SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...

SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...
SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi...


SA'D IBN ABU VAQQOS (r.a.) ning to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy(taxminan 590-674) bo‘lib, sahoba va makkalik ilk musulmon, Muhammad (s.a.v.)ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan. Quraysh qabilasidan, Muhammad (s.a.v.)ning onalari Omina kabi Bani Zahra urug‘idan bo‘lgan. Madinaga ko‘chib borgan muhojirlardan, Muhammad (s.a.v.)ning barcha g‘azovatlarida qatnashib, u kishining hurmatlariga sazovor bo‘lgan. Sa'd ibn Abu Vaqqos (r.a.) bag‘oyat jasur, mard inson, mohir mergan hisoblangan. Uhud jangida Muhammad (s.a.v.)ning yonlarida turib jang qilgan Sa'd mingdan ortiq o‘q otgan. Eronga yuborilgan qo‘shinga lashkarboshi etib tayinlangan.
Sa'd ibn Abu Vaqqos (r.a.)ga shuhrat keltirgan Qodisiya jangida (636 yil) Rustam boshchiligidaga 40 ming kishilik fors qo‘shinlari yengilgan. So‘ng Madoin (Ktesifon) shahrini hujum bilan olgan va Sosoniy shohlarining behisob xazinalarini qo‘lga kiritgan. Ma'lum muddat Eron va Iroq noibi bo‘lgan. Sa'd ibn Abu Vaqqos (r.a.)Umar (r.a.) zamonida (638 yil) Kufa shahrini qurgan. Usmon (r a.)ning fojiali o‘limidan so‘ng biror ishga qo‘shilmagan, xalifalikka da'vogarlik qilmagan. Jamal va Siffin janglarida ishtirok etmagan, Muoviya huzuriga chaqirtirilganda bormagan. Madina tashqarisidaga uyida 84 yoshida vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Badr jangida kiygan va 55 yildan beri asrab kelgan jundan to‘qilgan bir jubbasi bilan kafanlangan: "Meni shunga kafanlanglar.Chunki, Badr g‘azoti kuni dushmanga ro‘baro‘ bo‘lganimda, ustimda shu kiyim bor edi. Kafanim bo‘lsin deb shu kungacha saqlab qo‘ygandim" deganlar. Sa'd ibn Abu Vaqqos (r.a.) ning mashhurkamoni Madinai munavvaradagi "Hijoz temir yo‘li" nomli muzeyda saqlanmoqda.

Salmoni forsiy necha yil yashagan?

Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?......

Afzal sahobalarning tartibi

Savol: Barcha sahobalarni yaxshi ko‘ramiz. Ularning ba’zilari ba’zilaridan afzal ekanlarini ham bilamiz. Iltimos, ularning afzallarini tartib ila aytib bersangiz......

Xolid ibn Valid

«Uxlamaydi va hech kimni uxlagani qo‘ymaydi». Albatta, uning ishi ajibdir. Bu Uxud kunida musulmonlarni yenggan va qolgan janglarda islom dushmanlarini yenggan kishidir! Keling, uning qissasini boshlanishidan keltiraylik. Va lekin qaysi boshlanishidan? Albatta, uning o‘zi o‘z hayoti boshlanishini tan olmaydi, magaram Payg‘ambar sollallohu alayhi...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu (2)

Ummu Fazl eri Abbosdan o‘g‘li Abdulloh bilan birga Madinaga hijrat qilish uchun izn so‘radi. Abbos Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z oilalari bilan birgalikda Madinaga hijrat qilishga izn so‘rab xat yozdilar......

Sa’d ibn Mu’oz

Qahramonimiz Sa’d ibn Mu’oz roziyallohu anhuning to‘liq ismi Sa’d ibn Mu’oz ibn Nu’mon ibn Imru’lqays ibn al-Ash’al al-Avsiydir. Bu sersavlat, ulug‘vor, novcha, qizil yuzli inson yoshlik chog‘idayoq o‘z qabilasiga boshliq bo‘lgan edi. Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhu Islomga kirganida o‘ttiz bir yoshda edi......

Bu ummatning eng ishonchli kishisi

Sahobalar uchun eng muhim maqsad Allohning diniga xizmat qilish, Uning rizosiga erishish edi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rnilariga Abu Ubayda roziyallohu anhuni qo‘mondon etib tayinlaydilar......

Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Fuzaylning tavbasi

Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh avvalda qaroqchi, yo‘lto‘sar edi. Bitta, ikkita musofirni ko‘rib qolsa ularni urib, qo‘rqitib molini olar edi......

Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh ibn Hilol (Alloh undan rozi bo‘lsin), mashhur sahobalardan. Makkalik ilk musulmonlar qatori Islomga kirgan. U Quraysh qabilasining Bani Fixr urug‘idan bo‘lib, sulolasi yettinchi otada (Fixrda) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sulolalari bilan birlashadi......

Ali ibn Abu Tolib

Hazrati Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi Makkaning Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan. Milodiy 600 yili Makkada tug‘ilganlar......

Fikr qo'shish