Fuzaylning tavbasi

Fuzaylning tavbasi
Fuzaylning tavbasi


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh avvalda qaroqchi, yo‘lto‘sar edi. Bitta, ikkita musofirni ko‘rib qolsa ularni urib, qo‘rqitib molini olar edi.

Uning tavbasining sababi quyidagichadir:

U bir joriyani sevib qoladi. U bilan uchrashish uchun uning uyiga boradi. Devordan oshib o‘tayotganda quyidagi oyatni eshitib qoladi. Ichkaridan kimdir tilovat qilayotgan edi:

«Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo‘lgan haqqa qalblari yumshash, ayni choqda, oldin kitob berilgan, so‘ng muddat o‘tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko‘plari fosiq bo‘lganlarga o‘xshamaslik vaqti kelmadimi?!».

Bu oyat Fuzaylning qalbini zabt etadi. U: «Ey Robbim! Keldi!», deya o‘sha lahzada qaytadi. U bir xarobaga boradi. U yerda kishilar safarga chiqmoqchi bo‘lib turishgan ekan. Ular o‘zaro gaplashib turishgan edi. Ularning ba’zisi «hozir yo‘lga chiqamiz», desa, boshqasi «ertalab chiqamiz», hozir chiqsak Fuzayl molimizni tortib oladi», der edi. Shunda Fuzayl o‘ziga dedi:
«Holingga voy ey Fuzayl! Kechalari gunoh qilasan, musulmonlarni qo‘rqitasan!».

So‘ngra Fuzayl ularni tinchlantirish uchun oldilariga bordi, tomog‘iga yig‘isi tiqilgan holda: «Batahqiq, Alloh yo‘lni Fuzayldan tozaladi. Mana, u sizning qarshingizda tavba qilgan holida turibdi! Umid qilamanki, bugundan boshlab meni faqat Allohga qochgan holimda, U Zotning Baytul Haromi oldida ko‘rasizlar!», dedi.

Fuzayl Makkaga bordi. Butun vaqtini ibodatga, ilmga bag‘ishladi. Natijada islom tarixidagi tobeinlarning eng buyuklaridan biriga aylandi.

Fuzayl ibn Iyoz haqida imom Zahabiy shunday deydi:

«Fuzayl imom, yetakchi, ishonchli kishi va shayxul islomdir».

Ibn Hajar rohimahulloh aytadi:

«Fuzayl ishonchli kishi, obid va imomdir».

Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh aytadi:

«Mening nazdimda yer yuzida Fuzayl ibn Iyozdan afzal kishi qolmadi».

Imom Nasoiy rohimahulloh aytadi:

«Fuzayl ishonchli va solih kishidir».

Bularning baridan shunday xulosa yasash mumkin.

Hech kimning hidoyat topishidan umid uzmang. Shirkdan keyingi eng katta gunoh odam o‘ldirishdir. Hatto yuzta odam o‘ldirgan shaxs, yashab turgan joyidan chiqib boshqa joyga ketayotganida unga ajali yetib o‘lgani va oqibatda uni rahmat farishtalari olib ketishgani haqida barchangiz bilasiz.

Muso alayhissalom bilan bahs qilgani kelgan sehrgarlar musulmon bo‘lishdi. Ular ertalab kofir edilar, kechqurun musulmon holda Fir’avn tomonidan dorga tortilib shahid bo‘lishdi. Dor ularning dinidan qaytara olmadi.

Umar roziyallohu anhu mushriklik davrlarida musulmonlarga juda qattiqqo‘l va shafqatsiz edilar. U kishi haqida odamlar: «Umarning eshagi musulmon bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zi musulmon bo‘lmaydi», deyishar edi. So‘ngra u zot musulmon bo‘ldilar. U kishining musulmon bo‘lishi fath, hijrati g‘alaba va xalifaligi esa rahmat bo‘ldi!

Masalaning ikkinchi tomonidan ham ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Muso alayhissalom bilan Misrdan mo‘’min holda chiqqan, Muso alayhissalom ularga Allohning izni bilan dengizdan asolari bilan yo‘l ochgan Bani Isroil qavmi (yahudiylar) dengizdan o‘tib olgach buzoqqa ibodat qilib qo‘yishdi.

Bu qalbimiz Allohning qo‘lida. Uni qanday istasa shunday qiladi. Allohdan sabot so‘raylik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham doimo: «Ey qalblarni o‘zgartiruvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil!»- deb duo qilar edilar.

Abdulqodir Polvonov

Biz hammani birdan yoqasidan tutmasligimiz lozim

Abu Salama roziyallohu anhu Madinaga hijrat qilishga ahd qildi. Xotini Ummu Salama bilan o‘g‘li Salamani bitta tuyaga, o‘zi bitta tuyaga minib yo‘lga chiqdi. Makkadan endi chiqqan paytida Ummu Salamaning qavmi Bani Maxzumdan kishilar kelib: «O‘zing ketaver, ammo xotiningni ketgani qo‘ymaymiz», deb xotini bilan bolasini olib ketishdi. Abu Salama...

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?

Savol: Habashiston podshohi Najoshiy va Uvays Qaraniy hazratlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida iymon keltirishgan. Ammo korib suhbatlashishmagan. Ikkovlari sahoba yoki tobein deyiladimi, yoki boshqa nom bilan ataladilarmi?......

Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar......

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan......

Nuaym ibn Mas’ud

Nuaym ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo‘lsin) xassos qalbli, zakovatli, tadbirli va dono yigit bo‘lgan. Hech qanday muammo uni tashvishga sololmas, har qanday qiyinchilik qarshisida dovdirab ham qolmas edi. Alloh taolo topqirlik, uddaburrolik va sog‘lom fikr ato qilgan chin sahro o‘g‘loni edi......

Payg‘ambar sharaflagan xonadon egasi (Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu)

Xolid ibn Zayd ibn Kulayb Hazrajiy Ansoriy roziyallohu anhu Abu Ayyub Ansoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan madinalik taniqli sahobiylardan. Madinaning Hazraj qabilasidan, Bani Najjor urug‘idan......

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Xolid ibn Valid

«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi...

Fikr qo'shish