Bolangni kechir ota-ona haqida she'r

Bolangni kechir
Bolangni kechir


Ona vujudinggni tosh deb o‘ylabman.
Hali dardni yengar, yosh deb o‘ylabman.
Har yutgan luqmangni osh deb o‘ylabman,
Hasratlar yuttirgan bolangni KEChIR!

Soching oqlaridan to‘kilar dardlar.
Yuzing ajinidan o‘qilar dardlar.

Ko‘zimga g‘am bo‘lib tikilar dardlar,
Hasratlar yuttirgan bolangni KEChIR!

ONA, yuragimni tilkalar vijdon,
Sog‘liging so‘radim bilmadim qachon.
Bugun dushmanimdir so‘nggi pushaymon,
Hasratlar yuttirgan bolangni KEChIR!

ONA, lablaringni qavjiratgan men,
Yo‘limga qaratib jovdiratgan men,
Yuraging dard bilan qaltiratgan men,
Hasratlar yuttirgan bolangni KEChIR!

Bag'rimda ummon qalbimda rahmon

Bag'rimda ummon qalbimda rahmon, Yiglasa qushilib yig'laydi osmon. Bahtimga doim bo'lsin sog'-omon, Dunyoda yagona mexribon Onam....

Musofir o'g'lingiz sog'indi ona

Begona yurtlarda farishta yuzni Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora Har kungidan ko'proq, har kuni sizni Musofir o'g'lingiz sog'indi ona......

To'ylarimga bosh bo'linga onam kelib

Bola edim kechagina shu xovlida To'ldirardim onam bag'rin chopib kelib  Nega yo'qsiz bugun ona shu xovlida To'ylarimga bosh bo'linga onam kelib......

Ona va farzand suxbati

–O'g'lim, agar mening ko'zlarim nurini yo'qotsa, nima qilasan? –Sizni yurtimizdagi eng yahshi shifohonoga olib boraman, onajon. –Agar meni u erda davolay olishmasa-chi, bolam? –U xolda sizni dunyodagi eng yahshi shifohonaga olib boraman, onajon. –Ular xam meni davolay olishmasa-chi, o'g'lim? –U xolda sizga umr bo'yi g'amho'rlik qilaman, onajon......

Boylik armon bo'lsa ham

Boylik armon bo'lsa ham Jannat armon bo'lmasin Dunyo ko'z yosh toksa ham Ona ko'z yosh to'kmasin....

Gul bilan bezanib turmasin honam

Gul bilan bezanib turmasin honam. Mayli yomg'ir bo'lsin, mayli qor b'lsin. Otamning bahtiga sog' bo'lsin Onam, Onamning bahtiga Otam sog' bo'lsin!...

Bir yor uchun baht so'rama

Bir yor uchun baht so'rama, vaqti kelsa tashlab ketadi. Nega ketdi ?deb ham siqlma, unaqalar ming bor keladi. Toki Ota-ona tirik ekan ular seni sevadi. Ular uchun umur so'ra chunki ular bir bor keladi....

Onamdir dunyoda eng xolis ko'zgu...

Onamdir dunyoda eng xolis ko'zgu Qolgani yolg'ondir shirin aldamlar Shu paytgacha yashap anglaganim shu Onamdan boshqasi oddiy odamlar...

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa! Yaxshiga yomonlar tinmay tosh otsa! Kiprikda yoshlar ham artilmay qotsa! Sabrimning kosasin to'ldirma hayot! OTAM VA ONAMDAN AYIRMA HAYOT....

Onajonim sizni sog'indim

Mehrli ko'zlaringiz, Xushzabon so'zlaringiz, Mehribonsiz o'zingiz, Onajonim sizni sog'indim......

Fikr qo'shish