Do‘zax ahlining belgilari

Do‘zax ahlining belgilari
Do‘zax ahlining belgilari


Do‘zax ahlining belgilari

Alloh taolo aytadi:

«Bas, ana o‘shanda kim (hayoti-dunyoda kufru isyon bilan) tug‘yonga tushgan, Va hayoti-dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahannamgina (uning uchun) joy bo‘lur!» (Van-naziot: 37-39).

«Jahannam darvozalaridan u joyda mangu qoluvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz!» (G‘ofir: 76).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Do‘zax va jannat tortishib qoldilar. Unisi: «Menga zo‘ravon va mutakabbirlar kiradi», desa, bunisi: «Menga zaif va miskinlar kiradi», dedi. Shunda Alloh azza va jalla unisiga: «Sen Mening azobimsan, sen bilan O‘zim istagan kishilarni azoblayman», dedi, bunisiga esa: «Sen Mening rahmatimsan, sen bilan O‘zim istagan kishilarga marhamat qilaman, har ikkingiz liq to‘lasiz», dedi (Imom Muslim rivoyati).

Horisa ibn Vahb Xuzoiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlarga jannat ahlining xabarini berayinmi?! Ular zaif, kamsuqum insonlar bo‘lib, agar Alloh nomiga qasam ichsalar, uni Alloh albatta oqlaydi. Sizlarga do‘zax ahlining xabarini berayinmi?! Ular dili qattiq, manman va mutakabbir kimsalardir» (Imom Buxoriy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Do‘zax ahlidan ikki turi borki, men hali ularni ko‘rmadim: Birinchisi: qo‘llarida sigir dumiga o‘xshash qamchilari bilan odamlarni urib yuradigan kimsalar. Ikkinchisi: kiyinib olgan, lekin yalang‘och, (boshqalarni ham) yo‘ldan ozdiruvchi, o‘zlari ham (haqdan) og‘gan hamda boshlari(dagi sochlari)ni tuyaning (bir tarafga) moyil bo‘lgan o‘rkachlari singari do‘ppaytirib olgan ayollardir. Ular jannatga kira olmaydilar, uning hidini ham topa olmaydilar. Vaholanki, jannatning hidi falon masofadan kelib turadi» (Imom Muslim rivoyati).

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: «Qiyomat kuni bir kishini olib kelinib, do‘zaxga uloqtiriladi. Shunda qornidan ichak-chavog‘i chiqib ketib, uning atrofida tegirmon aylantirayotgan eshakdek aylanib yuradi. Jahannam ahli unga yig‘ilib kelib: «Ey falonchi, sizga nima bo‘ldi, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarib yurgan emasmidingiz axir?», deyishadi. «Ha, yaxshilikka buyurardim-u, o‘zim qilmas edim, yomonlikdan qaytarar edim-u, o‘zim qilaverar edim», deydi (Imom Muslim rivoyati).

Sharh:

Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam do‘zax ahlining belgilari va xulq-atvorlari haqida siz bilan biz ulardan ehtiyot bo‘lishimiz va ular bilan sifatlanib qolishdan saqlanishimiz uchun xabar berganlar.

Bugungi darsdan olinadigan foydalar:

1. Kibr va tug‘yonga berilish, dunyo hayotini oxiratdan afzal ko‘rish do‘zax ahlining belgilaridan;
2. Zulm va odamlarga zo‘ravonlik qilish do‘zax ahlining belgilaridan;
3. Ochiq-sochiq yurish do‘zax ahlidan bo‘lgan ayollarning belgilaridan;
4. Riyo va munofiqlik bilan amri ma’ruf va nahiy munkar qilish do‘zax ahlining belgilaridan.

Mushukchaning otasi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli sahobalaridan birini “Abu Hurayra – mushukchaning otasi” kunyasi bilan ataganlar......

Rasululloh va ahli bayt

Tog‘alari: Abduyag‘us ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan)......

Olti diniy kalima

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Qanoatli bo'l, behojat bo'lasan

"Ey Odam farzandi! Kanoatli bo‘l, behojat bo‘lasan. Hasadni tark kil, rohatda yashaysan. Haromdan saqlan, diningni xolis qilasan. Kim g‘iybatni tark etsa, unga muhabbatim namoyon bo‘ladi. Kim odamlardan uzlatda bo‘lsa, ulardan omonda yuradi. Kimning so‘zi oz bo‘lsa, aqli komil bo‘ladi. Kim oz rizkka rozi bo‘lsa, Alloh bilan boglanibdi......

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Qazo namozi

– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi? – So‘ngra qazo qilib o‘qiydi. – Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr...

Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar.

🌱🌹Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar. Qarzdor bo‘lib qolganda o‘qiladigan duo. اللهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنَ الهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ، وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ Allohumma inni a‘uzu bika minal-hammi val-xazan, val-ajzi val-kasal, val-buxli val-jubni, va zolaid-dayni va g‘olabatir-rijal...

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Qiyomatdan oldin yahudlar mag'lub bo'lishi va g'arqad daraxti haqidagi hadisi sharif

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Sizni yerda qoldirgan

Sizni yerda qoldirgan va Qiyomatda siz uchun guvox bo‘ladigan eng go‘zal izingiz shu.!...

Fikr qo'shish