Oyna...

Oyna...
Oyna...


"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi.

"O‘zbekistonlik, Movarounnahrdanmiz. Buxoriy yurtidan", dedik. "Buxoriy yurtidan ekansiz, sizlarga 20 foiz chegirma qilib beramiz" dedi. Bizga yoqib ketdi. "Yana qanday olimlar bo‘lgan?" – deb so‘radi. "Imom Termiziy, dedik. "Masha Alloh, u kishi ham sizlardanmi?" – dedi biri ishonqiramay. "Ha, bizdan ko‘plab allomalar chiqishgan", dedik."Yana kim?" "Imom Zamaxshariy", dedik. Sotuvchi "Masha Allooooh!" – dedi-da, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopdi. Panjalari orasidan yosh oqa boshladi. Keyinroq bildik, u kishi Imom Zamaxshariyning ashaddiy muxlislari ekan. Biroz suhbatlashgandan keyin "Sizlardan foyda olmayman. 620 junayhga tushgan, shuni bersangiz bo‘ldi", dedi. Shu payt oramizdagilardan faqat o‘zbekkagina xos bo‘lgan "gap" chiqdi: "Shundan ikki dona bering"... Men uyalib ketdim...
"Mayli, beraman" dedi. Uzukni berayotganda yonda turgan kishilardan birlari "Namoz o‘qisharmikin?" – deb qoldi. Sotuvchi qo‘lini uzatayotgancha to‘xtab qoldi. "Ha, namoz o‘qiysizlarmi?" – dedi. Savol bilan javob orasida uzilish paydo bo‘ldi. Chunki, javob aytarli yo‘q edi... Bir oz sukutdan keyin "Jum’a namoziga chiqib turamiz", dedi kimdir. "Boshqa namozlarni-chi?"– dedi hayron bo‘lib. Zo‘rg‘agina "Yo‘q", deya oldik. Sotuvchining qo‘li muallaq turib qoldi. Biroz sukut qildi-da, achinish bilan: "Mayli, men musulmonman. Aytgan narximga beraman. Ammo sizlar qaytib Imom Buxoriyni tilingizga olmang. HAQQINGIZ YO‘Q!" – dedi...

©Salim Ayyubiy

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

🌱Rizq Allohdan...

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......

Musulmon bolaning odob-axloqi

Ey o‘g‘lon, yeyishning bir qancha odoblari bo‘lib, sen albatta ularga bo‘ysunishing, shunda sening sog‘liging yaxshilanib jisming quvvatli bo‘ladi. Aqling o‘tkirlashib, har xil kasal va og‘riqlardan salomat bo‘lasan......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Muslima ayol

Muslima ayol – kulbada yashab, Parvardigoriga ibodat qilib, besh vaqt namozni o‘qib, bir oy ro‘zani tutgan ayol dabdabali qasrda, kanizaklar ichida yonboshlab yotgan ayoldan yaxshidir......

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda, Bir uyga osmon ham qaraydi hayron, U qanday uy ekan deb so‘raganda, U uyda o‘qilar har tun bu Qur’on...

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida uch narsadan ko‘ra afzal ko‘mak topa olmaydi......

Fikr qo'shish