Ko'zi ko'r avliyo

Ko'zi ko'r avliyo
Ko'zi ko'r avliyo


Yo‘qsil shayxlardan biri ko‘zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko‘rdi. O‘zicha: “Bu yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko‘r bo‘lsa”, dedi. Shu o‘y oromini o‘g‘irladi. “Bu yerda shu ko‘rdan boshqa hech kim yo‘q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so‘ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on” o‘qiyotgan ovozni eshitdi. O‘rnidan sakrab turdi-yu shu ajib manzarani ko‘rdi: ko‘r pir “Qur’on” o‘qiyotgan yedi! To‘g‘ri o‘qiyotgan edi. Sabrsizlangan shayx beixtiyor savol berdi: “Ko‘zing ko‘r bo‘lgani holda bu satrlarni qanday o‘qiyapsan, hayratdaman, to‘g‘risi?”.Ko‘r dedi:
“Ey tanning ilmsizligidan xalos bo‘lgan, buni Allox qila olmaydimi? Nega hayron bo‘lasan? Men Allohga: “Ey madadkorim bo‘lgan Alloh, ey madad so‘ralguvchi Tangrim, odam joniga qanday bog‘langan bo‘lsa, men “Qur’on” o‘qishga shunday ishtiyoqmandman. Ammo hofiz emasman. Yo Rabbiy, “Qur’on” o‘qigan paytimda ko‘zlarimga nur ber. Mening ko‘zlarimni och, “Qur’on”ni qo‘limga olib o‘qiy”, deb duo qildim. Allohdan: “Ey “Qur’on” ixlosmandi, ey har dardda bizga yuzlangan, bizdan umid uzmagan kishi, qachon “Qur’on” o‘qishni istasang, uni qo‘lga olsang, shu lahzada ko‘zlaringning nurini qaytib beraman, ey buyuk fitratli kishi”, degan nido keldi. Har narsani bilguvchi, hech bir ishdan g‘ofil bo‘lmagan u ulug‘ podshoh, u yagona Alloh tun chirog‘i yanglig‘ ko‘zlarimga nur ehson qilmoqda”.

Mavlono Jaloliddin Rumiy. “Qalb ko‘zingni och” kitobidan.

Beshta kerakli ma’lumot

➖1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan so‘ng o‘zingizni ijobat bo‘ladigan duodan mahrum qilmang. ➖2. Namoz o‘qiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qo‘yiladi ?...

Qur'on karim suralari nomi

١ - Fotiha - Ochuvchi ٢ - Baqara - Sigir ٣ - Oli Imron - Imron oilasi ٤ - Niso - Ayollar ٥ - Moida - Dasturhon ٦ - An'om - Chorvalar ٧ - A'rof- Jannat bilan Do‘zaxni ajratuvchi devor ٨ - Anfol - O‘ljalar ٩ - Tavba - Tavba......

Barcha ishlarda yordam so‘raluvchi duo

يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Qur'onni bir oyda bir o‘qib chiqmagan inson, batahqiq uni *hajr qilibdi * Hajr - tark qilish Payg‘ambirimiz alayhissalom Qiyomat kuni Alloh taologa shikoyat qiladilar va biz bu shikoyat qilinadiganlar safidan bo‘lib qolmaslikka harakat qilishimiz kerak. (Furqon 30-oyatga qarang)...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Kahf surasining fazilatlari

«Kahf» so‘zi arab tilida g‘or ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari Robbilariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohi zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida bir g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi ham shundan olingan......

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Fikr qo'shish