Ayollar jamoasi

Ayollar jamoasi
Ayollar jamoasi


Abdulloh ibn Umar r.a. dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
- “Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar. Albatta, men sizning ahli do‘zaxning ko‘pi ekaningizni ko‘rdim” - dedilar. Ulardan bir gapga usta ayol:
- “Ey, Allohning Rasuli, bizga ne bo‘ldiki, ahli do‘zaxning ko‘pi ekanmiz?” - dedi. U zot salollohu alayhi vasallam:- “La'natni ko‘paytirasiz, erga kufr keltirasiz. Sizga o‘xshagan aqli va dini noqislarni aql egasi ustidan g‘olib bo‘lishini ko‘rmadim” - dedilar. Boyagi ayol:
- “Ey, Allohning Rasuli, aql va dinning nuqsoni nimadir?” - dedi. U zot sallollohu alayhi vasallam:
- “Aqlning nuqsoniga kelsak, ikki ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga to‘g‘ri keladi. Bu aqlning nuqsonidir. Ayol bir necha kunlarni namoz o‘qimay o‘tkazadi va Ramazonda ro‘za tutmaydi. Bu dinning nuqsonidir” - dedilar.
(Imom Buxoriy, Muslim rivoyati)

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Asalga qo'ngan pashsha

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar...

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Xayo iymondandir

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xayo iymondandir, iymon (sohibi) jannatdadir. Hayosizlik jafodir, jafo (egasi) do‘zaxdadir», dedilar». (Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan)...

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Hech qachon bu olti ishni qilma:

- Kimdir sen bilan qolishi uchun yolvorma... -Sen bilan suxbatlashishlari uchun majburlama.. -Insonlarni e’tiborlarini tortish uchun aslo uzgarma.. -Haq ekaninga ishontirma.. - Uz qadringni oyoq osti qildirma.. -Sendan foydalanishlariga aslo yul quyma..!...

📙Qarzdan qutilish duosi.

26. Aytgin: «Allohim! Barcha podshohlikning egasi! Xohlagan kishingga podshohlik berursan va xohlagan kishingdan podshohlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga o‘ta qodirsan.27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga...

Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos

Hayot tashvishlaridan zerikkan, siqilgan bir kishi imom Ahmad ibn Hanbal huzurlariga kirib: - "Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos", dedi......

Eng afzal zikrlar

Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan......

Fikr qo'shish