Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar
Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar.

1. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.

Tabuk g‘azoti kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarni sadaqa, ehson qilishga targ‘ib etdilar. Umar roziyallohu anhu «Abu Bakrdan bugun o‘zishim mumkin» dedilar-da, mollarining yarmini olib keldilar. Keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu mollarining hammasini olib keldilar. Shunda Umar roziyallohu anhu o‘zlariga o‘zlari «Abu Bakrdan o‘za olmas ekanman» deganlar.

2. Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu.
Najronliklar Payg‘ambarimiz alayhissalomdan o‘zlariga Qur’onni, Islomni o‘rgatadigan kishini yuborishlarini so‘raganlarida Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Sizlar bilan o‘ta ishonchli, omonatdor, amiyn bo‘lgan kishini yuboraman” dedilar.

Voqeani Umar roziyallohu anhu davom ettiradilar: “Hech qachon amirlikni yaxshi ko‘rmadim. Ammo o‘sha kuni o‘sha ishonchli odam men bo‘lishimni orzu qildim. Peshin namoziga ertaroq keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan peshinni o‘qiganlaridan so‘ng o‘ng taraf-chap tarafga qaradilar. Meni ko‘rmay qolmasinlar deb bo‘ynimni cho‘zib turdim. Ko‘zlari bilan izlay-izlay, oxiri Abu Ubaydaga qaradilar va “Tur o‘rningdan. Ular bilan birga borib, ixtilof qilayotgan masalalarida haq ila hukm chiqarib ber!” dedilar. Abu Ubayda ular bilan birga ketdi”.

Hazrati Umar roziyallohu anhu yana shunday deganlar “Agar men vafot etayotganimda Abu Ubayda hayot bo‘lsa, uni xalifa qilib qoldiraman. Oxiratda Robbim mendan uni xalifa qilib qoldirganim haqida so‘rasa, men “Allohning amiynini va Rasulining amiynini xalifa qilib qoldirdim” deyman” deganlar.

3. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu.

Ibn Sa’d rahimahulloh Zayd ibn Vahbdan rivoyat qiladi:

«Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu yurib kela boshladi. Umar o‘tirgan edi, uning kelayotganini ko‘rib:

«Fiqhga to‘la idishcha kelmoqda», dedi».

Ibn Sa’d rahimahulloh Asad ibn Vadoadan rivoyat qiladi:

«Umar Ibn Mas’udni zikr qildi va:

«Ilmga to‘lgan idishcha, men uni Qodisiya ahlidan ustun ko‘raman», dedi».

Alloh taolo barcha sodiq sahobalardan rozi bo‘lsin va bizga ulardan ibrat olishimizni, ibodatni ado etishda himmatni baland qilishimizni nasib etsin!

Islom.uz sayti ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Mus’ab ibn Umayr

Bu ulug‘ inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblaridan biri bo‘lib, Quraysh yigitlarining eng ko‘zga ko‘ringan, go‘zal va saralaridan biri edi. Tarixchi va roviylar uni vasf qilganidek:......

Hudayr

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha askarni bir topshiriq bilan jo‘natdilar. Ular ichida Hudayr ismli sahoba ham bor edi. O‘shanda ocharchilik bo‘lib, odamlarda ovqat kamayib ketgan edi......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)

Ummu Fazl eri Abbosdan o‘g‘li Abdulloh bilan birga Madinaga hijrat qilish uchun izn so‘radi. Abbos Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z oilalari bilan birgalikda Madinaga hijrat qilishga izn so‘rab xat yozdilar......

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (1)

Ummatning olimi va Qur’onning tarjimoni. U kishi Abbos ibn Abdulmuttalib ibn Hoshimning o‘g‘li. Otalari Abbos Payg‘ambarimizning amakilari hisoblanadi. Otalari: Abbos Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, lekin musulmonligini yashirib yurgan. Badr jangida musulmonlarga qarshi kofirlar tomonidan majburan chiqqanlarida Payg‘ambarimiz...

Hazrati Umar roziyallohu anhu havas qilgan sahobalar

Hazrati Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynotalari, sahobalari, asharai mubashsharaning biri, peshqadam sahobalarning biri bo‘lsalar ham ba’zi sahobalarga havas qilganlar va ularning o‘rnilarida bo‘lib qolishni istaganlar......

Oxirgi vafot etgan sahobalar ro‘yxati

Savol: Men shu paytgacha eng oxirgi vafot etgan sahoba Anas ibn Molik deb yurardim. Kuni kecha masjidda bir namozxon eng oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl ekan, deb qoldi. Iltimos, shunga aniqlik kiritsangizlar......

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Sahobalarning martabalari va fazilatlari

Musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Darhaqiqat, sahobalar Payg‘ambarlarning eng afzali va so‘nggisini ko‘rganlari, yengil va og‘ir kunlarda ham u Zotning yonlarida turishgani hamda...

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Nabiy alayhissalom qo‘llari bilan ko‘tarib olgan sahoba

Bu sahobani ko‘pchiligimiz tanimaymiz. Moddiy jihatdan faqir, ammo iymonga boy, moli, mansabi, uyi yo‘q, to‘shagi tuproq, bolishi bilagi, taom topsa yer, topmasa ro‘za tutardi. Biroz ko‘rimsiz, ammo go‘zal xulqli bu sahobaning ismi Julaybib roziyallohu anhu edi......

Fikr qo'shish