Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim
Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Salama roziyallohu anhu Madinaga hijrat qilishga ahd qildi. Xotini Ummu Salama bilan o‘g‘li Salamani bitta tuyaga, o‘zi bitta tuyaga minib yo‘lga chiqdi. Makkadan endi chiqqan paytida Ummu Salamaning qavmi Bani Maxzumdan kishilar kelib: «O‘zing ketaver, ammo xotiningni ketgani qo‘ymaymiz», deb xotini bilan bolasini olib ketishdi. Abu Salama roziyallohu anhu noiloj o‘zi Madinaga ketdi. Ustiga-ustak Abu Salamaning qavmi xotinining urug‘i bo‘lmish Bani Maxzum qabilasiga kelib: «Salama bizning farzandimiz», deb Ummu Salamadan bolani tortib olib o‘zlari bilan olib ketishdi. Onaizor ham eridan, ham bolasidan ajralib bo‘zlab qoldi. Bir yil ana shunday holda o‘tdi.

Ummu Salama roziyallohu anho har kuni Makka atrofiga chiqib eri va o‘g‘lidan ajralganiga chiday olmasdan yig‘lab o‘tirar edi.

Bir kuni Makkaning chekkarog‘iga borib yig‘lab o‘tirganida qarindoshlaridan biri ko‘rib qolib unga rahmi keldi. Qavmi huzuriga borib shunday dedi:
- Sizga nima bo‘lgan. Bu bechora ayolni eri va o‘g‘lidan ajratdingiz?!

Qavmi rahmi kelib Ummu Salamaga ketishi mumkinligini aytdi. Xotin Abu Salamaning qavmidan borib o‘g‘lini oldi va Madina tomon yo‘lga chiqdi. Makkadan tashqaridagi Tan’im degan joyga yetib borganida unga Usmon ibn Talha uchrab qoldi. U hali islomga kirmagan edi. Usmon Ummu Salamadan so‘radi:

- Qayerga ketayapsan?

- Madinaga, erimning oldiga.

-Sen bilan biror kishi bormi?

- Yo‘q. Alloh va mana bu bolamdan boshqa hech kim yo‘q!

- Seni shunday tashlab ketmayman. Madinaga yetkazib qo‘yaman!

Usmon Ummu Salamaning tuyasini jilovidan tutib Madina sari yo‘l oldi. Ummu Salama roziyallohu anho dam olmoqchi bo‘lsa tuyani cho‘ktirar, so‘ng tushib olishi uchun o‘zi ulardan uzoqroqqa borib turar edi. Yo‘lga chiqmoqchi bo‘lishsa yana tuyani cho‘ktirar, o‘zi uzoqroqqa borib turar, Ummu Salama tuyaga minib olganidan so‘ng kelib tuyaning jilovidan ushlab yo‘lga tushar edi. Ana shu holatda Usmon ibn Talha ularni Madina atroflarigacha olib keldi. Ularga Madinani ko‘rsatib dedi:

- Ering mana shu qishloqda. Allohning barakasi bilan boringlar uning oldiga!

So‘ngra o‘zi Makkaga qaytdi.

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim. «La ilaha illalloh» degan barcha musulmon bir xil bo‘lmaganidek, mushriklar ham bir xil emas edi. Ummu Salama roziyallohu anhoni hijratdan qaytarganlar mushriklar edi. U kishiga rahmi kelib qavmidan uni o‘z holiga qo‘yishini so‘ragan ham mushrik. U kishini Madinaga yetkazib qo‘ygan ham mushrik. Ular shirkda bir xil bo‘lishsada axloqda farqli edilar.

Mamlakatingizni tortib oladiganlar kofirlar ham bor, sizga aziyat bermaydiganlar kofirlar ham bor. Bularning orasini farqlab olishingiz lozim. Shunga ko‘ra muomala qilishingiz kerak. Hamma insonlarni dushman tutish ahmoqlik, tadbirsizlik va voqelikni o‘qiy olmaslikdir.

Musulmonlar yerini bosib olgan mustamlakachi qonxo‘r davlat boshqa, musulmonlar bilan tinchlik sulhi tuzib omonlikda yashaydigan davlat boshqa. Barchasini tarozuning bir pallasiga qo‘yish noto‘g‘ri!

Abdulqodir Polvonov

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Oxirgi vafot etgan sahobalar ro‘yxati

Savol: Men shu paytgacha eng oxirgi vafot etgan sahoba Anas ibn Molik deb yurardim. Kuni kecha masjidda bir namozxon eng oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl ekan, deb qoldi. Iltimos, shunga aniqlik kiritsangizlar......

Sa’d ibn Mu’oz

Qahramonimiz Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuning to‘liq ismi Sa’d ibn Mu’oz ibn Nu’mon ibn Imru’lqays ibn al-Ash’al al-Avsiydir. Bu sersavlat, ulug‘vor, novcha, qizil yuzli inson yoshlik chog‘idayoq o‘z qabilasiga boshliq bo‘lgan edi. Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Islomga kirganida o‘ttiz bir yoshda edi......

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Fuzaylning tavbasi

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh avvalda qaroqchi, yo‘lto‘sar edi. Bitta, ikkita musofirni ko‘rib qolsa ularni urib, qo‘rqitib molini olar edi......

Nuaym ibn Mas’ud

Nuaym ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo‘lsin) xassos qalbli, zakovatli, tadbirli va dono yigit bo‘lgan. Hech qanday muammo uni tashvishga sololmas, har qanday qiyinchilik qarshisida dovdirab ham qolmas edi. Alloh taolo topqirlik, uddaburrolik va sog‘lom fikr ato qilgan chin sahro o‘g‘loni edi......

Xolid ibn Valid

«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Fikr qo'shish