Ko‘zini nomahramdan to‘suvchi yigitning mukofoti…

Ko‘zini nomahramdan to‘suvchi yigitning mukofoti…
Ko‘zini nomahramdan to‘suvchi yigitning mukofoti…


Ta’sirli hikoya…

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi bir faqir go‘zal xulqli dindor arab yigit bo‘lgan. Uni odati doim nomahram ayollarga qarashlikdan ko‘zini to‘sib yurardi… Kunlardan bir kuni u AQSHning osmono‘par binolarining birida muayyan bir qavatga liftda ko‘tarilayotgan edi. U liftda bir amerikalik o‘zini go‘zalligi bilan mashhur bo‘lgan bir qiz ham bor edi va u qiz hashamatli o‘ziga maftun etuvchi libosda edi.

🌺 Ular liftda muayyan qavatga ko‘tarilib borar ekan u arab yigit u qizga liftdagi boshqa erkaklar qaragani kabi qaramas edi. U qiz hamma unga qarab faqatgina arab yigit unga qaramayotganligidan ajablanar edi.

🌸 Keyin haligi erkaklar muayyan bir qavatda liftdan tushib qolishdi va u arab yigit amerikalik go‘zal qiz bilan liftda yolg‘iz qolishdi. U qiz o‘ziga nisbatan g‘arib yigit bilan yolg‘iz qolganini bilgach.

💐 G‘ayri oddiylikni his qildi. U yigit amerikalik qizdan ko‘zini olib qochishlikda davom etardi. Amerikalik qiz yigit unga umuman qaramayotganligidan hayron bo‘lardi.
🔷 G‘arbliklarda odat bo‘yicha ular tanimaydigan odam bilan ham hazillashaverishadi… U qiz arab yigitdan shunday deb so‘radi:
➖ Nega boshqa tarafga qarab turibsan? Men seni nazaringda go‘zal emasmanmi?
Yigit:
➖ Men go‘zal yoki go‘zal emasligingni bilmayman.
Qiz:
➖ Nega bilmaysan?
Yigit:
➖ Chunki men aslo senga qaramayapman.
Qiz:
➖ Nega menga qaramayapsan? Nega liftda ayollarga yaqinlashmaysan boshqa erkaklar yaqinlashgani kabi?
Yigit:
➖ A’uzu billah men Alloh taolodan qo‘rqaman.
Qiz:
➖ Seni menga qarashdan man qilayotgan narsa bu diningmi?
Yigit:
➖ Ha - dedi.

🍃 So‘ng qiz bu din bilan ko‘proq tanishishlikni istadi va islomni qabul qilishni istadi, lekin u qiz ana shu vaqtni o‘zida u yigitga qalbi moyil bo‘ldi. Chunki u yigitning diniga bo‘lgan vafosiga qoyil qoldi. Keyin u o‘zlarini jamiyatidagi ayollar singari yigit bilan suhbatda aloqada bo‘lishni istadi, lekin yigit aslo unga qaramas edi.

☘ Keyin qiz u yigit bilan gaplashishni istagan paytda, yigit u qizga faqat halol holatda ayol bilan aloqa qilishini aytdi. lekin qizda agar yigit bilan harom holatda aloqa qilishni istasa mone’lik yo‘q edi. Ammo qiz halol yo‘l bilan aloqa qilishdan ham bosh tortmadi. Qiz juda badavlat edi so‘ng Islomga kirdi va yigitni juda qattiq sevib qoldi.

🌹SubhanAlloh qarang… odatda aloqalar bir biriga qarashlik bilan boshlanadi. Bu aloqa esa ko‘zni haromdan to‘sishlik bilan boshlandi. Natijasi nima bo‘ldi?! Alloh u yigitni go‘zal ayol bilan rizqlantirdi va u ayolni Islomga kirishini savobi bilan rizqlantirdi va Alloh uni faqirligidan keyin molu davlat bilan badavlat qildi. Alloh taolo oyatda shunday marhamat qiladi:

🔹«…Kim Allohdan qo‘rqsa (ya’ni yuqorida mazkur bo‘lgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qo‘rqqani uchun rioya etsa), U zot uning uchun (barch g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir…» (Taloq surasi 2 3 oyatlardan)

Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i

🌱🌹Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati....

Keling birga duo yodlaymiz

QUR'ON VA SUNNATDA KELGAN DUOLAR رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ Ma'nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, (menga O‘z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et) Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan». («Anbiyo» surasi, 89-oyat)...

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Qirq savolga qirq javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Eng chiroyli duo

"Payg‘ambarimiz Muhammad salallohu alayhissalom DUO ham IBODATdir deb marhamat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar......

Fikr qo'shish