Xolid ibn Valid
«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilib qo‘l uzatgan o‘sha kunni tan oladi. Va agar kuchi yetganda o‘z umri va hayotidan o‘sha kundan ilgarigi yillar kunlarni o‘chirar edi. Keling, u bilan birga u so‘ygan vaqtdan boshlaymiz, o‘sha yorqin lahzadanki,unda qalbiga egilgan va ruhi u vaqtda Rahmonning o‘ng qo‘lidan va Uning ikki qo‘lidan har biri ham o‘ngdir uzatishni qabul qilgan va natijada Uning dini va elchisi va haq yo‘lda buyuk shahidlikka bo‘lgan ishtiyoqi bilan to‘lgan, yelkasidan o‘tmish kunlardagi botilga yordamlashish gunohlarini tashlagan lahzasidan. Darhaqiqat, o‘zi bilan holi qoldi va yetuk hayollarini har kuni bayroqlari ko‘tarilish va nurlanishda ziyoda bo‘layotgan bu yangi din atrofida aylantirdi. Va g‘oyiblarni bilguvchi Allohga o‘ziga hidoyatdan bir sabab bilan madad bermoqligini so‘rab orzu qildi. Va zakovatlik qalbida ishonch darakchilari ko‘rindi-da aytdi: (Allohga qasamki tuyaning oyog‘i to‘g‘ri bo‘ldi. Tuyaning iziga qarab yo‘lovchisini bilishar edi. Ushbu yerda shuncha ishora qilinyapdi, ya’ni u kishi haqida o‘ylaganlari to‘g‘ri chiqdi).
Albatta, bu kishi haqiqatdan Payg‘ambardir. Bas, qachongacha?Boraman, Allohga qasamki, musulmon bo‘laman, va o‘zimga hamroh bo‘ladigan kishi topishni istadim. Shu vaqtda Usmon ibn Tolxani uchratdim. Va unga istagimni so‘zladim, darhol u qabul qildi va birgalikda chiqdik. Va sahrolab yo‘lga chiqdik. Sohl degan joyga yetganimizda nogoh Amr ibn Osga ko‘zimiz tushdi. U bizga qarab: «Marhabo, ey qavm»,dedi. Biz ham:«Va senga ham», dedik. Yo‘l bo‘lsin, deb so‘radi, shunda unga xabar berdik va u ham bizga musulmon bo‘lish uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni istab kelayotganini aytdi. U bilan hamroh bo‘ldik, hijriy sakkizinchi yil safar oyining birinchi kuni Madinaga kirib keldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganimda u Zotga iymon kalimasi bilan birla salom berdim. Shu u Zot ochiq yuz bilan salomimga alik oldilar. Darhol men musulmon bo‘ldim va haqiqiy guvohlikni berdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Seni aqlingni ko‘rib, bu aql seni faqat yaxshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim. Va Rasululloh solllallohu alayhi vasallamga bay’at qilib aytdim: Men uchun Alloh yo‘lida mushriklikda qilgan har bir qilmishimga Allohdan mag‘firat so‘rang. Aytdilar: Albatta, Islom o‘zidan oldingi har bir narsani yo‘qotib bitiradi. Aytdim: Ey Allohning elchisi ,shunga qaramasdan. (Allohdan mag‘firat so‘rang). Aytdilar: Ey Allohim, «Xolid ibn Valid»ning seni yo‘lingdan to‘sib qilgan har bir qilmishini kechirgin.
Va Amr ibn Os va Usmon ibn Tolha ham oldinga o‘tdilar va musulmon bo‘ldilar. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bay’at qildilar. Ko‘rdingizmi uning Payg‘ambarimizga aytgan so‘zini: men uchun Alloh yo‘lida tushkunlikda qilgan har bir qilmishimga Allohdan mag‘firat so‘rang? Albatta, bu iboraga ko‘zi va fikrini qaratgan kishi Allohning qilichi va Islomning pahlavoni hayotidagi adashishga o‘xshash o‘rinlarni tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Va biz uning hayot qissasidagi ushbu o‘rinlarga yetgan vaqtimizda bu ibora ularni tushunishlik va izohlashda boshlovchimiz bo‘ladi. Ammo hozirda, bas, darhol musulmon bo‘lgan Xolid bilan birga Quraysh chavandozi va undagi eng sarkash otlar sohibini ko‘rmoqligimiz uchun va jangu jadal dunyosidagi barcha arablarnining dohiysini ota-bobolarining ilohlari va qavmining shon- sharaflariga orqasini o‘girgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar bilan birga tavhid kalimasi va Muhammad sollallohu alayhi vasallam bayrog‘i ostida tiklanishini Alloh taqdir qilgan yangi olamni istiqbol qilgan holda ko‘rmoqligimiz uchun. Demak, musulmon bo‘lgan holdagi Xolid bilan birga uning ishidan ajiblarini ko‘rmoqligimiz uchun. Mo‘’ta jangchi qahramonlari uchun mujohid xabarini eslaymizmi? Ma’lumki, ular: Zayd ibn Xorisa va Ja’far ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Rovaha edilar. haqiqatdan ular Shom yeridagi «Mu’ta» g‘azoti qahramonlari edilar. U g‘azotiki unda Rum ikki yuz ming askar to‘plagan va unda musulmonlar beqiyos darajada sinovdan o‘tgan edilar. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ma’rakaning uch qo‘mondonining vafoti xabarini berib aytgan ulug‘ hamdard iboralari yodlaringizda bo‘lsa kerak: (Bayroqni Zaid ibn Xorisa oldida u bilan jang qildi, hatto u ham shahid qilindi. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu hadislarining davomi bo‘lib, biz uni bu sahifalardagi o‘z o‘rnigasaqlab qo‘ygan edik. Bunin«g davomi quydagicha: so‘ngra bayroqni Alloh qilichlaridan bo‘lgan bir qilich qo‘liga oldi, natijada Alloh uning qo‘lida g‘alaba berdi, demak, bu qahramon kim? Darxaqiqat, u Xolid ibn Valid bo‘ldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam lashkarga qo‘mondon qilgan uch qo‘mondon Zaid , Ja’far va Rovahalar rahbarligi ostida oddiy askar sifatida «Mo‘’ta» g‘azotiga shoshilib kelgan edi.
Qo‘mondonlarning oxiri shahid bo‘lib yiqilgandan keyin bayroq tamonga Sobit ibn Arqom tez bordi-da, uni qo‘li bilan ushlab musulmon lashkarlari o‘rtasida baland ko‘tardi , toki tartibsizlik musulmonlarni to‘zitmagay deb. Va Sobit bayroqni ko‘tarib Xolid ibn Volid tomonga yo‘naldi va dedi:«Ol bayroqni, ey Sulaymonning otasi». Xolid sobit ibn Arqomga javob berib aytdi: «Yo‘q bayroqni olmayman,unga sen haqliroqsan: yoshing katta va Badrda qatnashgansan . Va unga Sobit javob qildi:«Uni ushla, sen mendan jangni bilguvchiroqsan va Allohga qasamki, men uni faqat sen uchun oldim». So‘ngra musulmonlarga qarata qichqirdi:«Xolidning rahbarligiga rozi bo‘lasizlarmi?»Ular«Ha», dedilar. Va tug‘ma pahlavon o‘z ag‘umog‘i ustiga o‘rnashdi. Va bayroqni o‘ng qo‘li bilan oldinga go‘yo u bilan qahramon tezda sakrab-sakrab bosib o‘tadigan alangalik uzoq yo‘lda olishishligi vaqti kelgan berk eshiklarni taqillatish uchun cho‘zdi. Bu ochilish Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlarida va u Zot vafotlaridan keyin, hatto taqdirlar uning odatdan tashqari qahramonligining belgilangan marrasiga olib borguncha. Jang taqdiri aniqlanib qolganidan keyin lashkar amirligini Xolid qabul qildi. Musulmonlardan qurbonlar ko‘p va qanotlari qayrilgan. Rum lashkari esa son-sanoqsiz va har narsani vayron qilguvchi g‘olib bo‘lib tantana qilgan holda.Bu holatda yo‘lboshchisi amalga oshirishi kutilgan yagona ish Islom lashkarlaridagi qurbonliklarni to‘xtatish va qolganlarini jang maydonidan salomat olib chiqish edi. Bu o‘rinda Allohning qilichi burgutniki singari ikki ko‘zini keng jang maydoniga qadab oldinga o‘tdi va hayolida nur tezligi bilan rejalar tuzdi. Va lashkarlarni bir necha guruhlarlarga bo‘ldi so‘ngra har bir guruhlarga o‘z vazifasini topshirdi. Va yetuk dahosi va mo‘jizaviy mahoratini ishlata boshladi. Hatto Rum lashkari orasidan keng ochiq yo‘l ochdi,natijada musulmon lashkari sog‘ va salomat chiqib ketdi ! Va bu jangda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Xolidga bu buyuk laqabni munosib ko‘rdilar. Quraysh Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qilgan sulxni buzadi. Natijada musulmonlar u Zot rahbarligi ostida Makkani fath qilish uchun qo‘zg‘aladilar. Va lashkarlarning o‘ng tamoniga Payg‘ambar alayhissalom Xolid ibn Validni amir qiladilar. Va Xolid Makkaga musulmon lashkari va musulmon ummati boshliqlaridan biri bo‘lib kirib keladi. Va xayoliga go‘daklik xotiralari, uning shirin o‘tloqlari. Va yigitlik xotiralari uning jo‘shqin ko‘ngil ochishlari keladi.
So‘ngra o‘z umrini ojiz kasod butlarga foydasiz qurbon qilgan uzun kunlar xotiralari uni qo‘zg‘atadi. Va pushaymonlik qalbini ezmasidan ilgari bu ko‘rinish ulug‘vorligi va titrog‘i ostida to‘lib toshadi. Makkaga bosib kelayotgan nur ko‘rinishi. Hali jisimlaridan azob va dahshat asoratlari ketib ulgirmagan bechoralar ko‘rinishi, ular undan zulm va tajovuz ila chiqarilgan shaharga qaytmoqdalar unga kishnab turgan arg‘umoqlari ustida va xiltirab turgan Islom bayroqlari ostida qaytmoqdalar. Va kecha Arqomning havlisida munojot qilgan shivirlashlari bugun Makkada yangratgan yetuk takbirlarga va zafarlik ko‘rkam tahlillarga aylangan holda butun borliq go‘yo bir bayramga cho‘mgandek ko‘rinadi! Bu mo‘’jiza qanday komil bo‘ldi? Bu hodisani izohi bormi? Hech narsa bu zafarlik jangchilar o‘z takbiri va taxlillari orasida ba’zilari ba’zilariga qaragan holda hursand bo‘lib takrorlayotgan bu oyatdan o‘ziga hech qanday izoh yo‘qdur:«Allohning va’dasi haq. Alloh o‘z va’dasiga hilof qilmaydi». Va Xolid boshini yuqori ko‘tardi va havas , hayrat , mehr ila ufqni to‘ldirgani Islom bayrog‘iga tikildi va o‘ziga-o‘zi dedi::«To‘g‘ri... Albatta, u Allohning va’dasi». Va Alloh o‘z va’dasiga xilof qilmaydi! So‘ngra o‘zini Islomga hidoyat qilgan va o‘zini va bu buyuk fath kunida Makkaga Islomni olib keluvchilardan biri qilgan. Murtadlik lashkarlari o‘zining ulkan hiyonatini amalga oshirish uchun tayyorlana boshlagan chog‘ida buyuk halifa Abu Bakr musulmonlar lashkarini shahsan o‘zi boshlab borishga azmu qaror qildi. Va sahobalarning kattalari uni bu qarordan qaytarish uchun ko‘p umidsiz o‘kinchlar qildilar. Va lekin u qat’iylikda ziyoda bo‘ldi. Abu Bakr musulmonlarni safladi va ularni bani Abs va bani Murra va Zubyon qabilalari ko‘p sonli lashkar sifatida chiqqan tomonga boshladi. Urush boshlandi, so‘ngra musulmonlarga quvvatlik va buyuk g‘alaba nasib bo‘ldi. Va g‘olib lashkar Madinaga o‘rnashmasdanoq halifa ularni kelguvchi jangga chorladi. Va murtadlarning habarlari va to‘planishlari har soatda hatari ziyoda bo‘la bordi. Va Abu Bakr bu ikkinchi lashkar ustida ham boshliq bo‘lib chiqdi. Va lekin sahobalarning kattalarining sabri tugadi.
Va halifani Madinada turishligiga yakdil bo‘ldi. Hazrat Ali Abu Bakrning yo‘lini to‘sib u mingan ulovning tizginidan ushladi. Bas, unga aytdi:«Qayerga, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning halifasi ? Albatta, men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Uxud kunida aytgan so‘zlarini aytaman: «Qilichingni qiniga sol, ey Abu Bakr, va bizni o‘z nafsing bilan (hatarga qo‘yib) cho‘chitma». Musulmonlar tarafidan bo‘lgan bu yakdil qaror oldida halifa Madinada qolishlikka rozi bo‘ldi. Va lashkarni o‘n bir guruhga taqsim qildi, har bir guruhga yo‘nalishini belgilab berdi. Va bu guruhlardan katta bir guruhga Xolid ibn Valid amir bo‘ldi. Xalifa har bir amirga o‘z bayrog‘ini topshirgach, Xolid tarafga yo‘naldi va unga xitob qildi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytganlarini eshitdim, Allohning bandasi va qabila birodari Xolid ibn Valid qanday yaxshidir. U Allohning kofir va munofiqlariga qarshi sug‘irgan qilichlaridan bir qilichdir». mmmm Xolid bu lashkari bilan bir jangdan ikkinchisiga va bir g‘alabadan ikkinchi g‘alabaga o‘tgan holda o‘z yo‘lida davom etdi, hatto hal qilguvchi jang bo‘lguncha. Yamomada bani Xanifa va unga qo‘shilgan qabilalar va barcha murtadlik lashkarlarining eng hatarlisini to‘plagan bo‘lib unga Musaylamatul kazzob boshchilik qilar edi. Va ba’zi musulmon kuchlar Musaylama lashkari bilan o‘z ulushini tajriba qilib ko‘pgan va uni yenga olmagan edi. Xolidga xalifaning:«Bani Xanifa tarafga yursin», degan buyrug‘i keldi. Xolid yurdi, Musaylama ibn Volidning o‘zi tomonga yo‘lga chiqqanini bilgach, lashkarni qaytadan tartibga soldi. Va undan haqiqiy xatar va daxshatlik raqib vujudga keltiradi. Va bu ikki lashkar uchrashadi. Va siz tarix va siyrat kitoblarida bu daxshatlik jangning borishini mutolaa qilgansiz. Xolid o‘z lashkari bilan Yamomaga qarab turgan baland tepalikdan tushib keldi va Musaylama o‘z kibri va tajavvuzida qarshi oldi. Lashkarning saflari ko‘plitgidan oxiri bilinmas edi! Xolid tuz va bayroqlarini askar boshliqlariga bo‘lib berdi.
Va ikki lashkar bir-biriga hamla qildi va daxshatli jang davom etdi. Va musulmon shahidlari qattiq bo‘ron yiqitgan bog‘ga gullaridek paydar-pay yiqildilar! Va Xolid dushmanlar pallasining og‘irligini ko‘rdi va arg‘umog‘i bilan yaqin tepalikka ko‘tarildi va jang maydoniga tez-ziyrak va chuqur bir nazar soldi. Va shu zahoti lashkardagi zaiflik nuqtalarini idrok qildi va hisobladi. Musaylama lashkari to‘satdan qilgan hamlasi ostida ma’suliyat hisining zaiflashganini ko‘rdi. Va shu lahzani o‘zida barcha musulmonlar qalbda ma’suliyat o‘tini oxirigacha alangalantirishga qaror qildi. Va o‘ziga lashkarning o‘ng va so‘l tomonlaridagi boshliqlarini chorladi. Va ularni jang maydonidagi o‘rinlarini qaytadan taqsimladi. So‘ngra g‘olib tovushi bilan sayha tortdi: «Bir-birlaringdan ajralib turinglar bugun har bir qabilani sinovga dosh bermoqliklarini ko‘rmoqligimiz uchun».Va barcha alohida-alohida ajralib turdilar. Muxojirlar o‘z bayroqlari ostida va ansorlar o‘z bayroqlari ostida: Va har bir ulug‘ o‘z bayrog‘i ostida va shunday qilib mag‘lubiyat kelgan vaqtida uni qayerdan kelganligi tamoman ravshan bo‘ldi. Va nafslar qiziqqonligi sho‘’lalandi va yolqinlanib yondi. Va azm va havasga to‘ldi. Xolid vaqti-vaqti bilan takbir yoki tahlil yoki sayha tortib u bilan buyruq berar, natijada lashkarning qilichlari ularning g‘oyalariga to‘suvchi va ishlariga qaytaruvchi bo‘lmagan taqdirlariga aylanar edi. Sanoqlik daqiqalarda jang yo‘lalishi o‘zgardi va Musaylamaning askarlari o‘nglab va yuzlab, balki minglab yiqila boshladi, halok qilguvchi pashsha dorining purkalgan zaharlari undagi hayot nafaslarini bo‘qqan pashsha kabi! Darhaqiqat, Xolid o‘zidagi ko‘tarinki kuchni qahrabo (elektr toki) yanglig‘ o‘z askarlariga uzatar va uni ruhi barcha lashkariga o‘rnashgan edi.
Va bu xislat ham uning yorqin tug‘ma dahosi hislatlaridan biri bo‘ldi. Shunday qilib, ma’rakalarining eng hatarlisi va urushlarning eng qattig‘i da’vom etdi. Musaylama o‘ldirildi. Va uning odamlari va lashkarlarining jussalari urush maydonini to‘ldirdi va tuproq ostiga ilalabad bu yolg‘onchi da’vogarning bayrog‘i ko‘mildi. Va Madinada halifa buyuk oliy Robbisiga shukur namozini o‘qidi, ularga bu g‘alabani va bu qahramonni ato etgani uchun. Abu Bakr ziyrakligi va qalb ko‘zi birla o‘z yurti chegaralari ortidagi mujassam yomonlik quvvatlarini Islom va uning ahlini kelajagiga tahdid qilishidagi hatarlik da’voni idrok qildi. Iroqdagi forslar va Shom shaharlaridagi rumliklar. Ikki telba imperiya o‘zining uzoq nasibalaridan l. Iroqdagi forslar va Shom shaharlaridagi rumliklar. Ikki telba imperiya o‘zining uzoq nasibalaridan bo‘lgan chirigan iplarga osilar, Iroq va Shomda insonlarga yomon azob ko‘rsatar, bu yangi din bayrog‘ini va uning cho‘kichlari bilan barcha qadimiy olam qal’alariga urgan va uning fasodi va qoldig‘ini sug‘urib tashlayotgan musulmon arablarga qarshi jang qilishga majburlar edi. Shu paytda buyuk muborak halifa Xolid ga o‘z askari bilan Iroq tamonga yurishga buyurgan ko‘rsatmalarini yubordi. Va bu qahramon Iroqqa yurdi. Shoyatki, bu sahifalar uning g‘alaba karvonlariga ergashish uchun keng bo‘lsa. U vaqtda biz ulardan ajib ishlarni ko‘rar edik. haqiqatdan Iroqdagi ishini Kisroning Iroq shahar va qishloqlaridagi barcha voliy va noyiblaridan maktublari birla boshladi. Xolid ibn Voliddan Foris hokimiga: «Bismillahir rohmanir rohim.
To‘g‘ri yo‘lga ergashganlarga salom bo‘lsin. Ammaba’d. Xizmatchilarini tarqatgan va mulklaringni tortib olgan va makru hiylalaringni zaiflashtirgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Kim namozni o‘qisa va qiblamizga yuzlansa va so‘ygan hayvonlarimizdan yesa, demak, u musulmondir. Biz uchun nima bo‘lsa, unga ham shu narsa. Va bizning zimmamizga nima lozim bo‘lsa, unga ham shu. Agar sizlarga bu maktubim borsa, menga garovlarni yuboringiz va mendan ahdu vafo kutingiz va unday bo‘lmasa, undan boshqa ma’bud yo‘q Zotga qasamki, sizlarga sizlar hayotni suygan kabi o‘lishni suyguvchi qavmni yuborgayman!»Va uning atrofiga yuborgan izquvarlari Iroqdagi Fors boshliqlari uchun tayyorlanayotgan ko‘p sonli lashkarlar hisoblarini olib keldi. Shunda u vaqtni behuda ketkazmadi va o‘z askarlari bilan botilni yo‘q qilish uchun uning ustiga yura boshladi. Yer unga ajib suratda qisqarib borar edi. Islomning Iroqda Fors ustidan ergashgan g‘alabasi Shomda Rum ustidan shunga o‘xshash g‘alaba qilishga darakchi bo‘ldi. Abu Bakr Siddiq turlik lashkarlarini tO‘pladi va ularning amirligiga bir necha mohir sarkardalarni qo‘ydi. Abu Ubayda ibn Jarox va Amr ibn Os, Muoviya ibn Abu Sufyon va bu lashkarlarining habarlari Rum imperiatoriga yetib borgan vaqtda vazirlari va lashkarlar boshlariga musulmonlar bilan sulh qilish va ular bilan boy beruvchi urushga kirmaslik bilan nasihat qildi va dedi:«Allohga qasamki, ularning vasvaslarini Xolid bilan davolayman». Demak Rum barcha dahshatlarini keltira bersin va musulmonlar bilan birga bu «malham» bor! Ibn Volid lashkarini safladi va ularni bir necha guruhlarga ajratdi.
Va Rum uslubiga muvofiq Iroqda ularning birodari Forsning urush usullaridan habardor bo‘lgandan keyin xujum va mudafaaning yangi bir rejasini qo‘ladi. Va ma’rakaning har bir o‘rinlarini belgilab berdi. Va tajjubligi shundaki albatta ma’raka holid belgilagan va kutgandek qadama-qadam va harakat-boharakat davom edi, xatto shunday ko‘rindiki agar u jangdagi qilich zarbalarini oldin aytganida o‘lchov va hisobda hatto qilmagan bo‘lur edi. Rumdan kutgan har bir harakatni ular qildilar. U oldin aytgan har bir yurishni ular amalga oshirdilar. Va jangga kirishishdan ilgari lashkarning ba’zi askari, hususan, Islomga yangi kirgan kishilar Rum lashkarining ko‘rinishi vujudga keltirgan dahshat va qo‘rquvni ko‘rganlaridan keyin qochish ehtimoli uning hayolini ozgina band etdi. Xolid g‘alabaga erishish yo‘li bir narsada deb bilar edi. U Sobotdir ! Va yana shuni bilar ediki, albatta, ikki yo uch kishining lashkar ichida beqarorligi butun dushman lashkari qodir bo‘lmagan narsalarni tarqatishligi mumkin Bu sababdan qurolini tashlab orqa o‘girib qochgan kishiga nisbatan murosasiz to‘suvchi edi. Shu jangda − ayni bu yamluk jangida − lashkar o‘z o‘rnini olganidan keyin musulmon ayollarni chaqirdi va birinchi marotaba ularning qo‘liga qilich berdi va ularga har bir tomondan musulmon saflarini orqasiga turishga buyurdi va ularga aytdi: «Kim orqa o‘girib qochsa, bas, uni o‘ldiringlar». Va bu yetuk tadbir o‘z vazifasini yuksak darajada oqladi! Jang boshlanishdan oldin Rum qo‘mondoni unga bir qancha so‘z aytmoqlik uchun o‘z qarshisiga Xolidning chiqmoqligini talab qildi.
Va uning qarshisiga Xolid chiqdi ikkalalari ikki lashkar orasini ajratib turgan yalanglikda otlari ustida yuzma-yuz keldilar. Rum qo‘mondoni « Xolidga hitob qilib so‘zladi: «Biz bilamizki, albatta, sizlarning yurtlaringdan ochlik qiynalishdan boshqa narsa chiqmagan. Agar hoxlasangizlar, har birlaringizga o‘n tillo pul va ust-bosh va oziq-ovqat beraman va sizlar yurtlaringizga qaytib ketasizlar va kelgusi yilda yana sizlarga shu miqdorda narsa yuboraman». Xolid unga munosib javob berishga qaror qildi va aytdi: «Albatta, bizlarni yurtimizdan sen aytgandek ochlik olib chiqmadi va lekin bizlar qon ichidagi qavmdirmiz va bildikki, albatta, Rumning qonidan ko‘ra toza va ishtihalik qon yo‘q. Bas, shuning uchun keldik». Va qahramon arg‘umog‘ining tizginini burdi o‘z lashkari saflari tamon qaytgan holda. Va bayroqni baland ko‘tardi, jangni e’lon qilgan holda. «Allohu Akbar», «Alloh har narsadan buyukdir». «Jannat shabodalari esgin». Uning lashkarlari otilgan o‘qdek joyidan qo‘zg‘aldi va daxshatning naziri yo‘q bir jang boshlandi.
Va rumliklarga musulmonlar tomondan ular kutmagan narsalar zohir bo‘ldi. Xolid ibn Valid o‘z askaridan yuztasi bilan Rumning chap qanotiga tashlanadilar, vaholangki, ularning adadi qirq ming edi. Va Xolid o‘zi bilan bo‘lgan yuz kishiga qarata sayha tortdi: «Nafsim Uning qudrat qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Rumda kuch va toqat qolmadi magaram ko‘rib turganlaring). Va albatta, men Alloh sizlarga ularning yelkalarini (yerga tekkazmoqlaringni) berishligini umid qilaman. Yuz kishi qirq ming kishiga hujum qilib g‘olib bo‘l dilar. Va lekin qanday ajablanish bo‘lishi mumkin. Ularning qalblari buyuk oliy Allohga bo‘lgan iymonga to‘la emasmi? Va hayot masalalarining vafo va hidoyat va aql to‘g‘risida bo‘lgan eng ko‘pi bo‘lgan masalaga ishonch bilan to‘lgan emasmi? Va ularning halifasi «As Siddiq» roziyallohu anhu emasmi. U shunday kishiki, davlatlari dunyo ustida ko‘tarilgan chog‘ida Madinada yangi olamning yangi poytaxtida o‘z qo‘li bilan bevalarning qo‘yini sog‘moqda. Va ikki qo‘li bilan yetimlarning nonining hamirini qormoqda. Va ularning lashkarboshlari tajovvuz , zulm va zo‘ravonlik vasvasalarining malhami va shirk va aynishlik va qoloqlik quvvatlariga qarshi Allohning sug‘urilgan qilichi Xolid ibn Volid emasmi? Oyo ular bunday bo‘lmadilarmi? Demak, g‘alaba shamollari esaversin. Darhaqiqat «Xolid»ning tug‘ma dahosi Rum qo‘mondonlari va lashkarboshlarini lol qoldirgan, hatto ulardan birining Jarjax bo‘lib Xolidni urush orasidagi dam olishi vaqtlaridan birida ko‘rishish uchun chorladi. Ular uchrashgan vaqt da Rumlik qo‘mondon Xolidga qarab so‘z boshladi:
Ey Xolid menga rost aytgin va menga yolg‘on gapirma, albatta, hur kishi yolg‘on gapirmaydi. Alloh sizlarning Payg‘ambaringizga osmondan bir qilich tushiribdi, uni kimga qarshi sug‘ursang, albatta, uni yengarmushsan, shu to‘g‘rimi?» Xolid aytdi: «Yo‘q». Boyagi kishi dedi: «Bo‘lmasa, nega sen Allohning qilichi deb nomlanding?» Xolid aytdi: «Albatta, Alloh bizga o‘z elchisini yubordi va bizlardan ba’zimiz uni tasdiq qildi va ba’zimiz uni yolg‘onchi qildi. Va men ham yolg‘onchi qiluvchilardan bo‘ldim, keyin Alloh qalblarimizni Islomga bog‘ladi va bizni o‘z elchimiz bilan hidoyat qildi. Natijada biz ul Zotga bay’at qildik. Va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam meni duo qildilar va menga sen Allohning qilichlaridan bir qilich deb atadilar va shunday qilib men Allohni qilichi deb nomlandim» Rumlik qo‘mondon dedi: «Sizlar qaysi narsaga chaqirasizlar?» Xolid aytdi: «Allohni bir deb bilishga va Islomga». U dedi:«Bugun Islomga kirgan kishiga sizlar kabi savob ajr bo‘ladimi?» Xolid aytdi: «Ha va afzalroq». Haligi kishi aytdi: «Qanday, vaholanki, sizlar bizdan oldin kirgansizlar-ku?!» Xolid aytdi: «Darhaqiqat, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yashadik va biz ul Zotning dalilllari va mo‘’jizalarini ko‘rdik. Va biz ko‘rgan narsalarimizni eshitgan kishining osonlik bilan Islomga kelmoqligi haqdir. Ammo sizlar, ey u Zotni ko‘rmagan va u Zotni eshitmagan so‘ngra iymon keltirgan kishilar, albatta, ajrlaring kattaroq, agar ichlaring va niyatlaringni Allohga rost qilsangizlar». Va Rumlik qo‘mondon sayha tortdi va otini Xolid yoniga yaqinlashtirdi va yonida turib aytdi:
«Ey Xolid, menga Islomni o‘rgat». Va musulmon bo‘ldi. Alloh uchun ikki rakat namoz o‘qidi. Undan boshqa namoz o‘qimadi, chunki ikki lashkar jangni qaytadan boshlashgan edi. Va rumlik Jarjax musulmonlarning safida shahidlik talabida ayovsiz jang qildi, hatto u shahidlikka erishdi va u bilan zafar topdi. Nogahon Madinadan yangi halifa amirul mo‘’minin Umar ibn Xattobning maktubini olib kelgan xabarchining kelishligi kutilmagan ish bo‘ldi. Ul maktubda al Foruqning musulmon lashkariga salomi va Rasululloh sollallohu alayhining halifasi Abu Bakr as Siddiq roziyallohu anhuning vafot etganligi xabari. So‘ngra uning Xolidni rahbarlikdan chetlatib uning o‘rniga Abu Ubayda ibn Jarrohni tayinlash haqidagi buyrug‘i bor edi. Xolid maktubni o‘qidi va Abu Bakrga rahmat so‘rab va Umarga tavfiq so‘rab pichirlab iltijo qildi. So‘ngra maktubni olib keluvchi kishidan undagi so‘zlarni biror kishiga izhor qilmasligini talab qildi va o‘zi buyurgan joyda turib u yerdan qimirlamaslikka va biror kishi bilan bog‘lanmaslikga buyurdi. Abu Bakrning o‘limi va Umarning buyruqlarini berkitgan holda jangga bo‘lgan rahbarligini davom ettirdi. hatto yaqinlashayozgan g‘alaba amalga oshguncha. Va qahramonimiz Abu Ubaydaning oldiga kelib oddiy askar o‘z qo‘mondoniga beradigan salom bilan salomlashdi. Va bu holatni Abu Ubayda dastlab hayolida yo‘q g‘alabani amalga oshirgan qo‘mondonning hazillaridan bir hazil deb o‘yladi. Va albatta u bu holatning haqiqat va jiddiyligini bilgan chog‘ida Xolidning ikki ko‘zi orasidan o‘pdi va uning nafsi ahloqining buyukligiga tahsin va ofarinlar aytdi.
Albatta, bu maktub amirul mo‘’minin Umar tomonidan Abu Ubaydaga yuborilgan va jang tugaguncha Xolid berkitgan. Va bu ish barobar unday bo‘lsin yoki bunday bo‘lsin farqi yo‘q. Albatta, bu ikki holatdagi Xolidning yo‘nalishi biz uchun muhimdir. Va haqiqatdan u ulug‘lik va buyuklik va yetuklikning eng cho‘qqisiga yetgan yo‘nalishi bo‘ldi. . Demak u uchun amir yoki oddiy askarlik kabi ikkovidan har biri uning o‘zi iymon keltirgan Allohga va o‘zi bay’at qilgan Payg‘ambariga va o‘zi qabul qilib uning bayrog‘i ostida yurgan dinga nisbatan o‘z burchini ado qilishga bir sababdir, xalos. Va uning sarflagan kuchi u itoat qilingan amir bo‘lgan holda itoatlik oddiy askar xolidagi sarflagan kuchi kabidir. Va darhaqiqat, uning o‘z nafsi ustidan qilgan bu buyuk g‘alabasi unga boshqalar uchun tayyorlayotgani kabi o‘sha vaqtdagi musulmon davlat va musulmon ummat ustida turgan halifalarning namunaviy nusxasini tayyorladi. Abu Bakr va Umarning. Bu ikki ism til bu ismlarni yuziga chiqarar-chiqarmas, hatto inson buyukligi va inson fazilatlaridan bo‘lgan har bir mo‘’jiza xayolga keladi. Umar bilan Xolid orasidagi gohida yo‘q bo‘lgan do‘stlikka qaramasdan, albatta, Umarning adolati va sofligi va parhezkorligi va odatdan tashqari buyukligi hargiz Xolidning nazdida savol o‘rnida turmas edi. Va shu sababdan uning qarorlari shak-shubhalarni chiqargan qalb parhezkorlik va to‘g‘rilik va ixlos sadoqatdan har bir yetuk va pokiza qalb yetib bora oladigan eng yuksak darajaga yetib olgan edi. Amirul mo‘’minin Umar Xolidga nisbatan yomonlik ushlamas va lekin uning qilichidagi tezlik va o‘tkirlikni tanqid qilar edi.
Haqiqatdan u bu fikrni Molik ibn Nuvayra o‘ldirilgandan keyin Abu Bakrdan uni bekor qilishni so‘ragan chog‘ida izhor qiladi. Va aytdi: «Albatta Xolidning qilichida tezlik bor, ya’ni o‘tkirlik ,yengillik va shoshilish». Shu vaqtda unga halifa as Siddiq javob berdi: «Alloh kofirlarga qarshi sug‘irgan qilichini ayblay olmayman». Umar Xolidda tezlik bor demadi, balki tezlikning uning qilichiga nisbat beradi. Shaxsiga emas bu so‘zlar amirul mo‘’minining odobligini emas, balki shu qatorda Xolidning taqdirlashini ham ifoda qiladi. Va Xolid beshikdan lahatgacha xarb kishidir. hayoti Islomdan ilgari va undan keyin xatarga soluvchi bir chavandozning libosidir. Va qilich Xolid ibn Volid kabi odatdan tashqari jangchi qo‘lida bo‘lar ekan, so‘ngra uni ushlovchi qo‘lni poklash va o‘ch olish harorati bilan yongan adovat va fitnalar bilan qurshab olingan din uchun mushtoq muhabbat bilan to‘lgan vijdon harakatga solar ekan, demak, u kabi qilichni o‘zining qat’iy maqsadlari va tez o‘tkirligidan voz kechish qiyindir. Va shunday qilib, Xolidning qilichini o‘z egasiga ko‘p qiyinchiliklar keltirishiga sabab bo‘lganligini ko‘ramiz. Uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam fathdan keyi Makkaga yaqin bo‘lgan ba’zi arab qabilalariga yuborgan va unga aytgan vaqlarida: «Albatta, men seni da’vatchi qilib yuboryapman, uruvchi emas». Qilichi unga u Zotning buyrug‘idan g‘olib keldi.
Va uni urushuvchi davraiga olib bordi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga tavsiya qilgan da’vatchilik davrasidan voz kechgan holda. Bu narsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘p qayg‘u chekishlariga sabab bo‘ldi. U Zotga Xolidning qilmishining habari yetib kelgach qiblaga qarab ikki qo‘llarini ko‘tarib. Allohga ushbu so‘zlar bilan uzr aytgan holda turdilar: «Ey Allohim, albatta, men Xolidning qilgan qilmishidan ayibsizligimni senga izhor qilaman». So‘ngra Alini yuborib ularni qonlari va mollarining xunini to‘ladilar. Xolid odatdan tashqari kuchga ega edi. Va uni qat’iy bir ishtiyoq o‘zining qadimiy barcha olamini buzishga chorlar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni«Al Uzzo»ni buzish uchun yuborganlarida qo‘lida cho‘kich bilan haykalni buzayotgan Xolidning siymosida bir butun lashkar bilan urush qilayotgan, dushman askarlarining boshini uzayotgan bir kishini ko‘ramiz. Xolid o‘ng qo‘li , chap qo‘li va oyog‘i bilan zarba urar va parchalangan bo‘laklar va tushgan tuproqqa qaratday deb sayha tortar edi: «Ey uzzo, seni ulug‘lamayman, balki inkor qilaman. Albatta, men seni Alloh xorlaganini ko‘rmoqdaman». So‘ngra uni yoqadi, tuprog‘iga o‘t qo‘yadi. Shirk ko‘rinishlari va uning qoldiqlarini har biri Xolidning nazdida al uzzo kabidir. Xolid bayroqlari ostida turgan bu yangi olamda unday narsalar uchun o‘rin yo‘q. Va Xolid ularni tugatish uchun o‘z qilichidan o‘zga asbobni bilmaydi. Xolid vafot etgan kuni( Ayollar Xolid kabi kishini tug‘ishdan ojiz bo‘ldi.) Umar unga ko‘p yig‘ladilar va odamlar keyin bildilarki, albatta, Umar Xoliddan undan ajrab qolganining o‘zigagina yig‘lamayapti, balki o‘lim Umardan bir fursatni zoye qilganiga yig‘layapti. Chunki u odamlarning maftun bo‘lishlari ketganidan keyin agar unga o‘lim yetmaganida, Xolid Robbisi huzuriga shoshmaganida amirlikni Xolidga qaytarishga qaror qilgan edi. Xolidga do‘stlari va dushmanlari shunday ta’rif bergan edilar:«Bir kishiki uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi».
Albatta, bu kishining hidi va hushbo‘yligi doimo va abadiy ot kishnagan va qilichlar yaltiragan hamda musulmon lashkarlari ustida tavhid bayroqlari hilpiragan vaqtda mavjud bo‘ladi.U aytar edi: «Menga kelinchak hadya qilingan yoki undan farzand bilan hushxabarlangan bir kecha men uchun muhojirlardan bo‘lgan sariya (lashkar) orasida, ular bilan tongda mushriklarga hujm qiladigan qirg‘ini qattiq kechadan suyukli emas». Shu sababdan hayotining fojeasi , uning fikricha, to‘shagida o‘lmoqlikdir. Vaholanki, u butun hayotini arg‘umog‘i ustida va qilichining tovlanishi ostida o‘tkazgan kishidir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilgan va qancha-qancha shijoat sohiblarini yenggan , Rum va Fors taxtlarini tuproq bilan bir tekis qilgan , Iroqda yerni qadamba-qadam bosib o‘tib ,uni islom uchun fath qilgan kishidir. Oddiy askarning oddiyligi va kamtarligiga ega bo‘lgan amir. Va amirning mas’uliyati va kuch qudratiga ega oddiy askar bo‘lgan holda. Bu qahramonning hayot fojeasi o‘z qahramonning to‘shagida o‘lmoqligi bo‘ldi. Bu vaqtda ko‘z yoshlari ikki ko‘zidan oqib aytdi: «Darhaqiqat, falon va falon jangda qatnashdim ;jasadimda bir o‘rin yo‘qki, unda qilich zarbasi yoki qilich suqilishi yoki o‘q tegish jarohati bo‘lmasa. Endi esa to‘shagimda, istagimga qaramay, tuya o‘lgandek o‘lmoqdaman».
Va safar lahzalarini istiqbol qilgan chog‘da vasiyatini yozdirishga kirishdi.U bor bisotini Umar ibn Xattobga vasiyat qilib qoldirdi. Uning qoldirgan merosi oti va qurol aslahasi hamda bo‘rki (UNING ICHIDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCH TOLALARI BOR EDI) . Va oxirida qahramonning jasadi o‘z hovlisidan do‘stlari yelkasida ko‘tarilgan holda chiqdi. Va uni safarga chiquvchi qahramonning onasi ularga azm yaltirashligi g‘amginlik pardasiga aralashgan ikki ko‘zi bilan kuzatdi va vidolashib aytdi:«Sen qavmning millionidan yaxshisi. Sen bolalarini himoya qilgan arslondan ham shijoatlisan. Bas, sen tog‘lar orasidan to‘lib oqayotgan seldan ham saxovatlisan. Bu so‘zni Umar eshitib qalbining urishi tezlashdi, ko‘z yoshining otilishi kuchaydi. Va aytdi: «Onasi rost aytdi. Allohga qasamki, albatta, u haqiqatdan shunday edi». Qahramon o‘z xabgohiga yotkazildi. Va do‘stlari bosh egib turdilar ,tegralaridagi dunyo jim, homush odob saqlab turar edi. Bu daxshatli jimlikni biz hayol qilgan kabi arqonini uzib va Madina ko‘chalaridan bosib o‘tib sohibining jasadi orqasida uning hidi va muattarligi yetaklagan holda yugurib kelgan otining kishnashidan o‘zga tovush buzmadi. Va u homush jamoat va nami ketmagan qabrga yetganda boshini bayroq kabi burdi va uning kishnashi qahramon uning ustida turib Fors va Rum taxtlarini titratgan va Islom yo‘lidan barcha orqaga ketish va shirk quvvatlarini olib tashlagan vaqtlarida qilganiga to‘la monand shaklda baland yangradi..
So‘ngra ikki ko‘zini qabrdan uzmagan holda, hojasi va pahlavoniga bu ishi bilan vidolashuv salomini ado qilgan holda ko‘zlaridan ko‘p va mo‘l yoshlar oqqan holda turib qoldi. Darhaqiqat, uni Xolid qurol aslahasi bilan Alloh yo‘liga vaqf qilgan edi. Va lekin Xoliddan keyin uning beliga o‘tirishga biror chavandoz qodir bo‘larmikan? Yoki ot o‘z ustiga undan boshqa kishini o‘tqizarmikan? Ey har bir g‘alabaning qahramoni, senga olqish bo‘lsin! Ey Abu Sulaymon, sening subhingga maqtov bo‘lsin. Va xotirangga ulug‘lik va abadiylik va muattarlik bo‘lsin, ey Xolid. Keling, bizlar ham amirul mo‘’minin Umar bilan birga sen bilan vidolashib va senga marsiya aytgan ushbu shirin, totlik so‘zlarini takrorlaylik:«Alloh Abu Sulaymonni rahmat qilsin. Alloh huzuridagi narsalar bu yerdagi narsalardan yaxshidir. Va darhaqiqat, u maqtovga sazovor holda yashadi. Va baxtli holda o‘ldi».Xolid Muhammad Xolid «Rijalun havlar-Rasul» kitobidan.
Izohlar 1