Nuaym ibn Mas’ud

Nuaym ibn Mas’ud


Nuaym ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo‘lsin) xassos qalbli, zakovatli, tadbirli va dono yigit bo‘lgan. Hech qanday muammo uni tashvishga sololmas, har qanday qiyinchilik qarshisida dovdirab ham qolmas edi. Alloh taolo topqirlik, uddaburrolik va sog‘lom fikr ato qilgan chin sahro o‘g‘loni edi. Biroq uning bitta kamchiligi bo‘lgan: u o‘yin-kulgini haddan ziyod sevar, dunyo lazzatlarini hamma narsadan afzal ko‘rardi. Har safar ko‘ngli orombaxsh qo‘shiq yo maftunkor musiqa istab qolsa, u Najdni tark etib Yasribga jo‘nar, ko‘ngilxushliklar uchun pulini ayamas edi. Nuaym mana shu sababga ko‘ra Yasribga ko‘p kelar, bu yerdagi yahudiylar bilan, ayniqsa, bani Qurayza qavmi bilan osh-qatiq bo‘lib ketgan edi. Alloh O‘z Payg‘ambarini haq din bilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun insoniyatga yuborganida va Makkaning hamma burchaklarini Islom nuri bilan munavvar etganida Nuaym ibn Mas’ud avvalgiday dunyo lazzatlariga bo‘lgan istagini jilovlay olmay yurgan kezlar edi.

Nuaym odatiy xursandchilik va lazzatlardan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan yangi dinga qattiq qarshi chiqdi. Uning bu kayfiyatidan xabardor bo‘lgan Islom dushmanlari yigitni musulmonlarga qarshi kurashga chorlashdi. U Abu Sufyon ibn Harb boshchiligidagi makkalik mushriklar va Najdning G‘atafon qabilasi jangchilariga qo‘shilib, madinalik musulmonlar ustiga bostirib kelganlardan biri edi. Musulmonlar esa dushmanni shahar atrofiga chuqur handaqlar qazib kutib olishdi. Handaq to‘qnashuvi oldidan Nuaym to‘shagida to‘lg‘onib, o‘zi bilan o‘zi bahslashib-tortishib chiqdi: «Esingni yig‘, Nuaym, seni bu yerga olis Najddan nima yetaklab keldi? Haq din olib kelgan Payg‘ambar va uning tarafdorlari bilan urushish uchun qanday bahona topasan? Hech bir sababsiz qon to‘kishning kimga keragi bor?» Uzoq davom etgan vijdon qiynog‘ining yakuni hamma uchun yaxshi bo‘ldi.
Yarim tunda Nuaym qo‘shinni tark etib, Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga keldi. Uni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ajablandilar: – Nuaym ibn Mas’udmi? – Ha, ey Allohning Rasuli, – javob qildi Nuaym. – Yarim tunda seni bu yerga nima boshlab keldi? – so‘radilar Sarvari olam. – Men Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, siz Uning bandasi va elchisi ekaningizga, siz olib kelgan narsa esa haq dinligiga guvohlik bergani keldim, – dedi Nuaym. – Islomni qabul qildim, ammo qabiladoshlarim buni bilishmaydi. Nima istasangiz, menga buyuring… – Sen bizlarga xaloskor bo‘lding, odamlaring oldiga qaytib bor, agar ko‘ndirolsang, ularni bizga qarshi urushishdan qaytar. Axir urushda hiyla ham bo‘ladi-ku, – dedilar Faxri koinot. Shundan keyin Nuaym ibn Mas’ud roziyallohu anhu qabiladoshlari oldiga qaytib borib, ularni o‘zgalar manfaati yo‘lida, hech bir sababsiz urush olib borishdan qaytardi. Alamzada qabilalarga ham haqiqiy ahvolni tushuntirib, musulmonlar bilan jang qilishning befoydaligini tushuntirdi. Nuaymning topqirligi va uddaburroligi natijasida qon to‘kilishi oldi olindi. Dushman jang maydonini tashlab ketishdan o‘zga chora topolmadi.

Shundan keyin Nuaym ibn Mas’ud roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin safdoshlaridan biriga aylandi. Sarvari olam unga katta mansablar berdilar, eng mas’uliyatli vazifalarga yubordilar, qo‘shinlarga qo‘mondon qilib tayinladilar. Makka fathi kuni Abu Sufyon ibn Harb musulmonlar qo‘shinini kuzatib turar ekan, G‘atafon qabilasi bayrog‘ini ko‘tarib kelayotgan kishini ko‘rib qolib so‘radi: – Anavi kim bo‘ldi? – Nuaym ibn Mas’ud, – deb javob qilishdi. – U Handaq jangida bizlarga shunaqangi katta zarar keltirgan ediki! – xitob qildi Abu Sufyon. – Qasam ichib aytamanki, u Muhammadning ashaddiy dushmani edi… Endi esa uning qo‘shinida o‘z qabilasi bayrog‘ini ko‘tarib ketyapti… Alloh taolo tadbirli va zakiy sahobiy Nuaym ibn Mas’udni O‘z rahmati bilan chulg‘ab olsin!

Ahmad MUHAMMAD tayyorladi

Sa’d ibn Mu’oz

Qahramonimiz Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuning to‘liq ismi Sa’d ibn Mu’oz ibn Nu’mon ibn Imru’lqays ibn al-Ash’al al-Avsiydir. Bu sersavlat, ulug‘vor, novcha, qizil yuzli inson yoshlik chog‘idayoq o‘z qabilasiga boshliq bo‘lgan edi. Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Islomga kirganida o‘ttiz bir yoshda edi......

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim

Abu Salama roziyallohu anhu Madinaga hijrat qilishga ahd qildi. Xotini Ummu Salama bilan o‘g‘li Salamani bitta tuyaga, o‘zi bitta tuyaga minib yo‘lga chiqdi. Makkadan endi chiqqan paytida Ummu Salamaning qavmi Bani Maxzumdan kishilar kelib: «O‘zing ketaver, ammo xotiningni ketgani qo‘ymaymiz», deb xotini bilan bolasini olib ketishdi. Abu Salama...

Afzal sahobalarning tartibi

Savol: Barcha sahobalarni yaxshi ko‘ramiz. Ularning ba’zilari ba’zilaridan afzal ekanlarini ham bilamiz. Iltimos, ularning afzallarini tartib ila aytib bersangiz......

Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?

Sayyidimiz Umar roziyallohu anhuga suiqasd qilinganda u kishiga sut olib kelishdi. Sutni ichgan edilar, xanjar urilgan joylaridan sut oqib chiqa boshladi. Shunda tabib u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, vasiyatingizni qiling chunki siz yashamaysiz», dedi. U zot o‘g‘illari Abdullohni chaqirdilar. Abdulloh kelgach unga men uchun dunyoda faqat bir...

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Fikr qo'shish