Sajda yechimdir!

Sajda yechimdir!
Sajda yechimdir!


Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan.

- Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan.

- Jisminga biror kasallik yetganida va tabiblar uning dorisiyu davosidan ojiz qolgan chog‘larida undan o‘zga Shifo berguchi yo‘q Bo‘lgan Zotga iltijo qilasan.

- Musulmonlarni yaxshilikka chorlaganingda va ular seni noumid qilib yuz o‘girib ketganlarida Undan o‘zga nusrat berguvchi yo‘q bo‘lgan Zotga o‘zingni otasan.
- Qanchadan qancha Allohning himoya qanotlari ostiga berkinib baxtiyor bo‘lganlarni ko‘rmaysizmi?

- Sendan ko‘ra Robbisiga yaqinroq bo‘lgan kimsalar qanday bu maqomga erishdilar ekan –a?

- Buning sirini senga ochaymi?

- Ular bu maqomga sajda ila yetishdilar.

- Alloh taolo “Alaq” surasida “Sajda qil va Robbinga yaqin bo‘l!” deb buyurdi.

- Unga yaqin bo‘lishing uchun safar qilishga hojat yo‘q.

- Unga yaqin bo‘lishing uchun ovozing chiroyli bo‘lishi shart qilinmagan.

- Faqat sajda qil, Uning xuzurida bo‘lasan, so‘ngra nima xohlasang so‘rayver.

- Har bir sajdada sening qalbing gulzor bog‘ga aylanib boradi.

- Har bir sajdada ko‘zlaringdan yoshlar to‘k.

- Har bir sajdangda musulmonlar haqqiga duolar yo‘lla🤲

- Hamma muaammolarning yechimi sajda ila hal bo‘ladi.

(Doktor Hasson Poshshoning “Tongi o‘ylarim” kitobidan Kamoliddin Ravshan tarjimasi)

Do‘zax ahlining belgilari

«Bas, ana o‘shanda kim (hayoti-dunyoda kufru isyon bilan) tug‘yonga tushgan, Va hayoti-dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahannamgina (uning uchun) joy bo‘lur!» (Van-naziot: 37-39)......

Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)

Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu) Hayotimiz bo‘lib ketdi alg‘ov -dalg‘ov Bozorlarda halollik yo‘q, faqat aldov Imom haqni gapirolmay turar soqov Sizdek amir qani endi, ey Umar!......

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Dunyo g'am chekishga arzimas

"Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech kachon tugamaydigan g‘am solib ko‘yadi. Shunday mashg‘ulogta band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha...

Qalb Allohning nazargohidir

«Ey Odam farzandi! O‘lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga...

Ko‘p istig‘for aytsangiz

Hasan Basriy aytdilar: Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman. - Nima uchun? deyishdi. - Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi? dedi. - Alloh, deyishdi. - Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab yana azoblashi mumkin?! dedi......

Mo‘min kishining ota-onasi haqqiga qilgan duosi

{...رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا } “Robbirham humaa kamaa robbayaaniy sog‘iyro”. “Ey Robbim! Ular meni kichikligimdan tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin”. (Isro surasi, 24 – oyatidan)....

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Qirq savolga qirk javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Hayrat

"Ey Odam farzandi! Kishi o‘limga iymon keltirib, yana kanday xursand bo‘layotganidan ajablandim. Hisob-kitob bo‘lishiga iymon keltirib, mol-dunyo tuplaëtganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga xotirjam bo‘layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil...

Fikr qo'shish