Hudayr

Hudayr


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askarlarning barchasini ovqat bilan ta’minladilar-u, lekin Hudayrga ovqat berishni unutib quydilar. Ammo Hudayr sabr qilgan holida otlar ortidan: «La ilaha illallohu vallohu akbar, valhamdu lillahi va subhanallohi va la havla va la quvvata illa billah... Ey Robbim, mana shu menga eng yaxshi yo‘l ozig‘idir», deb safarga chiqaverdi.

Shu payt Hazrati Jabroil Payg‘ambarimiz alayhissalom huzurlariga kelib: «Robbim meni huzuringizga yuborib, Hudayrga yo‘l ozig‘i berishni unutganingizni va u aytayotgan kalimalar qiyomat kuni yer bilan osmon oralig‘ida qay darajada nur bo‘lishini hamda unga yo‘l ozig‘i jo‘natishingiz xabarini berishni buyurdi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir kishini chaqirib, unga Hudayrning yo‘l ozig‘ini berdilar-da: «Agar uning oldiga yetib borsang, u nima deyotganini yodlab ol, yo‘l oziq-ovqatini topshirayotganingda ham nima deyotganini yodlab ol, Rasululloh senga salom aytdilar, degin hamda unga ovqat berishni unutganimni va Alloh Jabroil alayhissalomni yuborib, uni eslatganini, qiyomatdagi nurning qanday bo‘lishi xabarini berganini aytgin», dedilar. Yuborilgan kishi Hudayrning oldiga kelganida Hudayr boyagi so‘zlarni aytib ketayotgan edi. Keyin unga yaqin kelib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam senga salom aytdilar va meni senga yo‘l ozig‘i bilan yubordilar, chunki avval berishni unutgan ekanlar. Alloh Jabroil alayhissalomni osmondan yuborib, buni eslattiribdi», dedi.
Shunda Hudayr Allohga hamdu sano va Rasulullohga salavot aytdi-da, so‘ngra: «Olamlar Rabbi Allohga hamd bulsin. Robbim yetti osmon tepasidan, Arshining yuqorisidan turib ochligim va zaifligimga rahm qilibdi. Ey Robbim, Sen Hudayrni unutmaganingdek, Hudayrni ham Shzingni unutmaydigan qilgin», dedi. Yuborilgan kishi Hudayr aytgan so‘zlarni yodlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar bergan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Agar boshingni osmonga ko‘targaningda u aytgan sshzlar yer bilan osmon oralig‘ida nur kabi taralib turganini kshrar eding», deb marhamat qildilar.

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Afzal sahobalarning tartibi

Savol: Barcha sahobalarni yaxshi ko‘ramiz. Ularning ba’zilari ba’zilaridan afzal ekanlarini ham bilamiz. Iltimos, ularning afzallarini tartib ila aytib bersangiz......

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Hamza ibn Abdul Muttalib

Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk...

Sa’d ibn Mu’oz

Qahramonimiz Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuning to‘liq ismi Sa’d ibn Mu’oz ibn Nu’mon ibn Imru’lqays ibn al-Ash’al al-Avsiydir. Bu sersavlat, ulug‘vor, novcha, qizil yuzli inson yoshlik chog‘idayoq o‘z qabilasiga boshliq bo‘lgan edi. Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Islomga kirganida o‘ttiz bir yoshda edi......

Fikr qo'shish