Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri
Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri


Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida.

Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz.

Aby Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (bomdod namozi oldidan) Bilolga:
«Ey Bilol! Menga o‘zingning Islomda qilgan eng umidli ishingni aytib ber, chunki men jannatda shundoq oldimda poyabzaling tovushini eshitdim», - dedilar. U: «Mening nazdimda eng umidli amalim – kecha yo kunduzning qaysi paytida tahorat olsam ham, albatta o‘sha tahoratim bilan nasib bo‘lgancha namoz o‘qiyman», - dedi»(Muttafaqun alayh)

Izoh: Bu hadis mazmunidan ma'lum bo‘ladiki, mo‘min kishi tahorat qilib va undan so‘ng 2 rak'at yoki qodir bo‘lganicha nafl namoz o‘qishi eng yaxshi amallardan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ibratli amalning mukofoti haqida, garchi Bilol roziyallohu anhuning o‘zi bilmasa ham, lekin shu amali orqasidan uning jannatdan umidvorligi haqidagi xushxabarga ishora qilganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu bashoratlari nafaqat Bilol roziyallohu anhuga, balki barcha mo‘min-musulmonlarga tegishlidir.
Ulamolarning sharhlariga ko‘ra, bu rivoyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tushlarida ayon bo‘lganini hisobga olib, tahorat namozi 5 vaqt namozlar kabi farz qilinmagan bo‘lib, uni doim o‘qib yurilmasa ham gunoh sanalmaydi. Biroq, u yuqorida ta'kidlaganimizdek, nafl ibodatlar sirasiga kirib, uni ado etib yuruvchilar oxiratda katta ajr-mukofotlarga erishadilar, inshaAlloh.

Eslatma: Tahorat namozini o‘qishni dildan o‘tkazib niyat qilinadi.
Ushbu namoz ham xuddi 2 rak'at sunnat namoziga o‘xshab o‘qiladi

Vallohu a'lam.

Doniyor Fayz

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak. Ya'ni, qurbonlikni o‘z qo‘li bilan qilish......

Bandalik haqqi (burchi)

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___ Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___ — Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas......

Makka davri uch bosqichga bo‘linadi

1) fatratul vahiy va maxfiy da’vat bosqichi — qariyb 3 yil davom etgan (hijratdan avvalgi 13-yil, nubuvvatning 1-yili ramazon oyidan boshlanib, hijratdan avvalgi 10-yil, nubuvvatning 4-yilida tugaydi / mil. 610 yil avgust — 613 yil)......

Qiyomatdan oldin yahudlar mag'lub bo'lishi va g'arqad daraxti haqidagi hadisi sharif

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ...

Birodarlarimni sog‘indim

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar. Buni ko‘rgan sahobalar: “Yo Rasululloh! Sizni nima yig‘latdi?”, deb so‘rashdi. U zot esa: “Birodarlarimni sog‘indim!”, deb javob berdilar. Sahobalar: “Bizlar birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh?”, deyishdi. Shunda u zot alayhissalom: “Yo‘q. Sizlar ashoblarimsiz. Birodarlarim...

Sajdai tilovat

Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha: Kim sajdai tilovat oyatini o‘qisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:.....

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Fikr qo'shish