Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Bu ummatning eng ishonchli kishisi
Bu ummatning eng ishonchli kishisi


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi!

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar.

Abu Ubayda roziyallohu anhu bu tayinlovni barchadan, jumladan, Xolid roziyallohu anhudan ham berkitadilar. Chunki, u kishi Xolid roziyallohu anhuni jang san’atining mohir bilimdoni, qo‘mondonlikka iqtidori bor kishi deb bilardilar. Natijada Xolid ibn Valid roziyallohu anhu qo‘mondonlikni davom ettiradilar.

Bu orada voqeadan xabar topgan mo‘minlar amiri Abu Ubayda roziyallohu anhuga ikkinchi marta maktub yuboradilar. Shundan so‘ng Abu Ubayda roziyallohu anhu Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu bilan maslahat qiladilar.
Bu masala Xolid ibn Valid roziyallohu anhuga yetib borganda, u kishi Abu Ubayda roziyallohu anhuning oldilariga kirib, «Alloh sizni mag‘firat qilsin, ey Abu Ubayda. Sizning qo‘mondon bo‘lishingiz haqidagi mo‘minlar amirining maktubi sizga kelgan ekan, menga bildirmabsiz. Qo‘mondonlik sizning haqqingiz bo‘la turib, ortimda namoz o‘qidingiz» dedilar.

(Jangda yetakchilik qiluvchi odam Namozda ham imomlik qilardi. Avvalo imomlikka amir, u bo‘lmasa voliy haqli edi. Xolid roziyallohu anhuni bezovta qilgan narsa shu edi. Ammo u kishi «Umar roziyallohu anhu meni nega qo‘mondonlikdan bo‘shatdilar?» deb so‘ramadilar, xalifaning fikriga e’tiroz bildirmadilar. Chunki ular uchun qo‘mondon yoki askar bo‘lish muhim emasdi. Muhimi Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi.)

Abu Ubayda roziyallohu anhu shunday dedilar: «Alloh sizni ham mag‘firat qilsin. Allohga qasamki, bu haqida to boshqa odamdan eshitmaguningizcha, o‘zim aytmoqchi emasdim. Hammasi tugagunicha sizni urushdan chalg‘itgim, fikringizni bo‘lgim kelmadi. Sizga shuni bildirmoqchimanki, men dunyo sultonligini istamayman va dunyo uchun ham amal qilmayman. Siz ko‘rib turgan bu borliq, mansab zavolga, tugashga uchraydi. Biz esa birodarlarmiz, Allohning amrini amalga oshiruvchilarmiz. Kishiga dinida (namozida) birodarining yetakchi (imom) bo‘lishining zarari yo‘q...»

Keyin Xolid ibn Valid roziyallohu anhu qo‘shin oldiga kelib, «Sizlarga bu ummatning eng ishonchli kishisi qo‘mondon etib tayinlandi» dedilar.

Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Bu ummatning eng ishonchli kishisi Abu Ubayda ibn Jarroh» deganlar.

Alloh taolo barcha sodiq sahobalardan rozi bo‘lsin!

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Xolid ibn Valid

«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi...

Oxirgi vafot etgan sahobalar ro‘yxati

Savol: Men shu paytgacha eng oxirgi vafot etgan sahoba Anas ibn Molik deb yurardim. Kuni kecha masjidda bir namozxon eng oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl ekan, deb qoldi. Iltimos, shunga aniqlik kiritsangizlar......

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Mus’ab ibn Umayr

Bu ulug‘ inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblaridan biri bo‘lib, Quraysh yigitlarining eng ko‘zga ko‘ringan, go‘zal va saralaridan biri edi. Tarixchi va roviylar uni vasf qilganidek:......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)

Ummatning olimi va Qur’onning tarjimoni. U kishi Abbos ibn Abdulmuttalib ibn Hoshimning o‘g‘li. Otalari Abbos Payg‘ambarimizning amakilari hisoblanadi. Otalari: Abbos Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, lekin musulmonligini yashirib yurgan. Badr jangida musulmonlarga qarshi kofirlar tomonidan majburan chiqqanlarida Payg‘ambarimiz...

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Hamza ibn Abdul Muttalib

Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk...

Fuzaylning tavbasi

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh avvalda qaroqchi, yo‘lto‘sar edi. Bitta, ikkita musofirni ko‘rib qolsa ularni urib, qo‘rqitib molini olar edi......

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Fikr qo'shish