Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)


Hijratlari
Ummu Fazl eri Abbosdan o‘g‘li Abdulloh bilan birga Madinaga hijrat qilish uchun izn so‘radi. Abbos Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z oilalari bilan birgalikda Madinaga hijrat qilishga izn so‘rab xat yozdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey amaki, mening Payg‘ambarligim eng so‘ngi payg‘ambarlik bo‘lganidek, sizning hijratingiz hijratning eng oxirgisi bo‘ladi», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu xabarni eshitgandan keyin Abbos roziyallohu anhu safar tadorigini ko‘rib, safar uchun kerakli barcha narsalarni tayyorlab qo‘ydi. Ummu Fazl va bolalar ham safarga tayyor bo‘lishdi. Bolalarning eng oldingi safida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko‘rish va u kishi bilan birga turishga mushtoq bo‘lgan Abdulloh ibn Abbos turardi. Abbos roziyallohu anhu aytilgan vaqt kelgach, bola-chaqalarini olib yo‘lga chiqdi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Makkadan Madinaga hijrat qilganda yosh bola edilar. Makka bilan Madina orasidagi Juhfa degan joyga yetib kelganda, Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uchratadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam katta qo‘shin bilan Makkani fath qilish uchun ketayotgan edilar. Abbos roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qo‘shilib, Makka fathi uchun ortga qaytdi. Ummu Fazl roziyallohu anho bolalari bilan safarini davom ettirib, Madinaga ketdilar. Keyinchalik Ummu Fazl hayotlarining oxirigacha Madinada yashadilar.
Abdulloh ibn Abbos nubuvvat xonadonida

Abdulloh ibn Abbos onasi Ummu Fazl bilan Madinaga hijrat qilganda hali balog‘at yoshiga yetmagan edi. Madinaga hijrat qilganidan juda xursand. Negaki, tez kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘ladi. Najot va saodat vahiyi nozil bo‘ladigan joyda bo‘lishini yosh Abdulloh juda o‘tkir zehni va farosati bilan anglagan edi. Abdulloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ilm buloqlaridan bahramand bo‘lish uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qayerga borsalar, U Zotning orqasidan qolmas, xuddi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni tark qilmaydigan soyalariday u kishi bilan birga yurar edi. Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan masjid yoki sahobalar majlisida birga bo‘lish bilan cheklanib qolmas, doimo u Zotning uylarida hoziru nozir edilar.
Odatda vaqtining ko‘p qismi xolasi, ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Maymuna roziyallohu anhoning uyida o‘tardi. Ko‘pincha Abdulloh shu xonadonda yeb- ichib, o‘sha yerda tunab qolardi. Bir kuni kechqurun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymuna onamizning uylariga kirib keldilar. Qarasalar, Abdulloh uxlab qolgan ekan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bolakay namozni o‘qidimi?», deb so‘radilar. Maymuna onamiz: «Ha, Abdulloh Xuftondan keyin o‘qiladigan namozni o‘qib yotdi», dedilar. Bu haqda Abdullohning o‘zi quyidagicha aytadi: «O‘sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xolamga nima deyayotganlarini eshitayotgan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga kirdilar. Tun yarimlab qolganda, u Zot turib tahorat oldilar. So‘ng namozga kirishdilar. Men ham darhol o‘rnimdan turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qolgan suv bilan tahorat olib, ishtonimni yaxshilab bog‘ladim-da, u Zotning chap tomonlariga turib, iqtido qildim. U kishi ohistalik bilan, qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazdilar.

So‘ng besh yoki yetti ra’kat Vitr namozini o‘qidilar. Namozning faqatgina oxirgi ra’katida salom berdilar». Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yonlarida yurishi shunchaki vaqt o‘tqazish uchun emas, balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bajargan amallari va din hukmlarini o‘rganish uchun edi. Chunki Abdulloh ibn Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi amallarini bizga rivoyat qilib qoldirganlarki, u xabarni faqatgina yosh Abdullohdek yarim kechasi ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni qiladigan amallarini kuzata olish kabi imkoniyatga ega bo‘lgan kishigina rivoyat qila oladi. Mana, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning o‘zlari bir kuni xolalarinikida tunab, yarim kechasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qilgan ishlarini ko‘rib, uni quyidagicha rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yarim tunda o‘rnilaridan turib yengil tahorat oldilar. Men ham turib, xuddi u kishiday tahorat oldim. U Zot Alloh qodir qilgancha namoz o‘qidilar. Men ham u kishiga iqtido qilib namoz o‘qidim.

So‘ng uxladilar. Uyqu ovozini eshitdim. So‘ng u Zotning oldilariga muazzin keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat olmasdan namoz o‘qish uchun masjidga chiqdilar». Ibn Abbos roziyallohu anhu yana bizga nubuvvat xonadonida bo‘lgan muhim voqeani tasvirlab beradi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida edim. U Zot chanqoqliklarini bosmoqchi bo‘lib turdilar, tahorat oldilar, so‘ng tik turib suv ichdilar». Bir kuni Ibn Abbos roziyallohu anhu o‘ziga o‘zi: «Allohga qasamki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qilganlaridek qilaman», deb turib, tahorat oldi va tik turib suv ichdi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortidagi safga turib, u Zotga iqtido qildi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining tomonlaridan barobarlariga o‘tib safni olishini ishora qildilar. Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinroq turishni istamasdan orqa safda turaverdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozni tugatib bo‘lgach: «Namozda mening barobarimda turib safda turishingdan nima seni to‘sib qo‘ydi?»−dedilar. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli, siz men uchun buyuk va aziz insonsiz. Axir men qanday qilib sizning barobaringizda bo‘lib qolishim mumkin?» dedi. Ibn Abbosning bu javobidan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning haqqiga: «Ey Allohim, unga hikmatni ato qil», deb duo qildilar.

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)

Ummu Fazl eri Abbosdan o‘g‘li Abdulloh bilan birga Madinaga hijrat qilish uchun izn so‘radi. Abbos Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z oilalari bilan birgalikda Madinaga hijrat qilishga izn so‘rab xat yozdilar......

Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar......

Sa’d ibn Mu’oz

Qahramonimiz Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuning to‘liq ismi Sa’d ibn Mu’oz ibn Nu’mon ibn Imru’lqays ibn al-Ash’al al-Avsiydir. Bu sersavlat, ulug‘vor, novcha, qizil yuzli inson yoshlik chog‘idayoq o‘z qabilasiga boshliq bo‘lgan edi. Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Islomga kirganida o‘ttiz bir yoshda edi......

Hudayr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi......

Mus’ab ibn Umayr

Bu ulug‘ inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblaridan biri bo‘lib, Quraysh yigitlarining eng ko‘zga ko‘ringan, go‘zal va saralaridan biri edi. Tarixchi va roviylar uni vasf qilganidek:......

Hamza ibn Abdul Muttalib

Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Fikr qo'shish