Musulmon bolaning odob-axloqi

Musulmon bolaning odob-axloqi
Musulmon bolaning odob-axloqi


O‘quvchining maktabdagi odobi

Ey o‘g‘lon, maktab sening ikkinchi uyingdir. Sen u yerda hayotingning eng go‘zal soatlarini o‘tkazasan, u yerda o‘quvchi birodarlaring va o‘qituvchi otalaringdan tashkil topgan oila bilan yashaysan.
Mana shu oilada baxtiyor va suyukli bo‘lishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing zarur:
1. Uyqudan erta tur. Shunda tahorat olib namoz o‘qishga, toza kiyimlaringni kiyishga, kitoblaring va o‘quv qurollaringni olishga shuningdek o‘z vaqtida maktabga borishga ulgurasan.
2. Birodarlaring bilan tabassum bilan ko‘rish. Birinchi bo‘lib ularga salom ber va ularni o‘zlariga yoqadigan ismlari bilan chaqir.
3. Safda turganingda va sinfga ketayotganingda shovqin qilib gapirma.
4. O‘qituvchi sinfga kirganda unga salom berish uchun o‘rningdan turma, o‘tirib salom ber. Chunki bu islomga zid ishdir. Keyin jim quloq solib o‘tir.
5. Savol yoki javob bermoqchi bo‘lsang, o‘ng qo‘lingni ko‘tar. Agar o‘qituvchi senga ruxsat bersa, o‘rningdan turib javob ber.
6. Ovozingni baland ko‘tarib shovqin qilma. Har bir dars oralig‘idagi qisqa tanaffusda sinfdan chiqib ketib qolma.7. Katta tanaffusda esa o‘rtoqlaring bilan sog‘ligingga va axloqingga zarar bermaydigan o‘yinlari o‘yna. Xatarli o‘yinlarni o‘ynama. Ovozingni baland ko‘tarib baqirma. Biron kishini so‘kma yoki u yomon ko‘radigan laqab bilan uni chaqirma.
8. Senga yordam bergan barcha o‘rtoqlaringga va maktab ishchilariga rahmat ayt. Chunki bu odobing go‘zalligiga dalolat qiladi va senga ularning muhabbatini oshiradi.
9. O‘quv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob javoningga tartib bilan qo‘y. Shunda kerak paytda ularni chiqarib olishing oson bo‘ladi.
10. Maktabni va undagi jihozlarni huddi uyingni va undagi jihozlarni ehtiyot qilganingdek ehtiyot qil. Devorlarga yozma, suv jo‘mraklarini ochiq qoldirma, deraza oynalarini sindirma va partaga qalam bilan chizma.
11. Senga berilgan har bir vazifani o‘z vaqtida bajar. Bugungi ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunning o‘z amali bor.
12. Maktabdan odamlar sendan rozi bo‘lgan holda qaytgin. Shunda Alloh sendan rozi bo‘ladi va senga hayotingda salomatlik va barakotni beradi.

Hikoya

Bir o‘quvchi maktabga kech qolib kelishga odatlanib qoldi. O‘qituvchi esa kunning oxirida uni qamab qo‘yib jazolar edi. U ko‘p kech qolavergach, o‘qituvchi kech qolib kelsa uni haydab yuboradigan bo‘ldi. Natijada u uyda o‘qigan narsasini tushunmaydigan bo‘lib qoldi. Chunki u uy vazifasining sharhini o‘qituvchisidan eshitmasdi. Sinfdoshlarining birontasidan so‘rasa, unga javob berishmas edi. Chunki u o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida odobsiz deb tanilgan edi.
Ketma-ket ikki marta imtihondan yiqilgach, maktabdan haydaldi. Har safar otasi uni maktabga olib kirib qo‘ysa, axloqi yomonligi va darslarga doimiy ravishda qatnashmasligi sababli maktab uni haydab yuboraverdi. To‘satdan uning otasi o‘lib qoldi va u butunlay maktabdan uzildi. Keyin yomon bolalarga qo‘shilib, ularning yo‘liga kirib ketdi. Onasining esa uni tarbiyalashga kuchi yetmasdi. Uni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Natijada u o‘ziga yeyishga narsa topa olmay qolib ko‘chalarda oyoq kiyimlarni moylash bilan kun kechirishga majbur bo‘ldi.
Har safar maktabni a’lo baholarga bitirgan sinfdoshlaridan birontasini ko‘rib qolsa, yig‘lab, foyda bermaydigan vaqtda pushaymon bo‘lar edi.

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi......

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’laba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…...

Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i

🌱🌹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati....

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Allohning inson organizimidagi mo'jizalari

🍃1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proqdir... 🍃2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi... 🍃3. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi......

Fikr qo'shish