Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)

Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)
Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Xolid ibn Zayd ibn Kulayb Hazrajiy Ansoriy roziyallohu anhu Abu Ayyub Ansoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan madinalik taniqli sahobiylardan. Madinaning Hazraj qabilasidan, Bani Najjor urug‘idan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibning onasi va Hoshimning zavjasi Salmo Xotun ham Bani Najjordan bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarindoshligi bor. Hijratdan oldin iymonga kelib, Makka davrining o‘n ikkinchi yili haj mavsumida hamshaharlari bilan Makkaga kelgan va ikkinchi Aqoba bay’atiga qo‘shilgan. Rasuli akramning Madinaga hijratlarida u zotning qarindosh-urug‘larini yetti oy uylarida olib turgan. Badr, Uhud, Xandaq va boshqa barcha g‘azotlarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘ldi. Butun umrini jangu jadallarda o‘tkazgan, do‘sti hazrati Aliyning barcha muhorabalarida qatnashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 155 ta hadis rivoyat qilgan, shundan o‘n uchtasi Imom Buxoriy va Muslim «Sahih»larida zikr etilgan. Shom xalifasi Muoviyaning ilk Istanbul muhosarasiga ko‘ngilli bo‘lib qo‘shilgan. Bir yildan keyin, hijriy 50 (milodiy 671) yili Istanbul fathiga ketayotib betoblanib qoladi va o‘sha yerda vafot etdi. Qabri Istanbulda, Ayyub Sulton mozorida.

Islom shavkatini dunyoga taratgan bu ulug‘ sahobaning to‘liq ismi Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb roziyallohu anhu bo‘lib, o‘zi Bani Najjor urug‘idan va ansorlarga nisbat berilgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida Alloh taoloning irodasi bilan Payg‘ambarga Abu Ayyubning xonadoniga qo‘nish buyurilgan edi. Bu Abu Ayyubning martabasini osmon qadar yuksaltirib, ovozasini mag‘ribu mashriqqa taratdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar qurshovida qalblari sog‘inch, sevgi va orzu-umidga to‘lib Madinaga kirarkanlar, u zot sollallohu alayhi vasallamni mehmon qilishni xohlab, tuyasining jilovidan tutishga intilganlar ko‘p edi. Tuya esa to‘xtamas, tinmay ilgarilab borardi. Karvon Salim ibn Avf o‘g‘illarining uyi yoniga kelganida ular tuyaning jilovidan tutib: «Ey Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam, biznikida qoling. Biz ko‘pchilikmiz, kuchimiz, qurol-aslahamiz bor», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuyaning jilovini tutganlarga bunday der edilar: «Uni o‘z erkiga qo‘ying! Unga amr qilingan!»


Karvon esa Bani Soida, Bani Horis, Bani Hazrat, Bani Ubay ibn Najjor mahallalaridan o‘tib borardi. Barcha qabila vakillari tuyaning jilovidan tutishar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘z uylarida qo‘noq bo‘lishlarini, bundan xursand bo‘lishlarini aytishar, ba’zan tixirlik ham qilib qo‘yishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa lablarida tabassum bilan ularga: «Tuyani o‘z erkiga qo‘ying, unga amr qilingan!» der edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr-qimmatli bo‘lishi uchun qo‘noq joyni taqdir hukmiga havola qilgan edilar. U joyda esa Allohning so‘zlari va nurini butun dunyoga yoyadigan masjid qurilishi lozim. Yonida ichkarisi dunyo molidan, ehtiyojidan xoli bo‘lgan, soddagina bir uy qad rostlashi kerak edi. U yerda hayotning so‘nik ruhini yorituvchi, butun kuchini «Robbimiz Alloh» deya iymon yo‘liga sarflovchi, yaxshilik qilib, iymonlariga gard yuqtirmaydigan, yomonlikdan saqlanadigan bir ummatga Islom shuurini ulashuvchi bir payg‘ambar yashashi lozim edi.

Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu joyni taqdir izmiga topshirgan edilar. Shu bois tuyaning jilovi bo‘sh qo‘yildi. U zot sollallohu alayhi vasallam tuyani na to‘xtatdilar, na haydadilar. Qalblarida yolg‘iz Allohga iltijo, tillarida esa ushbu duo: «Allohim! Men uchun tanla va tayinla!» Tuya Molik ibn Najjorning uyi oldida cho‘kdi. So‘ngra turib, u yerni aylandi. Keyin yana avvalgi joyiga qayta cho‘kdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xursand bo‘lib, tuyalaridan tushdilar. Yuzi quvonchdan yashnagan bir musulmon kelib, tuyaning ustidan yukini oldi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyiga taklif qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalom xayrli duolar etib, unga rozilik bildirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalari tanlagan uyning baxtiyor sohibi kim edi, bilasizmi? Bu saodatli inson Malik ibn Najjorning nabirasi Xolid ibn Zayd (Abu Ayyub Ansoriy) edi.

Bu Abu Ayyub roziyallohu anhu bilan Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam ilk uchrashuvlari emas edi. Avvalgi Madina bay’ati – «Ikkinchi tahlikali bay’at» nomi bilan mashhur bo‘lgan bay’atni berish uchun Makkaga borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘ng qo‘llariga o‘ng qo‘lini qo‘yib bay’at bergan yetmish sahoba ichida Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu ham bor edi. Endi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, bu shaharni dinning poytaxti qilayotgan edilar. Abu Ayyubning roziyallohu anhu uyi esa ikki olam sarvariga ilk boshpana bo‘layotgan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari uchun uyning birinchi qavatini tanladilar. Ammo Abu Ayyub ikkinchi qavatdagi xonasiga chiqa olmay, hayajonlana boshladi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tepa joyda yashashini tasavvur ham qila olmasdi. Shuning uchun u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikkinchi qavatda yashash taklifini aytdi. U zot bunga rozi bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz alayhissalom masjid va uning yonida o‘zlari uchun bir hujra bitgungacha o‘sha yerda istiqomat qildilar.

Qurayshiylar turli qabilalarni Madinadagi hijrat uyiga qarshi gij-gijlashi barobarida Abu Ayyub roziyallohu anhuning jihodi ham boshlangan edi. Mol-dunyosi va jonini Allohga hamda Uning Rasuliga fido qilishga jazm aylagan qahramon Badrda, Uhudda, Xandaq va boshqa barcha janglarda qatnashdi. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyingi qattiq janglarda ham ishtirok etdi.

Abu Ayyub roziyallohu anhuning butun hayoti kurashlar ichida o‘tdi; u qilichini bir chetga qo‘yib yashay olmagandi. Ammo buyuk iymon sohibining hayoti sokin edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadisini o‘ziga shior qilib olgan edi: «Namozingizni so‘nggi namozim degan fikr bilan o‘qing! Uzr so‘raladigan so‘zlar aytmang! Insonlar qo‘lidagi narsalarga umid bog‘lamang». Shu bois u bema’ni so‘z so‘ylamadi. Nafsini ortiqcha siylamadi. Hayotini go‘zal bir tarzda o‘tkazdi. Uning nomi Islom tarixida sharaflarga burkangan holda qiyomatgacha boqiy qoldi.

Valixon Azimboyev

«Hilol» jurnalining 11(32) sonidan

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim

Abu Salama roziyallohu anhu Madinaga hijrat qilishga ahd qildi. Xotini Ummu Salama bilan o‘g‘li Salamani bitta tuyaga, o‘zi bitta tuyaga minib yo‘lga chiqdi. Makkadan endi chiqqan paytida Ummu Salamaning qavmi Bani Maxzumdan kishilar kelib: «O‘zing ketaver, ammo xotiningni ketgani qo‘ymaymiz», deb xotini bilan bolasini olib ketishdi. Abu Salama...

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

Oxirgi vafot etgan sahobalar ro‘yxati

Savol: Men shu paytgacha eng oxirgi vafot etgan sahoba Anas ibn Molik deb yurardim. Kuni kecha masjidda bir namozxon eng oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl ekan, deb qoldi. Iltimos, shunga aniqlik kiritsangizlar......

Hudayr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi......

Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)

Xolid ibn Zayd ibn Kulayb Hazrajiy Ansoriy roziyallohu anhu Abu Ayyub Ansoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan madinalik taniqli sahobiylardan. Madinaning Hazraj qabilasidan, Bani Najjor urug‘idan......

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Fikr qo'shish