Vitr namozi

Vitr namozi
Vitr namozi


Savol: Vitr namozi qanday o‘qiladi va u necha rakat?
Javob: Vitr 3 rakat bo‘lib, Huftondan keyin o‘qiladi, undan oldin joiz emas. Kim vitr o‘qimoqchi bo‘lsa namozni boshlash uchun takbir aytadi, so‘ng “Sano” “Taavvuz” “Basmala” “Fotiha” va zam suralarni o‘qiydi. So‘ngra ruku va ikki bor sajda qiladi. Keyin ikkinchi rakatga turadi va boshqa namozlar kabi davom ettiradi. So‘ng o‘tirib tashahhud o‘qiydi va uchinchi rakatga turadi. Unda “Fotiha” va zam sura o‘qiydi va qiroatdan forig‘ bo‘lgach quloqlariga qo‘llarini ko‘tarib takbir aytadi, so‘ng “Qunut” duosini o‘qiydi. “Qunut”ni o‘qib bo‘lgach takbir aytib ruku qiladi va uchinchi rakatni boshqa namozlar kabi tamomlab qo‘yadi.
S: Vitrning har bir rakatida Fotiha va zam sura o‘qiydimi?
J: Ha, har rakatda u ikkisini o‘qiydi.

S: Vitrda sunnatda kelgan qiroat bormi?
J: Ha, birinchi rakatda Fotihadan keyin “A'laa” surasini, ikkinchi rakatda “Kafirun” surasini, uchinchi rakatda esa “Ixlos” surasini o‘qish sunnat hisoblanadi. Ba'zi rivoyatlarda oxirgi rakatda “Ixlos” surasi bilan “Muavvizatayn”ni (Falaq va Nos suralari) qiroat qilish ham vorid bo‘lgan.

S: Qunutni jahriy o‘qiydimi maxfiymi?
J: Imom bo‘lsin, iqtido qiluvchi bo‘lsin yoki yakka o‘quvchi bo‘lsin farqi yo‘q - maxfiy o‘qiydi.

S: Vitr jamoat bilan o‘qiladimi?
J: Ha, vitrni Ramazonning har kechasida taroveh namozidan keyin jamoat bilan o‘qish sunnat.

S: Agar vitrda imomlik qilsa qiroatni jahriy qiladimi?
J: Ha, imom vitrning uchchala rakatida qiroatni jahriy qiladi.

S: Vitrdan boshqa namozda ham “Qunut” o‘qiladimi?
J: Vitrdan boshqa namozda qunut o‘qilmaydi. Faqat, musulmonlarga kulfat yetganda o‘qish joiz, bunda (yani vitrdan boshqa namozda) rukudan keyin tik turganda qunut o‘qiladi, imom musulmonlar foydasiga va kofirlarga qarshi duo qiladi.

Shunday kun keladi

«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga...

Qiyomatdan oldin yahudlar mag'lub bo'lishi va g'arqad daraxti haqidagi hadisi sharif

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor 🔸Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;...

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Ramazon taqvimi 2023 va Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish), Iftorlik (og‘iz ochish) duosi

Oʻzbekiston shaharlari uchun Ramazon oyi taqvimi 2023...

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

Haq yo‘lda zohir bo‘lib turadigan va Qiyomatgacha davom etadigan toifa haqidagi hadislar

Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

🌱🌹Rasululloh aytadilar:

1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)......

Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar.

🌱🌹Rosululloh ﷺ o‘qib yurgan duolar. Qarzdor bo‘lib qolganda o‘qiladigan duo. اللهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنَ الهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ، وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ Allohumma inni a‘uzu bika minal-hammi val-xazan, val-ajzi val-kasal, val-buxli val-jubni, va zolaid-dayni va g‘olabatir-rijal...

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Fikr qo'shish