Makka davri uch bosqichga bo‘linadi

Makka davri uch bosqichga bo‘linadi
Makka davri uch bosqichga bo‘linadi


Makka davri uch bosqichga bo‘linadi:

1) fatratul vahiy va maxfiy da’vat bosqichi — qariyb 3 yil davom etgan (hijratdan avvalgi 13-yil, nubuvvatning 1-yili ramazon oyidan boshlanib, hijratdan avvalgi 10-yil, nubuvvatning 4-yilida tugaydi / mil. 610 yil avgust — 613 yil);

2) Islom diniga oshkora da’vat qilish bosqichi – 6 yildan ko‘proq davom etgan (hijratdan avvalgi 10-yil, nubuvvatning 4-yilidan boshlanib, hijratdan avvalgi 4-yil, nubuvvatning 10-yili shavvol oyida tugaydi / mil. 613 yil — 619 yil may-iyun);

3) Islom da’vatining Makka tashqarisiga yoyilish bosqichi – 3 yilu 4 oy davom etgan (hijratdan avvalgi 4-yil, nubuvvatning 10-yili shavvol oyidan boshlanib, nubuvvatning 14-yili safar oyi oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinai munavvaraga hijrat qilishlari bilan tugaydi / mil. 619 yil may-iyun — 622 yil sentabr).

Madina davri ham uch bosqichga bo‘linadi:

1) Islom jamiyatiga asos solish, uni mustahkamlash va himoya qilish bosqichi — 5 yilu 9 oy davom etgan (hijriy 1-yil, 1-rabi’ul avval, dushanba tongidan boshlanib, 6-yil zulqa’da oyida bo‘lib o‘tgan Hudaybiyya sulhi bilan tugaydi / mil. 622 yil 12 sentabr — 628 yil mart-aprel);
2) Quraysh qabilasi bilan sulhga kelishish, podshoh va amirlarga da’vat maktublarini yuborish hamda katta fitnalarni bostirish bosqichi — bir yilu 10 oy davom etgan (hijriy 6-yil zulqa’da oyidan boshlanib, 8-yil 17-ramazonda bo‘lib o‘tgan Makka fathi bilan tugaydi / mil. 628 yil mart-aprel — 630 yil 7 yanvar);

3) turli o‘lka va qabilalarning elchi-vakillarini kutib olish, odamlarning Islom diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirishlari va ommaviy haj qilish bosqichi — 2 yarim yil davom etgan (hijriy 8-yil 17-ramazondan boshlanib, 11-yil 12-rabi’ul avvalda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari bilan tugaydi / mil. 630 yil 7 yanvar — 632 yil 6 iyun).

Isro va Me’rojlari:

«Isro» Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kechaning bir qismida Makkadagi Masjidul Haromdan Quddusdagi Masjidul Aqsoga sayr qildirishidir.

«Me’roj» esa Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Quddusi sharifdan yuqoriga, ya’ni O‘zining Dargohiga ko‘tarishidir.

Isro va Me’roj hodisasining Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin, Makka davrida, Islom da’vati quvg‘in bilan muvaffaqiyat o‘rtasida turgan bir paytda, hijratdan bir yil oldin, payg‘ambarlikning 13-yili, rabi’ul avval oyi, dushanba kuni, 52 yoshga to‘lganlarida, uyg‘oq hollarida, ruh va tanalari bilan, Jabroil farishta hamrohligida, Buroq nomli mo‘’jizaviy ulovda, kechaning bir qismida, bir marta sodir bo‘lganiga jumhur ulamolar ittifoq qilishgan.

Me’roj mo‘’jizasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan boshqa hech bir payg‘ambarga berilmagan!

"Rasululloh va ahli bayt" kitobidan.

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

Qirq savolga qirk javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

🌱🌹Rasululloh aytadilar:

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi......

🤲Duo, Qur'onni qalblarimizga ziyo

Allohim! Qur'onni qalblarimizga ziyo, ko‘zlarimizga jilo, mahzunliklarimizni ketkazuvchi, do‘zaxdan xalos etuvchi, gunohlarni arituvchi et!...

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Fikr qo'shish