Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi
Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi


Alloh taolo aytadi:

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj: 1,2).
«Bas, agar sizlar kofir bo‘lsangizlar (o‘z dahshati bilan) bolalarni(ng sochlarini oqartirib) chollarga aylantirib qo‘yadigan Kun(ning azobi)dan qanday saqlanursizlar!» (Muzzammil: 17).

عَن الْمِقْدَادِ بْنِ الأَسْوَدِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «تُدْنَى الشَّمْسُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ الْخَلْقِ حَتَّى تَكُونَ مِنْهُمْ كَمِقْدَارِ مِيلٍ قَالَ فَيَكُونُ النَّاسُ عَلَى قَدْرِ أَعْمَالِهِمْ فِي الْعَرَقِ فَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى كَعْبَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى رُكْبَتَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى حَقْوَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يُلْجِمُهُ الْعَرَقُ إِلْجَامًا قَالَ وَأَشَارَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِيَدِهِ إِلَى فِيهِ» (رواه مسلم).
Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qiyomat kuni quyosh xalqlarga juda yaqin keltiriladi, hatto bir mil miqdorida qilinadi. Shunda odamlar amallari miqdoriga qarab ter ichida bo‘ladilar. Ba’zilari to‘piqlarigacha, ba’zilari tizzalarigacha, ba’zilari bellarigacha (terga botadi), ayrimlarini ter yuganlab oladi», shunday deb Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘llari bilan og‘izlariga ishora qildilar (Imom Muslim rivoyati).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الْعَرَقَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَيَذْهَبُ فِي الأَرْضِ سَبْعِينَ بَاعًا وَإِنَّهُ لَيَبْلُغُ إِلَى أَفْوَاهِ النَّاسِ» أَوْ «إِلَى آذَانِهِمْ» يَشُكُّ ثَوْرٌ أَيَّهُمَا قَالَ (رواه مسلم).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ter qiyomat kuni yerda yetmish qulochgacha ketadi, u odamlarning og‘izlarigacha yoki quloqlarigacha – roviy shak qilgan – yetadi» (Imom Muslim rivoyati).

Sharh:

Qiyomat kunining dahshati buyuk, mashaqqati og‘ir, u kuni odamlarga qattiq qiyinchilik yetadi, quyosh yaqin keltiriladi, amallariga qarab terga botadilar, ter yerda uzoq masofalarga yetadi.

Bugungi darsdan olinadigan foydalar:

1. Qiyomat kunining dahshati og‘irligi;
2. Quyosh odamlarga juda yaqin keltiriladi, ular qattiq terga botadilar;
3. Ter har bir kishining amaliga qarab to‘pig‘idan tortib og‘zigacha yetadi.

Makka davri uch bosqichga bo‘linadi

1) fatratul vahiy va maxfiy da’vat bosqichi — qariyb 3 yil davom etgan (hijratdan avvalgi 13-yil, nubuvvatning 1-yili ramazon oyidan boshlanib, hijratdan avvalgi 10-yil, nubuvvatning 4-yilida tugaydi / mil. 610 yil avgust — 613 yil)......

Namoz tugaganda o'qiladigan duo

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra:...

Xayo iymondandir

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xayo iymondandir, iymon (sohibi) jannatdadir. Hayosizlik jafodir, jafo (egasi) do‘zaxdadir», dedilar». (Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan)...

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Rosululloh (ﷺ) haqlarida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

1. Rosululloh (ﷺ) Odam alayhissalom hali ruh va jasad orasida turganlarida u zot (ﷺ) nabiy edilar. 2. Rosululloh (ﷺ)ning Odam a’layhissalomgacha bo‘lgan nasablaridagi kishilarga biror fahsh ish yetmagan. 3. Rosululloh (ﷺ) Ahmad (Allohga eng ko‘p hamd aytuvchi) deb nomlandilar. U zotdan oldin biror kishi bunday nom bilan nomlanmagan......

Kim nafsini o‘ldirsa, qalbini tiriltiradi

Kim nafsini o‘ldirsa, qalbini tiriltiradi... Va bu qalbda taqvo, xayo, iffat iymon gullari gullay boshlaydi. Alhamdulillah qalbimizni gulzor qilgan mexribon Allohimga xamd bo‘lsin........

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

Shunday kun keladi

«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Nuriddin
    Nuriddin 26 апреля 2022 03:35
    24.04.2001

Fikr qo'shish