Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)
Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)


Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi. Tergovchi, bola bechora katta odamning tepkisi tufayli shu ahvolga tushganini aniqlaganida, u sun’iy nafas apparatiga ulangan bo‘lib joni qil ustida edi. Shundagina ayol , erining ishlari yurishmay, alamini ichkilikdan olayotganini aytib, ko‘zida yosh bilan iltijo qildi:

- Ichib kelganlarida oshxonada edim. Odiljon yo‘lakda o‘ynayotgan ekan. Yosh bolada, dadasining qay axvolda kelganini bilmay muzqaymoqqa pul so‘rabdi... Ko‘rganimda shu ish bo‘lmasdi.

Afsus, uning ahvoli yomonlashdi. Qo‘llaridan kelgan choralarni ko‘rib, yetkazilgan jarohatlar hayot bilan zid ekanidan ilojsiz qolgan shifokorlar onaizorni uning oldiga kirgizishdi. Koma xolatida yotgan bolakay yuz-qo‘llalarini o‘pib yig‘layotgan onasining ovozidan o‘ziga kelib ko‘zlarini ochdi. Og‘ziga tirkalgan sun’iy nafas olish apparatini olib tashlab gapirishga chog‘landi:
- Oyijon men muzqaymoqqa emas, dori uchun pul so‘ragan edim. Yuragingiz sanchayotganini aytgan edingiz. Shunga....
U og‘ir nafas ola boshladi. Ammo shoshib qolgan doktorlarni to‘xtatib, gaplarini aytib olmoqchi ekanini ishora bilan tushuntirdi.
- Oyijon, yig‘lamang! Dadam endi ichmaydi.

- Ey, ichmay o‘lsin! Seni shu ahvolga solgandan ko‘ra oyoqlari sinsa bo‘lmasmidi?

-Oyijon qarg‘amang! Oyoqlari sinsa, yura olmaydilarku.

U eshikka umidvor termuldi. Agar hozir otasi kirib kelsa, bag‘riga otilib, mahkam quchoqlashga tayyor edi. Ikki soat avval ko‘zi qonga to‘lib, vahshiylarcha do‘pposlagan mal’unni emas , bir vaqtlar yelkasida ko‘tarib, u bilan o‘ynagan, do‘konga yetaklab chiqib mashinachalar olib bergan mehribonini so‘ngi bor ko‘rgisi keldi. Umidi so‘ngach, bir chekkada turgan tergovchini yoniga chaqirdi.

- Milisa tog‘a, iltimos, dadamni qamamang. Ular juda yaxshi inson. Mana ko‘rasiz, yana avvalgiday yaxshi dada bo‘ladi. Chunki men farishtaga aylanib, uni har doim duo qilib turaman.

Turli jinoyatlarni ko‘raverib ko‘zi pishib ketgan tajribali organ xodimi o‘zini to‘xtata olmadi. Ko‘zlaridan shashqator yosh quyilib, bolaga va’da bergachgina uning joni uzildi...

Ammo, qonun, har qanday va’dadan ustuvor edi. Oilasi va boshqa bolalari borligi inobatga olinib, yengilroq jazo tayinlandi. Ota bu gunohni ko‘tara olmay, qamoqdayoq joniga bir necha marta qasd qildi, o‘la olmadi. Panjara ortidagi xo‘jayinlar esa, maxkum atayin shu gunoh bilan yashash uchun uni jazolamadilar....

Mijjalariga qalqigan yosh bilan voqeani hikoya qilib bergan onaizorga yuzlandim:

- Eringiz qamoqdan chiqibdi. Endi ichmay qo‘ydimi?
U chuqur xo‘rsindi. Qo‘lida besh yoshlardagi shiringina o‘g‘lining jilmayib turgan suratini ko‘rsatar ekan ovozi titrab javob qaytardi...

-Xa, insof berdi. Ammo, kattalarning aqli kirishi uchun, shunday farishtalarning ko‘payishi shartmikan? U dadasining tushiga kirganida ham faqat duo qiladi😢😔...

Ko'zi ko'r avliyo

Yo‘qsil shayxlardan biri ko‘zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko‘rdi. O‘zicha: “Bu yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko‘r bo‘lsa”, dedi. Shu o‘y oromini o‘g‘irladi. “Bu yerda shu ko‘rdan boshqa hech kim yo‘q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so‘ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on”...

Kimki o‘z uyida omonlikda

«Rasululloh ﷺ: «Kimki o‘z uyida omonlikda, jasadi salomatlikda, kunlik taomi huzurida holda tong ottirsa, xuddi unga butun dunyo jamlangandek bo‘ladi», dedilar» Jannat go‘zalroq va boqiydir...

Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi......

Muhabbat nimalagini bilasizmi?

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni to‘xtatgan «Biloldir». Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan «Biloldir»......

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Qiz farzandning fazilati

1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi: «Bir ayol ikki qizi bilan oldimga narsa so‘rab keldi. Huzurimda bir dona xurmodan boshqa narsa yo‘q edi. Unga o‘shani bergan edim, uni ikki qiziga bo‘lib berdi. So‘ng turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirgan edilar, buni u...

Amalingni xolis qil

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz......

Asalga qo'ngan pashsha

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar...

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Fikr qo'shish