Kurbonlikning ta'rifi:

Kurbonlikning ta'rifi:
Kurbonlikning ta'rifi:


Kurbonlik Alloh Taologa yakinlik xosil kilish uchun Kurbon xayiti kunlarida so‘yiladigan jonlikdir.
2. Uning xukmi: Kurbonlik kilish xanafiy ulamolar nazdida zakot nisobidagi molga ega bo‘lgan xar bir musulmon kishining zimmasidagi vojib amaldir. (Zakotda molning nisobga yetishidan tashkari, uning tijorat moli bo‘lishi va bir yil davomida kamaymasdan turishi shart kilinadi, kurbonlikda esa bu shartlar yo‘k). Ba'zi olimlar insonning moli nisobga yetish-etmasligidan kat'iy nazar, agar u kurbonlik kilishga kodir bo‘lsa va shu ish sababli kiynalib kolmasa, unga bu amal ta'kidlangan sunnatdir, deydilar. Ayrimlar kurbonlik kilishni xatto farz xam deganlar. Bu xukmlar Alloh Taoloning kuyidagi so‘ziga asoslanadi: "Rabbingiz uchun namoz o‘king va jonlik so‘ying". ("Al-Kavsar" surasi, 2-oyat)
Paygambar alayxissalom aytadilar: "Kim namozdan ilgari jonlik so‘ygan bo‘lsa, yana kayta so‘ysin". (Muttafakun alayxi). Abu Ayyub al-Ansoriy rivoyat kiladilar: "Kishi Paygambar alayxissalom zamonlarida o‘zi va oila a'zolari nomidan bir ko‘y kurbonlik kilar edi". (Termiziy rivoyatlari)
3. Fazilati: Kurbonlik kilishning ulug amal ekaniga Paygambar alayxissalomning kuyidagi xadislari guvoxlik beradi: "Kurbonlik kunlari Odam bolasi kiladigan amallar ichida kon okizishdan (jonlik so‘yishdan) ko‘ra Allohga maxbubrok amal yo‘kdir...". (Ibn Mojja va Termiziy rivoyatlari, xasan xadis). Yana Paygambar alayxissalomdan: "Kurbonlik o‘zi nima?", - deb so‘rashganda, Rasuvlullox sollallohu alayxi va sallam: "U otalaringiz Ibroxim alayxissalomning sunnatidir", - deb javob berdilar. "Undan bizga kanday ajr bor?", - deyishganida esa, u zot: "Xar bir tuki uchun bittadan yaxshilik berilur", - dedilar... (Ibn Mojja va Termiziy rivoyatlari). Xadislarda bu dunyoda kurbonlik uchun so‘yilgan jonlikning Kiyomat kuni Sirot ko‘prigidan o‘tar paytda xozir bo‘lib, egasini o‘zining ustiga mindirishi va Sirotdan olib o‘tishi aytilgan.
4. Xikmati: Kurbonlik kilishdagi xikmatlar xakida gapirganimizda, ulardan kuyidagilarni eslashimiz lozim:
a) Islom shiorlarini uluglash; Din shiorlarini xurmat kilish va uluglash iymon alomati bo‘lib, bu ish tufayli Islom mustaxkamlanadi, musulmonlarning iymonlari ziyodalashadi.
b) Bu amal orkali Allohga yakinlik xosil kilish; Zero, Alloh Taolo: "Rabbingiz uchun namoz o‘king va jonlik so‘ying", - deb buyurgan.
v) Tavxid axlining imomi Ibroxim alayxissalom sunnatlarini tiriltirish; Alloh Taolo u zotga o‘z o‘gillari Ismoilni kurbonlik kilishni vaxy kildi. So‘ng Ismoilning o‘rnilariga bir ko‘chkorni evaz kilib berdi. U zot o‘gillari o‘rniga usha ko‘chkorni kurbonlik kildilar. Alloh dedi: "Uni biz ulkan kurbonlik evaziga almashtirib oldik". ("As-Saffot" surasi, 108-oyat)
g) Xayit kuni axlu oilaga mo‘l-ko‘lchilik yaratib berish xamda fakir va miskinlarga nisbatan mexr-shafkat tuygularini ommalashtirish;
d) Chorva xayvonlarini bizga bo‘ysundirib ko‘ygani uchun Allohga shukrona bajo kilish; Alloh Taolo deydi: "...Bas undan yenglar xamda fakir va xojatmandni rizklantiringlar. Uni sizlarga mana shunday bo‘ysundirib ko‘ydik, shoyadki shukr kilsangizlar. Allohga xargiz uning go‘shti xam, koni xam yetmas. Lekin Unga sizlar tarafingizdan bo‘lgan takvo yetur..." ("Al-Xaj" surasi, 36-37-oyatlar)5. Axkomlari:
a) Kurbonlik kilinadigan xayvonlarning yoshi. Alloh yo‘lida kurbonlik kilish ko‘y, echki, mol va tuya kabi xayvonlardan birontasini so‘yish orkali amalga oshiriladi. Kurbonlik kilish uchun tanlangan ko‘yning bir yoshga to‘lgan bo‘lishi shart. Buni arab tilida "jaza'" deydilar. Ko‘y sovlik yoki ko‘chkor bo‘lishi mumkin. Ko‘chkor bo‘lishi afzal sanaladi. Ma'lumki, ko‘y 6 oyda bir yoshga to‘ladi. Shuning uchun uni olti oyda bir yosh deb e'tibor kilinadi. Ko‘ydan boshka echki, sigir va tuyalarga kelsak, ularning kurbonlikka yarokli bo‘lishi uchun "saniy" bo‘lishi shart kilingan. "Saniy" mazkur xayvonlarning yoshini belgilaydigan me'yor bo‘lib, u echkining to‘lik bir yoshga kirib, ikkiga karab ketganidir. Sigirlarda ikki yoshga tulib uchga o‘tgani, tuyada to‘lik turt yoshga kirib beshinchi yilga o‘tgani "saniy" bo‘ladi. Paygambar alayxissalom bunday deganlar: "So‘ysangiz fakat "musinna" ni so‘yinglar. Agar bu sizlarga ogirlik kilsa, unda ko‘ydan "jaza'" suyinglar". (Muslim rivoyatlari). Xadisni sharx kilgan olimlar "musinna" deganda chorva xayvonlarning "saniy" si tushuniladi, deydilar. Saniyning nima ekanini xozir aytib o‘tdik. Ko‘y, echkini fakat bir kishi kurbonlik kiladi. Tuya va molni yetti kishi sherik bo‘lib kurbonlik kilishi mumkin.
b) Kurbonlik xayvonining soglom bo‘lishi. Kurbonlikka atalgan jonlik jismonan xar kanday nuksondan xoli, o‘zi sog bo‘lishi kerak. Xayvonning ko‘zi gilay yoki oyogi cho‘lok yo esa shoxi tagidan singan, kulogi tagidan butunlay kesilgan bo‘lsa, u kurbonlikka yarokli xisoblanmaydi. Shuningdek, biror kasallik bilan kasallangan, juda xam ozib ketgan jonivorlarni kurbonlik kilish xam nojoiz. Paygambar alayxissalom aytadilar: "Jonlikning to‘rt turi kurbonlikka yarokli emas: gilayi, kasali ma'lumi, cho‘logi, origi". (Termiziy rivoyatlari).
v) Kurbonlik kilishda eng afzal sanaladigan xayvon. Kurbonlik kilinayotgan chorva xayvonlarining ichida eng afzali - ikki ko‘zi atrofiga va oyoklariga kora rang aralashgan shoxli, semiz, ok ko‘chkordir. Chunki mana shunday sifatli ko‘yni Paygambar alayxissalom yaxshi ko‘rganlar va kurbonlik kilganlar. Oisha onamiz aytadilar: "Paygambar alayxissalom shoxli, semiz ko‘chkorni kurbonlik kildilar". (Termiziy rivoyatlari).
6. Kurbonlik vakti: Kurbonlik vakti xayit kuni ertalab iyd namozidan so‘ng boshlanadi. Namozdan oldin kurbonlik kilish xisobga o‘tmaydi. Chunki Rasulullox sollallohu alayxi va sallam: "Kim namozdan ilgari jonlik so‘ysa, fakat o‘zi uchun so‘ygan bo‘ladi. Kim namozdan keyin so‘ysa, kurbonlikni to‘lik kilib, musulmonlar sunnatiga muvofik ish kilgan bo‘ladi", - deganlar. (Buxoriy rivoyatlari). Xayitdan keyingi ikkinchi, uchinchi kunlarga kelsak, ularda xam kurbonlik kilish mumkin. Lekin afzali xayit namozi o‘kilgan birinchi kundir. Imom Abu Xanifa nazdlarida birinchi, ikkinchi va uchinchi kunlarda kurbonlik kilinishi joiz. Xayitning to‘rtinchi kuni so‘yilgan xayvon kurbonlik xisobiga kirmaydi. Imom Shofe'iy esa to‘rtinchi kunni xam kurbonlik kunidan deb xisoblaydilar.
7. Jonlik so‘yishda mustaxab bo‘lgan ishlar: Xayvonni so‘yayotganda uni kiblaga karatib yotkizish mustaxabdir. Jonlikka pichok tortayotgan maxal: "Bismillax, vallohu akbar", - deyiladi yoki: "Bismillax, vallohu akbar, allohumma xaza minka va laka", - deb aytiladi. Buning ma'nosi: "Allohning nomi bilan boshlayman. Alloh buyukdir. Ey Allohim, bu kurbonlik Sen tarafingdan va Senga atalgandir". Xayvon so‘yishdagi zikrlar Kur'onning ushbu oyati bilan sobit bo‘lgan: "Allohning nomi zikr kilinmagan narsadan yemanglar". ("Al-An'om" surasi, 121-oyat).
8. Jonlik so‘yishni boshkaga topshirishning joizligi: Musulmon kurbonligini bevosita o‘zi bo‘gizlamogi mustaxabdir. Uni o‘z nomidan boshkaga so‘ydirsa xam joiz bo‘ladi. Bu borada ulamolar o‘rtasida ixtilof yo‘k.
9. Kurbonlik go‘shtining taksimoti: Kurbonlik go‘shtini uch kismga bo‘lish mustaxab sanaladi. Bir kismini o‘zi axlu oilasi bilan iste'mol kiladi. Yana bir kismini fakir, beva-bechoralarga sadaka kiladi. Uchinchi kismini yoru birodarlari, ko‘ni-ko‘shnilariga xadya kiladi. Bunga dalil Paygambar alayxissalomning kuyidagi xadislaridir: "Undan yenglar, saklab ko‘yinglar va sadaka kilinglar". (Muttafakun alayxi). Yana kurbonlik go‘shtini butunlay sadaka kilib yuborish xam, undan biron bo‘lakni xadya kilmay, fakat o‘zi ishlatishi xam joizdir.
10. Kurbonlikni so‘ygan kassobning xakki boshka narsadan berilishi kerak: Kassobga xizmat xakki sifatida kurbonlik go‘shtidan berilmaydi. Bunga dalil shuki, Ali raziyallohu anxu aytadilar: "Rasulullox sollallaxu alayxi va sallam meni kurbonlik ustida turib, go‘shti, terisi va junlarini sadaka kilib yuborishimni va kassobga kurbonlikdan biron narsa bermasligimni buyurdilar". So‘ng dedilar: "Biz kassobga o‘zimizdan biron narsa berar edik". (Muttafakun alayxi).
11. Butun bir oiladan birgina ko‘y kifoya kiladimi? Oila boshligi o‘zi va oilasining nomidan bitta ko‘y so‘ysa kifoya kiladi. Abu Ayyub raziyallohu anxu aytadilar: "Paygambar alayxissalom zamonlarida kishi o‘zi va oila a'zolari nomidan bitta ko‘y kurbonlik kilardi". (Termiziy rivoyatlari, saxix)
12. Kurbonlik kilishni niyat kilgan odam nimadan chetlashadi? Paygambar alayxissalom deydilar: "Agar sizlardan kim Zulxijja xilolini ko‘rsa va kurbonlik kilmokchi bo‘lsa, to kurbonlik kilmagunicha sochini va tirnogini olishdan tiyilsin". (Muslim). Ulamolar mazkur ishlarni kurbonlik kiluvchi odam uchun kuchli makrux sanaydilar.
13. Paygambar alayxissalomning butun ummat nomidan kurbonlik kilganlari: Musulmonlardan kim kurbonlik kilishdan ojiz bo‘lsa, unga xam albatta kurbonlik kiluvchilar savobidan tegadi, inshoalloh. Chunki Paygambar alayxissalom ikki ko‘chkorni kurbonlik kilgan paytlarida uning birini: "Ey Allohim, bu mendan va ummatim ichida kurbonlik kilolmaganlardan", - deb so‘yganlar. (Axmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari).

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lsalar, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra...

Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)

Allohning zikri ulug‘ fazilat bo‘lishiga qaramay, Alloh taolo uni shunday oson qildiki, uni qilish uchun biror narsa shart emas. Agar tahorat bilan qiblaga yuzlanib, fikrni bir joyga qo‘yib, zikr qilishga qodir bo‘lsa, juda yaxshi. Lekin uning iloji bo‘lmasa, aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib bo‘lsa ham, har holatda bu ibodatni qilish...

Tahoratli holda uxlagan kishi

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar

“Havzim (ning kattaligi) bir oylik yo‘ldir. Uning suvi sutdan oqroq, mushkdan xushbo‘yroq va idishlari samoning yulduzlari (kabi ko‘pdir). Undan ichgan kimsa hech ham chanqamas”......

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

«ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik

* «ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik: 1. Islom dinini yuborgan Zot Alloh taoloning ismi As-Salom; 2. Islom dinining nomi ham, mohiyati ham – tinchlikdir; 3. Haqiqiy va abadiy tinchlik olami bo‘lmish jannatning nomi ham Dorus-Salom;......

Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati)......

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Imom G‘azzoliy nasihatlari

📌 Yo‘l va ko‘chalarda to‘planishib turmang; 📌 Suhbatlashish uchun do‘konlarni tanlamang; 📌 Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang;......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Fikr qo'shish