Mehr uzbekcha she'r


Orzularim armonlarga aylanmasin,
Hayollarim dardni baxt deb saylamasin,
O'tmishlarim meni qiynab o'rtamasin,
Bevafolik, bemehrlik qiynar meni.
Orzularim osmon edi yetolmadim,
Dard alamdan boshim olib ketolmadim,
Netay ahir dard tog'idan o'tolmadim,
Bevafolik, bemehrlik qiynar meni.
Orzu qildim hayotimni armonlarsiz,
Ne qilayin qalbga kirdi hech so'roqsiz,
Yetar endi hayotimda u sadosiz,
Bevafolik, bemehrlik qiynar meni.
O'tmoqdadur mana yana yoshlik yillar,
Quvnoq edi o'sha davr beboshliklar,
Mana meni unutmoqda hayri xohlar,
Bevafolik, bemehrlik qiynar meni.