Qazo namozi

Qazo namozi
Qazo namozi


– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi?
– So‘ngra qazo qilib o‘qiydi.

– Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr namozining vaqti kirib qolsa, avval peshin namozining qazosini o‘qiydimi yoki asrni o‘qiydimi?
– Umrida namozlarni besh martadan ortiq qazo qilmagan kishi bo‘lsa, avval qazo bo‘lgan namozni o‘qib, undan so‘ng vaqti kirgan namozni o‘qishi farzdir. Qazo bo‘lgan namozni o‘qimasdan vaqti kirgan namozni o‘qishi durust emas. Ammo umri davomida besh namozdan ortiq qazo qilgan kishidan bu tartib soqitdir. Ya’ni, unga tartib farz emas, u tartib egasi emas. Demak, u kishi xohlasa, qazo bo‘lgan namozni avval o‘qiydi.
– Tartib soqit bo‘lmagan kishi qazo namozni esdan chiqarib, vaqti kirgan namozni o‘qisa, namozi tamom bo‘lmasdan qazo bo‘lgan namozi esiga tushsa, o‘qib turgan namozi buziladimi?
– Buziladi.

– Vaqti kirgan namozni o‘qib tamom qilgandan so‘ngra qazo qilgan namozi esiga tushsa, o‘qilgan namozi durust bo‘ladimi?
– Durust bo‘ladi, boshqatdan o‘qish lozim emas.

– Qazo bo‘lgan namozga mashg‘ul bo‘lsa, keyingi namozning vaqti chiqib ketish xavfi bo‘lsa, avval qaysi namozni o‘qiydi?
– Avval vaqti kirgan namozni o‘qiydi, qazo namozni undan keyin o‘qiydi.

– Uzrsiz biror namozni o‘z vaqtida o‘qimasdan qazoga qoldirish durust bo‘ladimi?
– Durust bo‘lmaydi, nihoyatda ulug‘ gunohlardandir.

– Bir kunning besh vaqt namozi qazo bo‘lsa, avval qaysini qazo qiladi?
– Bomdod namozidan boshlab to xufton namozigacha o‘z tartibida qazo qiladi.

– Qazo bo‘lgan namozning faqat farzini o‘qiydimi yoki sunnatni ham o‘qiydimi?
– Faqat farzini o‘qiydi, sunnatini o‘qimaydi, lekin bomdod namozi qazo bo‘lgan bo‘lsa, peshin vaqti kirmasdan qazosini o‘qisa, u vaqtda bomdodning sunnatini ham qazo qiladi.

– Vitr namozi vaqtida o‘qilmasa qazo qilinadimi?
– Qazo qilinadi.

– Juma va hayit namozlari-chi?
– Qazo qilinmaydi. Jumani o‘qimay qolgan kishi o‘rniga peshin namozini o‘qiydi. Ammo hayit namozini qazo ham qilmaydi va o‘rniga o‘qiladigan namoz ham yo‘q.

– Bomdod namozi, shom namozi va xufton namozi qazo qilinganda avvalgi ikki rakatlar ovoz chiqarib o‘qiladimi yoki ichida o‘qiladimi?
– Ushbu namozlar jamoat bilan qazo qilinsa, ovoz chiqarib o‘qish imomga vojibdir. Yolg‘iz qazo qiluvchiga ichda o‘qish vojibdir.

"Ibodati islomiya"dan.

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Qachongacha?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?!......

Saodat_sabablari

1. Solih amal. ''Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz''... Nahl surasi 97-oyat......

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql sohibi G‘arb da’vo qilganidek Eynshteyn emas, balki, Abu Rayhon Beruniydir.  Abu Rayhon Beruniy tibbiyot, falsafa, ximiya, fizika, matematika, geologiya, astronomiya, tarix, dorishunoslik, geografiya, filologiya-tarjima fanida olim hamda geodeziya ilmining asoschisi bo‘lgan. ...

Allohning inson organizimidagi mo'jizalari

🍃1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proqdir... 🍃2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi... 🍃3. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi......

Qur'onda zikr etilgan qalb turlari

Alloh taolo Qur’oni karimda qalbning bir qancha turlarini zikr etgan. Jumladan:...

Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar.

🌱🌹Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar. Qarzdor bo‘lib qolganda o‘qiladigan duo. اللهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنَ الهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ، وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ Allohumma inni a‘uzu bika minal-hammi val-xazan, val-ajzi val-kasal, val-buxli val-jubni, va zolaid-dayni va g‘olabatir-rijal...

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Istig‘for duolari va ularning o‘qilishi va tarjimalari:

1 - غفرانك O‘qilishi: G‘ufronaka Ma’nosi: Allohim men Sendan mag‘firatingni so‘rayman......

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Shahnoza
    Shahnoza 14 января 2025 11:31
    Bomdot nomozinin kazosini bir kunda neca marotaba ukish mumkun.Masalan bir kunda uch yoki besh marotaba ukush mumkunmu?

Fikr qo'shish