Tahorat duolari

Tahorat duolari
Tahorat duolari


Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”.

(Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)

Tahoratni boshlab, ikki qo‘lni yuvayotganda: “Alhamdu lillahil-laziy ja'alal maa tohuron val islama nuron”.

(Suvni ham, islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo‘lsin.)

Og‘izni chayayotganda: “Allohumma a'inniy 'ala tilavatil Qur'an va zikrika va shukrika va husni 'ibadatik”.

(Allohim, Qur'on o‘qish, Seni zikr etish, Senga shukr qilish, chiroyli ibodat qilish uchun yordam ber.)

Burunga suv tortayotganda: “Allohumma arihniy roihatal jannati va la turihni roihatan nar”.

(Allohim, meni jannat hididan bahramand et, do‘zax isidan nari tut.)
Yuz yuvayotganda: “Allohumma bayyid vajhiy yavma tabyaddu vujuhun va tasvaddu vujuh”.

(Allohim, yuzlar oq va qora bo‘ladigan kuni yuzimni yorug‘ qil.)

O‘ng qo‘lni yuvayotganda: “Allohumma a'tiniy kitabiy biyamiyniy va hassibni hisaban yasiyro”.

(Allohim, qiyomat kuni amal daftarimni o‘ng tarafimdan ber va hisobimni oson qil.)

Chap qo‘lni yuvayotganda: “Allohumma la tu'tini kitabi bi shimali va la min varoi zohriy”.

(Allohim, amal daftarimni chap tarafimdan ham, orqadan ham bermagin.)

Boshga mash tortayotganda: “Allohumma azillaniy taxta zilli arshika yavma la zilla illa zillu arshik”.

(Arsh soyasidan boshqa soya topilmaydigan kuni meni uning soyasi bilan soyalantir.)

Quloqqa mash tortayotganda: “Allohummaj'alniy minallaziyna yastami'unal qovla fayattabi'una ahsanah”.

(Allohim, meni yaxshi gaplarni eshitib, unga ergashuvchi qil.)

Bo‘yinga mash tortayotganda: “Allohumma a'tiq raqobatiy minan nar”.

(Allohim, vujudimni jahannam otashidan muhofaza qil.)

O‘ng oyoqni yuvayotganda: “Allohumma sabbit qodamayya 'alas siroti yavma tadillu fihil aqdam”.

(Qiyomat – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni (Sirot ko‘prigi)dan toydirmagin.)

Chap oyoqni yuvayotganda: “Allohummaj'al zanbiy mag‘furon va sa'yi mashkuron va tijarotiy lan taburo”.

(Allohim, gunohlarimni mag‘firat et, amallarimni go‘zal va tijoratimni zararsiz qil.)

Tahoratdan so‘ng: “Ashhadu an la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh. Allohummaj'alniy minat tavvabina vaj'alniy minal mutatohhiriyn”.

(Shahodat beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad (s.a.v.) Uning bandasi va rasulidir. Allohim, meni tavba qiluvchi va poklanuvchilardan qil.)
Tahorat vaqtida duolarni o‘zbekchasini aytib qilsa ham bo‘ladi.

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

Qirq savolga qirk javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

🌱🌹Rasululloh aytadilar:

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi......

🤲Duo, Qur'onni qalblarimizga ziyo

Allohim! Qur'onni qalblarimizga ziyo, ko‘zlarimizga jilo, mahzunliklarimizni ketkazuvchi, do‘zaxdan xalos etuvchi, gunohlarni arituvchi et!...

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Fikr qo'shish