Hijrat qilgan joylari

Hijrat qilgan joylari
Hijrat qilgan joylari


Hijrat qilgan joylari: Madinai munavvara (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlari payg‘ambarlikning 14-yili, rabi’ul avval oyining boshida, u zot qamariy hisobda rosa 53 yoshga to‘lganlarida / mil. 622 yilning sentabr o‘rtalarida bo‘lganiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan.

Masjidlari: Madinai munavvaradagi Masjidi nabaviy.

Qiblalari: Ka’ba – Baytulloh.

Mo‘’jizalari: eng buyugi va eng mashhuri Qur’oni karimdir (ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni karimdan boshqa mo‘’jizalarining mingtadan kam bo‘lmaganiga ittifoq qilishgan.
(Imom Navaviy rahmatullohi alayh 1200 ta degan («Sahihi Muslim» sharhining muqaddimasi), Ahmad ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh 3000 ta degan qavlni ham zikr qilgan («Fathul Boriy», 6/583).

G‘azotlari: 28 ta (Hudaybiyya sulhi va Qazo umra safarlarini qo‘shib hisoblaganda. G‘azotlarning 9 tasida jang bo‘lgan, xolos).(G‘azot — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kibor sahobalardan birini o‘rinbosar qilib qoldirganlaridan so‘ng o‘zlari harbiy qo‘shinga bosh bo‘lib, biror yerga bir maqsad bilan borishlari, unda jang bo‘lganmi, bo‘lmaganmi — farqi yo‘q.)

Sariyyalari: 38 ta (ittifoq qilingan ma’lumotga ko‘ra).
(Sariya — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror maqsadni ko‘zlab, bir sahoba boshchiligida yuborgan maxfiy jangovar guruh, unda jang bo‘lganmi, bo‘lmaganmi — faqi yo‘q.)

Muhr uzuklari: podshoh va amirlarga yuborilgan da’vat maktublari kabi hujjatlarga bosilgan.

Muhr uzuklariga mas’ul sahoba: Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy roziyallohu anhu (hijriy 40-yil / mil. 660-661 yilda vafot etgan). U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, hazrati Abu Bakr, hazrati Umar va hazrati Usmon roziyallohu anhum davrlarida mas’ul bo‘lgan.

Da’vat maktublari yuborilgan podshoh va amirlar: (hijriy 6-yil zulhijja oyining oxiri yoki 7-yil muharram oyining boshi / mil. 628 yil may)

1) Najoshiy – Habashiston podshohi As'hama ibn Abjar rohmatullohi alayh;
2) Muqavqis – Misr va Iskandariyya podshohi Jurayj ibn Miyno Qibtiy;
3) Kisro – Fors podshohi Abravez ibn Hurmuz ibn Anushervon;
4) Qaysar – Rum podshohi Hiraql;
5) Bahrayn hokimi Munzir ibn Soviy rohmatullohi alayh;
6) Yamoma hokimi Havza ibn Aliy;
7) Damashq hokimi Horis ibn Abu Shamir G‘assoniy;
8) Umon podshohi Jayfar ibn Julando va ukasi Abd ibn Julando rohmatullohi alayhimo.
(Umon podshohiga maktub Makka fathidan keyin yuborilgan degan qavl bor.)

"Rasululloh va ahli bayt" kitobidan.

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi......

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Sajda yechimdir!

Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan. - Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan....

Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir

«Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy)qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq(orzu qilishga arzirliroqdir)» (Kahf: 46)....

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Muslima ayol

Muslima ayol – kulbada yashab, Parvardigoriga ibodat qilib, besh vaqt namozni o‘qib, bir oy ro‘zani tutgan ayol dabdabali qasrda, kanizaklar ichida yonboshlab yotgan ayoldan yaxshidir......

Zuxo namozi va uning fazilati

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir"......

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak. Ya'ni, qurbonlikni o‘z qo‘li bilan qilish......

Qazo namozi

– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi? – So‘ngra qazo qilib o‘qiydi. – Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr...

Jannat va undagi ne’matlar vasfi

«Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdiruvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir»...

Fikr qo'shish