Yetti toj

Yetti toj
Yetti toj


1. ZIKRNING TOJI:
«Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'alaa kulli shayin qodiyr»
(Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir).

️ 2. TASBEHNING TOJI:
«Subhaanallohi va bihamdih, 'adada xolqih, va rizo nafsih, va zinata 'arshih, va midada kalimaatih»
(Yaratganlarining adadicha, O‘zi rozi bo‘lgunicha, Arshining vaznicha, kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklab yod etaman).

️ 3. DUONING TOJI:
«Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasanatan va fil aaxiroti hasanatan va qinaa 'azaaban-naar»
(Robbimiz, bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato qil va bizni do‘zax azobidan saqla!)


️ 4. ISTIG‘FORNING TOJI:
«Allohumma, anta Robbiy, laa ilaaha illaa anta, xolaqtaniy va ana 'abduk, va ana 'alaa 'ahdika va va'dika mastato'tu, a'uuzu bika min sharri maa sona't, abuu'u laka bi ni'matika 'alayya, va abuu'u bizambiy, fag‘firliy, fainnahu laa yag‘firuz-zunuba illaa ant»
(Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni Sen yaratding, men Sening qulingman. Men Senga bergan va'damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan ishlarimning yomonidan O‘zingdan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne'matlaringga iqrorman, gunohlarimga ham iqrorman. Gunohlarimni kechir, chunki Sendan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi)

️ 5. ZARARDAN HIMOYaLANISh DUOLARINING TOJI:
«Bismillaahillaziy laa yazurru ma'asmihi shayun fil arzi va laa fis-samaa, va huvas-samiy'ul-'aliym»
(Allohning ismi bilan boshlayman, U Zotning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi, biluvchi Zotdir).

️ 6. MUAMMODAN QUTILISh DUOLARINING TOJI:
«Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn» (O‘zingdan boshqa iloh yo‘q, ey pok Parvardigor! Men o‘z jonimga zulm qilib qo‘ydim, Anbiyo surasi, 87-oyat).

️ 7. XOTIRJAMLIK DUOLARINING TOJI:
«Laa havla va laa quvvata illaa billaahil 'aliyyil 'aziym»
(Oliy va Ulug‘ Allohdan o‘zgada kuch ham, quvvat ham yo‘q).

Besh narsa besh narsa bilan kattalashadi

🌱🌹Besh narsa besh narsa bilan kattalashadi: 1) Gulxan – o‘tin bilan; 2) Shubha – gumon bilan; 3) Qo‘pollik – yomon muomala bilan;......

🌱🌹Rasululloh aytadilar:

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Duo (Albatta o‘qing)

Duo (Albatta o‘qing) Abus-Solt aytadi, Men Ali ibn Musoni Mavqifda (Arafotda) shunday duo qilayotganini eshitdim: - “Ey Alloh, mening o‘zim bilgan gunohlarimni yashirganing kabi O‘zing bilgan gunohlarimni ham kechirgin....

Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani

عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ لِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لا تَحْقِرَنَّ مِنْ الْمَعْرُوفِ شَيْئًا وَلَوْ أَنْ تَلْقَى أَخَاكَ بِوَجْهٍ طَلْقٍ» (رواه مسلم). Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yaxshilikdan biron narsani haqir-arzimas sanama,...

Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i, xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning yaxshilaringiz, xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari...

Imondan ayirma

Allohim Tilimizni Zikrdan, Boshimizni Sajdadan, Qalbimizni Senga bo'lgan Muxabbatimizdan, Imondan ayirma.🤲...

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor......

Ulug' zotlar tahorat haqida

1. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar qalblarimiz pok bo‘lsa, Robbimizning kalomidan to‘ymaydi», degan......

Olti diniy kalima

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Fikr qo'shish