Quyosh haqida sara she'rlar to'plami uzbekcha she'r

Quyosh haqida sara she'rlar to'plami
Quyosh haqida sara she'rlar to'plami


QUYOSHJON — Odil Abdurahmon

Yon, quyoshjon,
Jon quyoshjon,
Otdi oppoq
Tong quyoshjon.

Don-dunimga
Hosil tilab,
Boshlarini
Qo‘ygin silab…

Yurtimizga
Nur sochaver,
Xalqimizga
Baxt ochaver.


YASHASIN OFTOB — Nurulloh Oston

Chaqinlar tindi,
Giyohlar undi.
Yogʻduga choʻmdi –
Yashasin oftob!

Shudringda aksi,
Yaproqda raqsi,
Fayzlidir bahsi –
Yashasin oftob!

Qoʻrqmaymiz tundan,
Yayraymiz kundan.
Tiriklik shundan –
Yashasin oftob!


QUYOSH — Halima Ahmedova

Shunchalar chaqqonsan, shuncha ozoda,
Sendan poklanadi hatto togʻ-u tosh.
Eng kichik maysadan daraxtlargacha
Gʻuborin yuvasan erinmay quyosh.

Yaproqlarning nafis tabassumida
Jilva etar sening nurli afsonang.

Yaratgan nafasi ufurgan joydan
Asli bunyodmikan yoki koshonang?..


YOZ BILAN QUYOSH — Mahmud TO‘YCHIYEV

Quyosh yoz bilan o‘rtoq,
Ajralgisi kelmaydi.
Kech kirib qolganda ham
Uyi tomon yelmaydi.

Do‘stlarning suhbatiga
Oshiqqanday jo‘ralar,
“Salom!” – deya Quyoshjon
Tong-sahardan mo‘ralar.

Shu do‘stlikning mehridan
Bahra olamiz barcha.
Bolalar-u kattalar,
Yer, osmon, yana qancha.

Gap ko‘p ekan, bilsangiz,
Inoqlik, ahillikda.
Baraka ham shu yerda,
Beminnat saxiylikda.

Shunday to‘kinlik, to‘qlik,
Shundan chor atrof ko‘rkam.
Kundan-kun yashnab borar,
Mening jonajon o‘lkam.

Dunyo shunday g‘aroyib,
Sirga to‘la tabiat.
Jannatmonand yurtimda
Hayot go‘zal to abad!

 

QUYOSH BIZGA O‘XSHARKAN — Umida ABDUAZIMOVA

Bizga o‘xshar yozda qaray olmasdim, quyoshga.
Tik qarasam to‘lardi ko‘z yoshga.
Qishda boshqacha bo‘lib qolibdi,
Bulutlarga o‘ralib olibdi.

Issiq kiyimlar kiyib yuribman.
Quyoshga tik qarab turibman.
Yoqimli xayollarga berildim.
Quyosh bizga o‘xsharkan, deb bildim.


QUYOSH MEHRI — Rustambek Turopov,

Musavvirdek chizar har kun
Dov-daraxtlar andozasin.
Zar qalamda ifodalar
Bosh ko‘targan har novdasin.

Quyosh nurin teng sochadi,
Gul zaminga berib mehrin.
Shabnamlarga jilo qo‘shar,
Ishga solib borki sehrin.

U har safar nur elaydi,
Maysalari tushar terga.
Ma’yus, horg‘in xayrlashar,
Manglayini bosib yerga.

To kechgacha qilib mehnat,
Qizaradi sariq yuzi.
Yaxshiligin minnat etmas,
U osmonning oltin qizi.

Faqat АLLOH mani yomon ko'rmasin

Mayli xazon bo'lay inson poyiga. Mayli botib ketay g'amning loyiga. Shung'ib ketay charxning armon soyiga. Faqat АLLOH mani yomon ko'rmasin... Peshona amridan qocha olmayman. Hayotni chigalin yecha olmayman. Hammaning ko'ngliga kira olmayman. Faqat АLLOH mani yomon ko'rmasin..... Bosgan qadamimni xato desalar. Muhabbat dardida gado desalar. Nima...

Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar....

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin. Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar. U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin. Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.......

Meni eslab

Gar yostiqqa egilganda bosh, Begonalar dardimga darddosh, Olisdagi yaqin qarindosh, Meni eslab jilmayib qo'ying......

Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa

Xolimdan kimlardur erinmay kulsa, Xor bo'lsam dillari shodlikka to'lsa. Men hatto kiprik ham qoqib qo'ymayman, Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa....

Kimlardur xakkimda nelar degandur,

"Kimlardur xakkimda nelar degandur, Men maqsad iymonning butligi dedim. Mana xaqiqatni Allohdan so'rang, Uning xuzuriga kup-quruq ketgum"...

Insof ber Allohim

Allohim insof ber bag'ri toshlarga, Vijdoni yo'qlar u benomuslarga, Allohim insof ber nomard nokasga, Bir umr hayosiz nazar pastlarga, Allohim insof ber tig'siz so'yganga, Yoningda do'stman deb iymon sotganga....

Shubxa bor joyda, Ishonch susayadi

Shubxa bor joyda, Ishonch susayadi. Ishonch susaysa, Mehr kamayadi. Mehr kamaysa, E'tibor yo'qoladi. E'tibor yo'qolsa, Qadrimiz qolmaydi....

Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda

Umidlar so'ndilar, orzular majruh. Bahtim quyosh kabi ufqqa botmoqda. Yolg'on dunyosida arzonmi sevgi???. Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda....

Har kimki...

Har kimki layk bossa layk qaytgusidur, Har kimki podpiska tashasa podpiska qaytgusidur, Yaxshi profil ko'rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yonim bo'lsa block topgusidur......

Rashqchi ayollar

Ho'p ahtarur erining kirin. Topib olsa birorta sirin. Tamom bo'lgay erkak bechora. Qidirardi biron bir chora......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    пубг
    пубг 2 февраля 2022 15:50
    ти брат тупой
  2. Офлайн
    Ogʻabek
    Ogʻabek 17 декабря 2021 21:00
    Yaxshi zoʻr

Fikr qo'shish