Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba
Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ushbu gaplaridan doim ajablanaman:

«Men yolg‘onchi-xiyonatkor emasman. Yolg‘onchi xiyonatkorlar meni alday olishmaydi».

Sayyidimiz Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning shaxsiyatlari meni doimo hayratlantiradi.

U zot roziyallohu anhu qattiqqo‘llik lozim bo‘lgan o‘rinda qattiqqo‘l edilar. Hattoki insonlar «bu inson hech yumshamasa kerak», deb o‘ylashar edi.

Yumshoqlik taqozo qilinadigan o‘rinda shunchalik yumshoq bo‘lar edilarki, hatto kishilar «bu inson qattiqqo‘l emas», deb o‘ylashar edi.
Umar roziyallohu anhu ishlarning tafsilotigacha e’tiborli edilar. Kishilar «bu insonning nazaridan hech narsa chetda qolmaydi», deb o‘ylashar edi.

O‘rtadagi muhabbatni saqlash uchun ba’zi narsalarda o‘zlarini bilmaslikka solsalar kishilar «bu kishi eshitmaydi ham, ko‘rmaydi ham», deyishar edi.

Hamma narsani o‘z joyiga qo‘yish hikmat hisoblanadi. Bu dohiylikdir. Kerak o‘rnida ehtiyotkorlik, kerak o‘rnida shafqat, kerak joyida qattiqqo‘llik...

Bu narsalardan birini boshqasining o‘rnida qo‘ymoq halokat va zulmdir.

Xullas, tutgan o‘rning taqozosiga ko‘ra bo‘lmog‘ing, aqlni o‘z o‘rniga qo‘ymog‘ing, qalbni o‘z o‘rniga qo‘ymog‘ing, qamchini o‘z o‘rniga qo‘ymog‘ing hikmatdir.

Hech qachon «ha»ning o‘rniga «yo‘q» va aksincha «yo‘q»ning o‘rniga ham «ha» demagin. Nuqtaning o‘rniga vergul qo‘yma!

Agar eshikni sal ochib qo‘yish hikmat bo‘lsa, uni oxirigacha yopma. Sodda emas, pishiq bo‘lgin. Ehtiyotkor kishilar ehtiromga sazovordirlar. Soddalarni ezib tashlashadi.

Man qilishga qodir bo‘laturib saxiy bo‘lgin. Insonlar ko‘p o‘rinlarda birovdan foydalanishga usta bo‘lishadi.

Mana shularning bari hikmat deyiladi do‘stim! Agar senga hikmat berilgan bo‘lsa ko‘p yaxshiliklar berilibdi!

Salomlar bo‘lsin qalbingga!!!

Abdulqodir Polvonov tayyorladi

Mus’ab ibn Umayr

Bu ulug‘ inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblaridan biri bo‘lib, Quraysh yigitlarining eng ko‘zga ko‘ringan, go‘zal va saralaridan biri edi. Tarixchi va roviylar uni vasf qilganidek:......

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim

Abu Salama roziyallohu anhu Madinaga hijrat qilishga ahd qildi. Xotini Ummu Salama bilan o‘g‘li Salamani bitta tuyaga, o‘zi bitta tuyaga minib yo‘lga chiqdi. Makkadan endi chiqqan paytida Ummu Salamaning qavmi Bani Maxzumdan kishilar kelib: «O‘zing ketaver, ammo xotiningni ketgani qo‘ymaymiz», deb xotini bilan bolasini olib ketishdi. Abu Salama...

Xolid ibn Valid

«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi...

Afzal sahobalarning tartibi

Savol: Barcha sahobalarni yaxshi ko‘ramiz. Ularning ba’zilari ba’zilaridan afzal ekanlarini ham bilamiz. Iltimos, ularning afzallarini tartib ila aytib bersangiz......

Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?

Sayyidimiz Umar roziyallohu anhuga suiqasd qilinganda u kishiga sut olib kelishdi. Sutni ichgan edilar, xanjar urilgan joylaridan sut oqib chiqa boshladi. Shunda tabib u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, vasiyatingizni qiling chunki siz yashamaysiz», dedi. U zot o‘g‘illari Abdullohni chaqirdilar. Abdulloh kelgach unga men uchun dunyoda faqat bir...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)

Ummu Fazl eri Abbosdan o‘g‘li Abdulloh bilan birga Madinaga hijrat qilish uchun izn so‘radi. Abbos Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z oilalari bilan birgalikda Madinaga hijrat qilishga izn so‘rab xat yozdilar......

Nuaym ibn Mas’ud

Nuaym ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo‘lsin) xassos qalbli, zakovatli, tadbirli va dono yigit bo‘lgan. Hech qanday muammo uni tashvishga sololmas, har qanday qiyinchilik qarshisida dovdirab ham qolmas edi. Alloh taolo topqirlik, uddaburrolik va sog‘lom fikr ato qilgan chin sahro o‘g‘loni edi......

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)

Xolid ibn Zayd ibn Kulayb Hazrajiy Ansoriy roziyallohu anhu Abu Ayyub Ansoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan madinalik taniqli sahobiylardan. Madinaning Hazraj qabilasidan, Bani Najjor urug‘idan......

Fikr qo'shish