Bahodir Nizomov - Yasmina

Ko'zlarini katta ochib
Uyg'onadi jo'jacham
Uni ko'rib tark etadi
Yuragimni mingta g'am
Bag'rimga bosib
Yuzlarini o'parman har dam
Mani erkatoyim
Paxtavoyim jonim Yasminam
Oq balig'im desam kular
Johillar ham ko'rsa qular
Hamma gaplarim tushunar
Mittivoyim Yasminam (2x)
Yasminam ko'zi munchog'im mani
Yasminam to'ldirar quchog'im mani
Yasminam Alloh bergan ne'matim
Jannat gulim Yasminam (2x)
Yuragimni dorisi u yuzlarimga o'zi kulgu
Sendadur to'la orzu oppoq qizim Yasminam
Qizg'onaman o'zimdanam erkalar so'zimdanam
Qarasam ko'zimdanam jonim qizim Yasminam
Oq balig'im desam kular
Johillar ham ko'rsa qular
Hamma gaplarim tushunar
Mittivoyim Yasminam (2x)
Yasminam ko'zi munchog'im mani
Yasminam to'ldirar quchog'im mani
Yasminam Alloh bergan ne'matim
Jannat gulim Yasminam (2x)