Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?
Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?


1. Sunnat uyqu. 
Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi.

2. Bid’at uyqu. 
Peshin namozi vaqtidagi uyqu.

3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu. 
Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi.

4. Uqubatga sabab bo‘ladigan uyqu. 
Kishi xufton namozini o‘qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi.

5. Odatiy uyqu. 
Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu.
6. Nadomatga sabab bo‘ladigan uyqu. 
Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo‘layotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab bo‘ladi.

7. G‘aflat uyqu. 
Tong otayotganida uxlab yotish. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotimaga rodiyallohu anho: "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi.

8. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. 
Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo‘ladi.

9. G‘aromat (ziyon) uyqu. 
Kishining ibodatdan so‘ng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda ko‘zi ketib qolsa, g‘aromat uyqu sanaladi.

10. Rohat uyqu. 
Kasal va go‘daklarning uyqusi. Ular qancha ko‘p uxlasa, foyda va rohat olishadi.

11. Ibodat uyqu. 
Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi.

12. Karomat uyqu. 
Tunda namoz o‘qib turib, charchab sajdada uxlab qolish".

Beshta kerakli ma’lumot

➖1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan so‘ng o‘zingizni ijobat bo‘ladigan duodan mahrum qilmang. ➖2. Namoz o‘qiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qo‘yiladi ?...

Qur'on karim suralari nomi

١ - Fotiha - Ochuvchi ٢ - Baqara - Sigir ٣ - Oli Imron - Imron oilasi ٤ - Niso - Ayollar ٥ - Moida - Dasturhon ٦ - An'om - Chorvalar ٧ - A'rof- Jannat bilan Do‘zaxni ajratuvchi devor ٨ - Anfol - O‘ljalar ٩ - Tavba - Tavba......

Barcha ishlarda yordam so‘raluvchi duo

يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Qur'onni bir oyda bir o‘qib chiqmagan inson, batahqiq uni *hajr qilibdi * Hajr - tark qilish Payg‘ambirimiz alayhissalom Qiyomat kuni Alloh taologa shikoyat qiladilar va biz bu shikoyat qilinadiganlar safidan bo‘lib qolmaslikka harakat qilishimiz kerak. (Furqon 30-oyatga qarang)...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Kahf surasining fazilatlari

«Kahf» so‘zi arab tilida g‘or ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari Robbilariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohi zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida bir g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi ham shundan olingan......

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Fikr qo'shish