Jannat va undagi ne’matlar vasfi

Jannat va undagi ne’matlar vasfi
Jannat va undagi ne’matlar vasfi


Alloh taolo aytadi:
«Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdiruvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir» (Muhammad: 15).

«Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning misoli (budir): uning ostidan daryolar oqur, mevalari va soyalari boqiydir» (Ra’d: 35).
«Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar esa, shak-shubhasiz - Biz (ular kabi) chiroyli amallar qilgan kishilarning ajr-mukofotini zoye qilmasmiz. Ular uchun ostlaridan daryolar oqib turadigan abadiy jannatlar bor bo‘lib, ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar bilan bezanurlar va ipak-shoyilardan bo‘lgan, yashnab turuvchi liboslar kiyib, so‘rilarda yastanib o‘tirurlar. Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar go‘zal joy u!» (Kahf: 30, 31).

«(Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga hamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi kabi bo‘lgan jannatga shoshilingiz!» (Hadid: 21).

«Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot — Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat Parvardigorimiz G‘afur va Shakurdir. U O‘z fazlu-marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar» (Fotir: 34, 35).
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ فِي الْجَنَّةِ مِائَةَ دَرَجَةٍ أَعَدَّهَا اللَّهُ لِلْمُجَاهِدِينَ فِي سَبِيلِهِ كُلُّ دَرَجَتَيْنِ مَا بَيْنَهُمَا كَمَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالأَرْضِ فَإِذَا سَأَلْتُمُ اللَّهَ فَسَلُوهُ الْفِرْدَوْسَ فَإِنَّهُ أَوْسَطُ الْجَنَّةِ وَأَعْلَى الْجَنَّةِ وَفَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ وَمِنْهُ تَفَجَّرُ أَنْهَارُ الْجَنَّةِ» (رواه البخاري)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannatda Alloh O‘z yo‘lidagi mujohidlarga tayyorlab qo‘ygan yuzta daraja bor. Har ikki daraja oralig‘i yer bilan osmon oralig‘ichadir. Allohdan so‘raydigan bo‘lsangiz, oliy «Firdavs» jannatini so‘ranglar. Chunki u jannatning eng o‘rtasi va eng yuqorisidir, jannat anhorlari undan oqib chiqadi, Rahmon taoloning Arshi uning ustidadir» (Imom Buxoriy rivoyati).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ أَعْدَدْتُ لِعِبَادِيَ الصَّالِحِينَ مَا لا عَيْنٌ رَأَتْ وَلا أُذُنٌ سَمِعَتْ وَلا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بَشَرٍ مِصْدَاقُ ذَلِكَ فِي كِتَابِ اللَّهِ { فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ }» (متفق عليه).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, odamzotning xayoliga ham kelmagan narsalarni hozirlab qo‘ydim», dedi. Buning tasdig‘i Allohning Kitobidagi: «Bas ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» (Sajda: 17) oyatidir» (Muttafaqun alayh).

Sharh:

Jannat – Alloh taolo solih bandalari uchun hozirlab qo‘ygan mukofot hovlisidir. Undagi ne’matlarni inson aqli tasavvur qilolmaydi, unda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, insonning xayoliga ham kelmagan ne’matlar bor. Nomlari zikr qilingan ne’matlar dunyodagi narsalarga ismdosh bo‘lsada haqiqati umuman o‘zgacha bo‘ladi.

Bugungi darsdan olinadigan foydalar:

1. Jannat ne’matlarining buyukligi;
2. Jannatning har xil darajalari va anhorlari bor;
3. Undagi ne’matlarni inson tasavvur ham qilolmaydi.

Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi...

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing: يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ، أَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ، وَلاَ تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ «Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag‘iysu aslih liy sha'niy kullahu va la takilniy ila nafsiy torfata 'ayn» “Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo‘lgan Zot, Sendan yordam...

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Anbiyolarning kasb-hunarlari

• Odam alayhissalom yer haydab, dehqonchilik qilganlar. – Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlar. – Nuh alayhissalom duradgor bo‘lganlar....

🌱Rizq Allohdan...

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Bilasizmi

Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Farzandlari: ➖ 1. Qosim (onasi Xadiyja roziyallohu anho) ➖ 2. Zaynab roziyallohu anho (onasi Xadiyja roziyallohu anho) ➖ 3. Ruqayya roziyallohu anho (onasi Xadiyja roziyallohu anho)......

Yetti toj

👉 1. ZIKRNING TOJI: «Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shayin qodiyr» (Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir)......

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Fikr qo'shish