Ko‘chada yurish odobi

Ko‘chada yurish odobi
Ko‘chada yurish odobi


Musulmon bolaning odob-axloqi

Ko‘chada yurish odobi

Ey o‘g‘lon, ko‘chada ko‘p odam yuradi. Ularning ba’zilari piyoda, ba’zisi mashinaga mingan, biri shoshilgan va boshqasi shoshmasdan sekin ketayotgan, ulardan ba’zisi yoshi katta bo‘lsa, boshqasi kichkina. Agar sen ularning orasida yursang, o‘zingni va boshqalarni yo‘l ozorlaridan saqlashga majbursan. Shuning uchun sen quyidagi nasihatlarga quloq solishing kerak:
1. Tiqin ko‘chada ketayotganingda piyodalar yo‘lakchasida yur.
2. Agar biron do‘sting yoki qarindoshingni ko‘rib qolsang va u bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsang, yo‘lning o‘rtasida u bilan uzoq turma.
3. Agar ko‘chada o‘rtoqlaring bilan ketayotgan bo‘lsang, eniga bir saf bo‘lib ko‘chani to‘ldirib olmanglar, chunki yo‘l yolg‘iz sizlar uchun emas.
4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yo‘ldan o‘tkazib qo‘yishlikni so‘rab sendan yordam so‘rasa, unga yordam ber. Bu bechora bilan yurishga uyalma.5. Ko‘chada ketayotganingda kitob o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lma, yon-atrofga ko‘p alanglama. Tijorat do‘konlari yoki o‘yingohlar oldida ko‘p turib qolma.
6. Yurganingda shoshilib tez ham yurma, juda sekin ham yurma, o‘rtacha yurgin va doimo oldinga qara.
7. Mashinaga yoki biron bir markabga mingan bo‘lsang ham yo‘lda ketayotganingda ovqat yeyishing odobdan emas.
8. Yo‘lda yotgan toshni oyog‘ing bilan tepma va sotuvchilar do‘konlarining eshiklariga osib qo‘ygan mollarni o‘ynama.
9. Agar sen velosiped yoki mashinaga mingan bo‘lsang, ko‘chaning o‘ng tomonidan yur.
10. Yurib ketayotgan tramvayga minishga yoki undan tushishga urinma.
11. Agar yo‘ldan adashib qolsang yoki birodaring joyini bilmay qolsang, odob bilan yon-atrofdagilardan so‘ra.
12. Agar biron kishiga bilmasdan ozor yetkazib qo‘ysang, masalan unga turtilib ketsang yoki qo‘lidan biron narsani tushirib yuborsang yoki uning oyoq kiyimini bosib olsang, undan muloyimlik bilan kechirim so‘ra.
13. O‘zing tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turma va nogironlarni-zaiflarni masxara qilma.

Hikoya

Bir ota o‘g‘liga maktabga tramvayda borib kelishi uchun yo‘l haqi berib turar edi. Bir kuni nafsi bu o‘quvchini tramvayning puliga xolva sotib olib piyoda qaytgin deb vasvasa qildi. U uyga qaytayotganida ba’zi yomon bolalarning tramvay orqasiga osilib ketayotganlarini ko‘rib, bu ham ularga o‘xshab tramvayga osilib oldi. Tramvay tez ketayotgan edi. To‘satdan chipta tekshiruvchi uni ko‘rib qoldi. Bola qo‘rqib ketib o‘zini yerga otdi. U yuz-qo‘li bilan yerga yiqilib, kiyimlari yirtildi. Kitoblari sochilib ketdi. Yuzi, bilaklari va oyoqlari shikastlanib xushidan ketdi. Keyin tez-yordam mashinasi kelib uni shifoxonaga olib ketdi. U shifoxonada bir necha kun qolib, butunlay sog‘aygandan keyin uyiga qaytdi. Qaytib bunday ish qilmaslikka ahd qildi.

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Qiyomat kuni seni ahvoling qanday bo‘ladi?

• Sen vaqtingni behuda ketkazganingga afsuslanasan! • Sen keraksiz narsalar bilan band bo‘lganing uchun afsuslanasan! • Sen vaqtida o‘ranmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ko‘zingni tiymaganing uchun afsuslanasan! • Sen namozni ado etmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ro‘za tutmaganing uchun afsuslanasan!...

Odobdan yuksak muhabbat yo‘q

«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q......

Xayo iymondandir

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xayo iymondandir, iymon (sohibi) jannatdadir. Hayosizlik jafodir, jafo (egasi) do‘zaxdadir», dedilar». (Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan)...

Hijob - bu iffat

Alloh ta'olo ayolning hijob tutishini iffat ramzi deb. belgiladi. Alloh ta'olo "Ahzob" surasining 59-oyatining davomida aytadi: "...Mana shu ularning (cho'ri emas, balki ozod ayol ekanliklarini) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin vositadir"....

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Muhabbat nimalagini bilasizmi?

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni to‘xtatgan «Biloldir». Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan «Biloldir»......

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Yetti toj

👉 1. ZIKRNING TOJI: «Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shayin qodiyr» (Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir)......

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida uch narsadan ko‘ra afzal ko‘mak topa olmaydi......

Fikr qo'shish