdan oldin Allohning nomini aytib “Bismillahir Rohmanir Rohiym” deb aytgin va yeb bo‘lganingdan keyin “Alhamdu lillahillaziy at’amani haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlim minni vala quvvah” – ma’nosi - “Men tarafidan hech qanday kuch quvvatsiz shu taomni menga taom qilib bergan va u bilan meni rizqlantirgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin” deb Unga maqtovlar ayt.4. O‘zing yomon ko‘radigan taomni boshqalarni ham undan nafratlantiradigan so‘zlar bilan yomonlama.
5. Ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun uni yaxshilab chayna.
6. Og‘zingni ovqat bilan to‘ldirib olma va og‘zingda ovqat bor paytda gapirma.
7. Bir hil ovqat bilan kifoyalan va oshqozoning to‘lib ketgungacha ovqat yema. Agar shunday qilsang, ovqat hazm bo‘lishi qiyin bo‘ladi, kasal bo‘lib qolishing mumkin.
8. Aylanib yuradigan sotuvchilarga o‘xshagan yaxshi qilinganligi va pokizaligi ishonchli bo‘lmagan ovqat va ichimliklarni tanovul qilma.
9. Agar madrasa oshxonasida o‘tirsang, to‘polon qilma va o‘z nasibangdan ko‘proq ovqat yeyishga urinma.
10. Agar oshxona xizmatchisidan piyola, qoshiq va salfetka (qo‘l sochiq) kabi biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsang, muloyimlik va o‘rtacha ovoz bilan so‘ra.
11. Ovqat yeb bo‘lganingdan keyin albatta qo‘llaringni va og‘zingni yuv va tishlaringning tozaligiga e’tibor ber.
Hikoya

Bir o‘quvchi kasal bo‘lib qoldi va uning kasali qattiqlashdi. Keyin doktor kelib uning kasalini tekshirib ko‘rgach, u ovqat va holvalardan haddan ziyod ko‘p yeb qo‘yganligi natijasida oshqozoni ishdan chiqib, sog‘ligi yomonlashganini bildi.

Tasodif doktor shu o‘quvchining qo‘lida pullar bilan to‘la hamyonni ko‘rib qolib unga dedi:
- Agar senga boshqa yana shuncha miqdorda pul bersam, shu hamyonga sig‘dira olasanmi?
- Unga ichidagidan ortiq pul sig‘dirish mumkin emas.-deb javob berdi o‘quvchi.
- Kuch bilan sig‘dir.
- U qimmatbaho hamyon. Yirtilib ketishidan qo‘rqaman.
Shunda doktor dedi:
- Bilginki, ey o‘g‘lon! Sening oshqozoning ham shu hamyonga o‘xshashdir. Agar qorningga sig‘adiganidan oshig‘ini yesang, har xil kasallar va og‘riqlarga chalinasan.

Hujurot surasida odamlar bilan muomala qilish xususida to‘qqiz nasihat kelgan

1. «Agar bir fosiq biror xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar» (6-oyat). 2. «Mo‘minlarning ikki toifasi urushib ketsa, o‘rtalarini isloh qiling» (9-oyat). 3. «Adolat qiling, albatta, Alloh adolat qiluvchilarni suyadi» (9-oyat)......

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

Asalga qo'ngan pashsha

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar...

Mo'jiza

Nima uchun quloqning suvi achchiq, ko‘zning suvi tuzli, og‘izning suvi chuchuk?! Alloh Taoloning ulug‘ligi hamda bandalariga bo‘lgan cheksiz mehribonligiga bir qarang-a! Quloq suvining achchiq bo‘lishligi, ko‘z suvining tuzli, og‘iz suvining esa chuchuk bo‘lishligi hikmati nimada ekan?......

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas, balki o‘zining imkoniyatiga qarab ish qiladigan insonlar o‘zlarini baxtiyor qila oladigan insonlardir. "Hikmatlar chashmasi"dan....

Zikr

TAXLIL, TASBЕX, TAKBIR, TAXMID va ISTIG‘FOR aytishning fazilati......

Kechki zikr

اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي، لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوْذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ بِذَنْبِي، فَاغْفِرْ لِي، فَإِنَّهُ لاَيَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ Alloxumma anta robbiy, laa ilaxa illa anta, xolaqtaniy va...

Sajdai tilovat

Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha: Kim sajdai tilovat oyatini o‘qisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:.....

Oxir zamon alomatlari

Paygambarimiz Muxammad s a v ning vafoti oldidan,Jabroil alayxis salom oxirgi ziyoratlariga tushganda,Paygambarimiz Muxammad s a v dan suradilar : Yo Jabroil,mening vafotimdan keyin xam yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayxissalom dedilar : Ey dustim Muxammad sizdan keyin yer yuzida nima xam kilar edim......

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi: 1-Anbiyo alayhis sallomlarning ummatlariga shafoati. 2-Farishtalarning gunohkorlarga shafoati 3-Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati. 4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z ahlidan yetmish kishiga shafoati. 5-Qur’onni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati......

Fikr qo'shish