Muhabbat nima ?

Muhabbat nima ?
Muhabbat nima ?


Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi.

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga ruhini, obro‘sini, molini fido qilgan Abu Bakrdir roziyollohu anhudir. Uni Quraysh kofirlari urib hushidan ketkazishganda hushiga kelib avval aytgan gapi " Rosulullohga nima bo‘ldi" bo‘lgan edi.

Muhabbat bu- Bani Dinorlik sahobiyadir. Sahobalar uning eri, otasi va birodari Uhudda shahid bo‘lishganida unga ta’ziya bildirishdi. U esa Rosululloh alayhis salotu vas salomni qidirar edi. Uning ko‘zi Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga tushgach shunday dedi: " Siz tirik ekansiz, boshqa musibatlar hech narsa emas, yo Rosulalloh".

Muhabbat bu- Savbon roziyollohu anhudir. Bir kuni u rangi siniqqan holda Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga ko‘rindi. Rosululloh sallollohu alayhi va sallam undan so‘radilar : " Nega ranging o‘zgargan ? " . U dedi: " Menga hech qanday kasallik yoki og‘riq yo‘q. Ammo sizni ko‘rmay yo‘qotib qo‘ysam sog‘inib qolayapman".
Muhabbat bu- Hubayb roziyollohu anhudir. U zotni asir olib o‘ldirish uchun dor ostiga olib kelishdi. So‘ngra ulardan biri Hubaybga: " Hozir o‘rningda Muhammad bo‘lishini hohlarmiding ?"-dedi. Hubayb unga : " Allohga qasamki, men ahlim va avlodim huzurida tinchgina o‘tirib Muhammadga bir tikan kirishini hohlamayman"-degan edi.

Muhabbat bu - Abu Talha roziyollohu anhudir. U zot Uhud g‘azotida Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga : " Yo Rosulalloh, yaqin bormang, yaqin bormang. Siz musibatga uchraganingizdan mening tomog‘imga o‘q qadalgani yaxshiroq" - degan edi.

Muhabbat bu- Umar roziyollohu anhudir. Bu zot Rosululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlarida u kishining suyukli as'hoblariga : "Muhammad o‘ldi demanglar. U zot Musoga o‘xshab Robbilari bilan so‘zlashgani ketdilar. Albatta qaytadilar" -degan edi.

Muhabbat bu- Amr ibn Os roziyollohu anhudir. U kishi aytadi : " Hurmat yuzasidan Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga tik boqqanim yo‘q".

Muhabbat bu- Bilol roziyollohu anhudir. U zot Rosululloh sallollohu alayhi va sallamdan keyin azon aytolmay qolgan edi. Bir marta hazrati Umar roziyollohu anhu undan azon aytishini so‘raganlarida uning azoniga butun Madina yig‘lagan edi.

MUHABBAT BU ROSULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VA SALLAMDIRLAR. U ZOT SAHOBALARIGA : " MЕNGA INSONLAR ICHIDAN ENG SUYUKLISI OISHA, KЕYIN UNING OTASIDIR" DЕB E’TIROF QILGAN EDILAR. MUOZ ROZIYOLLOHU ANHUGA: " EY MUOZ, ALLOHGA QASAMKI, MЕN SЕNI YAXSHI KO‘RAMAN" DЕGAN EDILAR. U ZOT HAZRATI ALIGA : " SЕN MЕNDAN, MЕN SЕNDANMAN" DЕGAN EDILAR. U ZOT BIZNI ESLAB : " MЕNDAN SO‘NG BIR TOIFA INSONLAR KЕLISHADI. ULAR MЕNI JUDA YAXSHI KO‘RISHADI. ULAR HATTO AHLI VA MOLINI FIDO QILIB MЕNI KO‘RISHNI HOHLASHADI" DЕGAN EDILAR.

Bizga muhabbatni o‘rgatgan, qalbni qalbga ulfat qilgan, yaxshilikni hamma eshiklarini ochgan zotga salom va salovot aytaylik:

اللهم صل علي محمد و علي آل محمد كما صليت علي ابراهيم و علي آل ابراهيم انك حميد مجيد.اللهم بارك علي محمد و علي آل محمد كما باركت علي ابراهيم و علي آل ابراهيم انك حميد مجيد.

Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati)......

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor 🔸Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;...

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari: "Namoz, namoz(ga extiyot bo‘lingiz!) Qo‘l ostingizdagi cho‘rilar haqqida Allohdan qo‘rqingiz!", degan so‘zlar bo‘lgan edi......

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Birodarlarimni sog‘indim

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar. Buni ko‘rgan sahobalar: “Yo Rasululloh! Sizni nima yig‘latdi?”, deb so‘rashdi. U zot esa: “Birodarlarimni sog‘indim!”, deb javob berdilar. Sahobalar: “Bizlar birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh?”, deyishdi. Shunda u zot alayhissalom: “Yo‘q. Sizlar ashoblarimsiz. Birodarlarim...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Manzura
    Manzura 4 октября 2023 04:58
    Инсон ҳаётдаги энг катта душмани бу – унинг ўзи.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг ахмоқона қилиғи бу – ёлғон ишлатиши.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта қоқилиш бу – унинг ишончсизлигидир.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта кулфати бу – ҳасад.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта қайғуси бу – ўзини йўқотиши.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта айби бу – ношукрлиги.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг арзигулик афсуси бу – ўз қадрини билмаслиги.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг ажойиб ҳолати бу – йиқилганидан кейин ўзини ўнглай олиши.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта йқотиш бу – умидини йўқотишида.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан ютуғи бу – соғлиги ва ақли.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан қарзи бу – ҳақиқий ҳиссиётлари.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг буюк қобилияти бу – унинг улкан қалби.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта етишмовчилик бу – тушунмовчилик.

    🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан юпанч бу – унинг эзгу ишлари.

    Абу Умома розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: "Расулуллоҳ cоллаллоҳу алайҳи васаллам: "Яхши амаллар ёмон ўлимдан сақлайди, маҳфий садақа Роббининг ғазабини кетказади, силаи раҳм умрни зиёда қилади", дедилар". Имом Табароний ривояти

Fikr qo'shish