Rosululloh (ﷺ) haqlarida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Rosululloh (ﷺ) haqlarida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar
Rosululloh (ﷺ) haqlarida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar


1. Rosululloh (ﷺ) Odam alayhissalom hali ruh va jasad orasida turganlarida u zot (ﷺ) nabiy edilar.

2. Rosululloh (ﷺ)ning Odam a’layhissalomgacha bo‘lgan nasablaridagi kishilarga biror fahsh ish yetmagan.

3. Rosululloh (ﷺ) Ahmad (Allohga eng ko‘p hamd aytuvchi) deb nomlandilar. U zotdan oldin biror kishi bunday nom bilan nomlanmagan.

4. Rosululloh (ﷺ) kechasi och qorinda uxlab, tongda qorinlari to‘q holda uyg‘onardilar. Alloh u zotni taomlantirib qo‘yar edi.

5. Rosululloh (ﷺ) old tomonni qanday ko‘rsalar, orqa tomonni ham huddi shunday ko‘rardilar.

6. Rosululloh (ﷺ) kunduzi qanday ko‘rsalar, qorong‘u kechani ham huddi shunday ko‘rardilar.

7. Rosululloh (ﷺ)ning tupuklari sho‘r suvni ham chuchuk qilar edi.

8. Rosululloh (ﷺ) dushmanlarning qalbiga bir oylik masofadan qo‘rquv solardilar.

9. Rosululloh (ﷺ) biror marta ham esnamaganlar.

10. Rosululloh (ﷺ) va boshqa payg‘ambarlar hech qachon ehtilom bo‘lishmagan.

11. Rosululloh (ﷺ)ning terlari mushkdan ham hushbo‘y bo‘lgan.

12. Rosululloh (ﷺ)ning soyalari bo‘lmagan. U zot tamomila nur bo‘lganlar.
13. Rosululloh (ﷺ)ning kiyimlariga biror marta ham pashsha qo‘nmagan.

14. Rosululloh (ﷺ)ni biror marta burga va hasharot chaqib, aziyat bermagan.

15. Rosululloh (ﷺ) mingan ulov biror marta tezak tashlamagan, bavl qilmagan.

16. Rosululloh (ﷺ) dunyoga kelganlarida kohinlar osmondan xabar ololmay qolishgan.

17. Rosululloh (ﷺ) Me’roj kechasi barcha payg‘ambarlar va farishtalarga imom bo‘lib namoz o‘qiganlar.

18. Rosululloh (ﷺ)ning ummatlariga butun yer yuzi masjid qilib berilgan.

19. Rosululloh (ﷺ) boshqa payg‘ambarlar davrida kelganlarida, boshqa payg‘ambarlar u zotga ummat bo‘lar edilar.

20. Rosululloh (ﷺ)ning ummatlariga u zotni ismlari bilan chaqirish harom qilingan (Nur-63).

21. Rosululloh (ﷺ)ning sahobalariga u zotning ovozlaridan baland ovozda gapirish harom qilingan (Hujurot 2).

22. Rosululloh (ﷺ)ning huzurlariga farishta Isrofil a’layhissalom tushganlar. Bu farishta u zotdan oldin hech qaysi payg‘ambarga tushmagan edilar.

23. Rosululloh (ﷺ)ning oldingi va keyingi gunohlari kechirilgandir (Fath 1-2).

24. Vafot etgan bandadan qabrda faqat Rosululloh (ﷺ) haqida so‘raladi, boshqa payg‘ambarlar haqida so‘ralmaydi.

25. Rosululloh (ﷺ)ni tushida ko‘rgan, haqiqatdan ham ko‘rgan bo‘ladi. Chunki shayton u zotning su’ratiga kira olmaydi.

26. Rosululloh (ﷺ) bir kishini chaqirsalar, o‘sha inson namoz o‘qiyotgan bo‘lsa ham, u zotga javob berishi vojib bo‘lgan.

27. Rosululloh (ﷺ) vafot etganlarida sahobalar imomsiz guruh-guruh bo‘lib janoza o‘qiganlar. Va bu namozlarda Janozadagi mashhur duo o‘qilmagan.

28. Rosululloh (ﷺ)ning muborak badanlari chirimaydi.

29. Rosululloh (ﷺ)ning qabrlariga bir farishta muvakkal qilinib, u zotga salovot aytganlarning salovotlarini yetkazib turadi.

30. Rosululloh (ﷺ)ning qabrlari Qiyomatda birinchi ochiladi. Oxiratda u zot yetmish ming farishtaning qurshovida bo‘ladilar.

31. Rosululloh (ﷺ) Sirotdan birinchi bo‘lib o‘tadilar.

32. Rosululloh (ﷺ) Mahsharga Buroq degan otga mingan hollarida keladilar.

33. Rosululloh (ﷺ) Mahshar kuni Arshning o‘ng tomonida shunday maqomda turadilarki, u zotdan boshqa hech kim u yerda turmaydi.

34. Rosululloh (ﷺ) Jannatga birinchi bo‘lib kiradilar.

35. Rosululloh (ﷺ)ning ummatlari Qiyomat kuni birinchi so‘roq qilinadi.

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Muloyimlik go‘zal hislatdir!

...Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Menga nasihat qiling" dedi. ..."Qayerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq" dedilar. ..."Yana ko‘paytiring", dedi......

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Duoning ijobat bo‘lish vaqtlari

Alloh taolo duoning ijobat bo‘lish vaqti va o‘rinlarini muayyan va xos turlarga ajratib, birini boshqasidan afzal qildi......

Qabrda bo‘ladigan savol javoblar

1)Robbing kim? -Robbimiz Alloh 2)Dinning qaysi? -Dinim Islom! 3)Payg‘ambaring kim? -Payg‘ambarim Muhammad (S.A.V)! 4)Kitobing qaysi? -Kitobim Qur'oni Karim! 5)Tilaging nima? -Tilagim iymon!......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Fikr qo'shish