Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani

Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani
Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani


Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani

عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ لِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لا تَحْقِرَنَّ مِنْ الْمَعْرُوفِ شَيْئًا وَلَوْ أَنْ تَلْقَى أَخَاكَ بِوَجْهٍ طَلْقٍ» (رواه مسلم).
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yaxshilikdan biron narsani haqir-arzimas sanama, hatto birodaringga ochiq yuz bilan yuzlanishing ham (yaxshilikdir)» (Imom Muslim rivoyati).

Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam as'hoblaridan bo‘lgan ba’zi kishilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh! Boy-badavlat odamlar ajru savoblarni olib ketdilar. Ular biz namoz o‘qiganimizdek namoz o‘qiydilar, ro‘za tutganimizdek ro‘za tutadilar va ortiqcha mol-davlatlaridan sadaqa qilishadi», deyishdi. «Alloh taolo sizlarga ham sadaqa qilinadigan narsalarni bermaganmi?! Har bir tasbeh (Subhanalloh) sadaqa, har bir takbir (Allohu akbar) sadaqa, har bir tahlil (La ilaha illalloh) sadaqa, yaxshilikka buyurish sadaqa, yomonlikdan qaytarish sadaqa va (jufti halolingiz bilan) qovushishingiz ham sadaqa», dedilar. «Yo Rasululloh! Birimiz shahvatini qondirsa, shuning uchun ham ajr oladimi?», deb so‘rashdi. «Axir u shahvatini haromda qondirganida gunohkor bo‘larmidi?! Xuddi shunga o‘xshash, shahvatini halolda qondirgani uchun unga ajr yoziladi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Insonlardagi jami bo‘g‘imlar uchun quyosh chiqadigan har bir kunda sadaqa (berish burchi) mavjud: Ikki (tortishib qolgan) kishi o‘rtasida adolat (bilan hukm) qilmog‘ing - sadaqa. Birovga ulovini minishida yordam berib, uni chiqarib qo‘yishing yoki narsasini (yerdan) olib uloviga yuklab berishing - sadaqa. Yaxshi so‘z - sadaqa. Namoz sari bosgan har bir qadaming – sadaqa. (Odamlar yuradigan) yo‘ldan (tosh, tikan, cho‘p kabi) ozorlarni olib tashlashing – sadaqa» (Muttafaqun alayh).

Sharh:

Alloh taoloning fazlu marhamati kengki, yaxshilik ishlarni ko‘p va xilma-xil qilib qo‘ygan. Har kim ular ichidan o‘ziga munosib bo‘lgan ulushni qilib ketishi va shu bilan ajrga erishishi mumkin. Mazkur hadislarda ulardan ba’zilari keltirib o‘tildi.
Alloh taolo bandaning to‘rt muchasini sog‘ qilib qo‘yganiga shukrona etib badandagi 360 bo‘g‘imning har biridan bitta sadaqa berish lozim. Mehribon zot bizdan bu sadaqani mollarimizdan chiqarishga buyurmadi. Balki targ‘ib qilingan sunnatlarga amal qilishimiz bilan mazkur sadaqadan qutulib ketadigan qilib qo‘ydi. Jamoat namoziga borish, namozdan keyingi tasbehlarni aytish, amri ma’ruf va nahiy munkar qilish shular jumlasidan.

Bugungi darsdan olinadigan foydalar:

1. Yaxshilik yo‘llarining xilma-xilligi;
2. Allohning fazlu marhamatining kengligi;
3. Qo‘ldan kelganicha yaxshiliklarga shoshilishga targ‘ib.

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi......

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’laba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…...

Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i

🌱🌹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati....

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Allohning inson organizimidagi mo'jizalari

🍃1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proqdir... 🍃2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi... 🍃3. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi......

Fikr qo'shish