Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?

Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?
Umarul Foruq Allohdan qo‘rqdilar, biz-chi?


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Sayyidimiz Umar roziyallohu anhuga suiqasd qilinganda u kishiga sut olib kelishdi. Sutni ichgan edilar, xanjar urilgan joylaridan sut oqib chiqa boshladi. Shunda tabib u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, vasiyatingizni qiling chunki siz yashamaysiz», dedi. U zot o‘g‘illari Abdullohni chaqirdilar. Abdulloh kelgach unga men uchun dunyoda faqat bir ish qoldi dedilar. O‘g‘illari nima ekan ish otajon deya so‘radi. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga dafn etilish. O‘g‘lim mo‘minlar onasi Oishaning yoniga bor. Mo‘minlar amiri dema, balki Umar sizdan izn so‘ramoqda, siz uyning sohibasisiz. Agar izn bersangiz ikki sohibining oyoqlari ostiga dafn etilishini istaydi», dedilar.

Onamiz bu iltimosga shunday javob berdilar: «Ha, bu qabrni o‘zim uchun tayyorlab qo‘ygan edim, bugun esa Umar uchun uni tark etaman».

Abdulloh xursand bo‘lib otalarining yoniga qaytdi va: «Otajon, onamiz izn berdilar», dedi.

Abu Nu’aym Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Umar roziyallohu anhuning boshlari u kishi vafot etganidagi bemorligida mening sonimda edi. U kishi menga:

«Boshimni yerga qo‘y», dedi.

Men:

«Sonimda bo‘lsa ham, yerda bo‘lsa ham siz uchun baribir emasmi?» dedim. U kishi:

«Uni yerga qo‘y», dedi.

Men yerga qo‘ydim.

U kishi:

«Agar Robbim meni rahmatiga olmasa, menga voy bo‘lsin! Mening onamga voy bo‘lsin!» dedi».

Hazrati Umar roziyallohu anhu vafotlaridan oldin o‘g‘illariga shunday vasiyat qildilar: «Agar meni jasadimni ko‘tarib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida menga janoza namozini o‘qisang, Huzayfaga nazar sol! U ba’zan men bilan suhbatlashayotganda rioyamni qilar edi. Agar Huzayfa ham menga janoza namozini o‘qisa, namozdan so‘ng meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylari tomonga ko‘tarib boringlar, so‘ng eshik oldida to‘xta! Onajon, o‘g‘lingiz Umarni olib keldik degin. Mo‘minlar amiri demagin! Onamiz mendan hayo qilib izn bergan bo‘lishlari mumkin. Agar meni olib borganinglarda izn bermasalar, meni musulmonlar qabristoniga dafn qilinglar».

Shunday qilib Hazrati Umar roziyallohu anhu vafot etdilar. Abdulloh otalari tobutini ko‘tarib masjidga olib bordi. Masjid jamoatiga nazar solib, Huzayfa roziyallohu anhuning bor yoki yo‘qliklarini tekshirdi. Shu payt Huzayfa roziyallohu anhu masjidga kirib keldilar va janoza namozini o‘qidilar. Bu holdan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xursand bo‘ldi va otalari tobutini ko‘tarib, Oisha roziyallohu anhoni uylariga olib bordilar: «Ey onajon, o‘g‘lingiz Umar eshik yonida turibdi, unga izn berasizmi»?, deb so‘radilar. Onamiz roziyallohu anho: «Uni olib kiringlar» dedilar. Shu tarzda sayyidimiz Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning yonlariga dafn etildilar.

Alloh taolo Yer yuzini adolatga to‘ldirgan Umar ibn Xattobdan rozi bo‘lsin! Hazrati Umar Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamdan jannat bashoratini olgan bo‘lsalarda Allohdan qattiq qo‘rqar edilar.

Biz-chi?

Birortamiz Alloh bizdan rozimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz. Shunday bo‘lsada o‘yin-kulgu bilan ovvoramiz, xavf yo‘q, qo‘rquv yo‘q, o‘limdan keyin ahvolim nima bo‘ladi degan fikr yo‘q.

Ey Alloh, barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilgin, xotimamizni chiroyli qilgin va o‘lim chog‘ida tilimizga kalimai shahodatni oson aylagin!

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

Mus’ab ibn Umayr

Bu ulug‘ inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblaridan biri bo‘lib, Quraysh yigitlarining eng ko‘zga ko‘ringan, go‘zal va saralaridan biri edi. Tarixchi va roviylar uni vasf qilganidek:......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)

Ummatning olimi va Qur’onning tarjimoni. U kishi Abbos ibn Abdulmuttalib ibn Hoshimning o‘g‘li. Otalari Abbos Payg‘ambarimizning amakilari hisoblanadi. Otalari: Abbos Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, lekin musulmonligini yashirib yurgan. Badr jangida musulmonlarga qarshi kofirlar tomonidan majburan chiqqanlarida Payg‘ambarimiz...

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Hudayr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi......

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Hamza ibn Abdul Muttalib

Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk...

Fikr qo'shish