Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)


U kishi kim bo‘lgan?

Ummatning olimi va Qur’onning tarjimoni. U kishi Abbos ibn Abdulmuttalib ibn Hoshimning o‘g‘li. Otalari Abbos Payg‘ambarimizning amakilari hisoblanadi. Otalari: Abbos Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, lekin musulmonligini yashirib yurgan. Badr jangida musulmonlarga qarshi kofirlar tomonidan majburan chiqqanlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Abbosga duch kelsa, uni o‘ldirmasin. Chunki u o‘zi istamasdan chiqqan», deganlar. Musulmonlardan Abul Yusr Ka’b ibn Amr roziyallohu anhuning qo‘llariga asirga tushganlarida Abul Yusr o‘zi fidya berib Abbosni Makkaga jo‘natgan. Onalari: Ummu Fazl Liboba binti Horis roziyallohu anho. Erlari Abbos roziyallohu anhudan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Hadicha onamizdan keyin Islomga kirganlar. Islomga kirganlarida yer yuzida ikkita muslima ayol bor edi. U kishi o‘sha muslimalarning biri edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan o‘ttizta hadis rivoyat qilganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin vaqtida o‘sha kishinikida qaylula qilib uxlab olar edilar. Usmon roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida eri Abbos roziyallohu anhudan oldin vafot etganlar. Xolalari: Mo‘minlarning onasi Maymuna binti Horis roziyallohu anho fozila ayol edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hijriy yettinchi sanada o‘z nikohlariga olgan oxirgi ayol hisoblanadilar. Aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, o‘zini hiba qilgan (bag‘ishlagan) ayol hisoblanadilar. Hatto bu kishining sha’nlariga Ahzob surasining 50-oyati nozil bo‘ldi. «...Yana mo‘mina ayolni – agar u o‘zini Payg‘ambarga tortiq etsa-yu…».

Tavalludlari

Kofirlarning musulmonlarga berayotgan aziyatlari kuchayib, ish tarixda «zulmkor ahdnomasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan sahifani yozishgacha olib bordi. Kofirlar ahdnomada musulmon va ularning dinini qo‘llab-quvvatlayotgan yoki ularga yaxshi muomalada bo‘layotganlar bilan aloqani uzishga, ularga hech narsa sotmaslik va ulardan hech narsa sotib olmaslikka, ularga qiz bermaslik va ulardan qiz ham olmaslikka ittifoq qilishdi. Hali shirkning namoyandalari o‘ylab topgan sahifa qoralanmay turib, Quraysh musulmonlarni «Bani Hoshim» nomi bilan mashhur bo‘lgan daraga qamab qo‘ydi. Daradagilarni tashqariga chiqqani ham qo‘ymasdi. Boshqalar uchun unga kirishi va u yerdagilar bilan suhbatlashi ham ta’qiqlab qo‘yildi. Ummu Fazl ham o‘z eri Abbos bilan Bani Hoshimdan bo‘lgani uchun bu dushmanchilik qurboni bo‘ldi va daraga kirdi. O‘sha payt Ummu Fazl homilador edi.
U kishining homiladorligi ko‘plab qiyinchiliklarni boshlaridan kechirishga sabab bo‘ldi. Homiladorlik og‘rig‘i va yemishning yo‘qligi Ummu Fazlni mashaqqatga solib qo‘ydi. U kishining Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olib kelgan narsaga iymon keltirganlari barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga ko‘maklashar edi. Bundan tashqari, Xadija onamiz bilan birga bo‘lishlari Ummu Fazlga bu mashaqqatlarni yengib o‘tishda eng katta dalda edi. Xadija onamiz o‘zlariga yashirincha keladigan oziq-ovqatlardan Ummu Fazlga berib turar edilar. Ummu Fazlning homiladorligi sezila boshlaganda Abbos roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: «Ey Muhammad, menimcha, Ummu Fazl homilador bo‘lgan, shekilli», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu bola sababli Alloh yuzimizni yoritishini Allohdan umid qilaman», dedilar. Ummu Fazlning ko‘zi yorishiga oz qolgan, homiladorlik qiyinchiligini boshlaridan kechirayotgan bir paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ummu Fazl», dedilar. Ummu Fazl : «Labbay, yo Rasululloh», dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sizning homilangiz o‘g‘il bola», dedilar. Ummu Fazl: «Axir qanday bo‘ladi, endi nima qilaman? Quraysh qabilasi (ya’ni kofirlari) ayollar tug‘masligiga bitim tuzgan edi-ku», dedi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Homilangiz men aytganday o‘g‘il. U tug‘ilganda mening oldimga uni olib keling», dedilar.

Tug‘ish vaqti kelib, Ummu Fazl yengil bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek o‘g‘il bola tug‘ildi. Uni bir matoga o‘rab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga olib kelishdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga Abduloh, deb ism qo‘ydilar va muborak so‘laklari bilan tanglayini ko‘tarib qo‘ydilar. So‘ng: «Bolani olib ketavering. Hali ko‘rasiz, bu bola juda aqlli va dono inson bo‘lib yetishadi», dedilar. Ummu Fazl yosh Abdullohni emizish va uning tarbiyasi bilan band bo‘lib qoldilar. Lekin ishlari ko‘payib ketganiga qaramay, doimo musulmonlar va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahvollaridan boxabar edilar. Xususan, Xadija onamiz va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib vafot etgandan keyin Quraysh mushriklarining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyatlari kuchayganda Ummu Fazl eri Abbosni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lish va u kishini himoya qilishga targ‘ib qildilar. Lekin Abbos roziyallohu anhu agar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashganlarini Quraysh mushriklariga bildirib, u Zotni himoya qilsalar, Makka boshliqlariga berib qo‘ygan mol-mulklari va boyliklaridan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqdilar. Chunki ular Abbosni musulmon bo‘lganini bilib qolsa, unga biror narsasini qaytarib bermasliklari va u hech vaqosiz qolishini bilardilar.

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar......

Fuzaylning tavbasi

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh avvalda qaroqchi, yo‘lto‘sar edi. Bitta, ikkita musofirni ko‘rib qolsa ularni urib, qo‘rqitib molini olar edi......

Hamza ibn Abdul Muttalib

Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk...

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?

Sayyidimiz Umar roziyallohu anhuga suiqasd qilinganda u kishiga sut olib kelishdi. Sutni ichgan edilar, xanjar urilgan joylaridan sut oqib chiqa boshladi. Shunda tabib u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, vasiyatingizni qiling chunki siz yashamaysiz», dedi. U zot o‘g‘illari Abdullohni chaqirdilar. Abdulloh kelgach unga men uchun dunyoda faqat bir...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)

Ummatning olimi va Qur’onning tarjimoni. U kishi Abbos ibn Abdulmuttalib ibn Hoshimning o‘g‘li. Otalari Abbos Payg‘ambarimizning amakilari hisoblanadi. Otalari: Abbos Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, lekin musulmonligini yashirib yurgan. Badr jangida musulmonlarga qarshi kofirlar tomonidan majburan chiqqanlarida Payg‘ambarimiz...

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Fikr qo'shish