G'alati it

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Katta bir adirda bir qancha itlar birga yashashar ekan. Bu itlarning ranglari turlicha ekan. Biri qora,bir oq, biri jigarrang ekan. Bir kuni bu yerga olachi por it kelibdi. Itlar uni uzoqdan ko'rib hayron bo'lib qolishibdi.
Qora it: Voy, bu qanaqa it? Nega uning terisi olachi por? deb vovillabdi.
Boshqasi: Men bunaqa itni ko'rmagandim. Menimcha u kasal bo'lsa kerak, debdi.
Boshqalari ham: Ha, terisi dog' bilan to'la,-deb boshlarini silkishibdi.
Olachipor it aytilganlaridan bexabar ularning oldiga kelibdi. Ular bilan tanishib, do'st bo'lishni xohlabdi. Lekin itlar birdan vovillab yuborishibdi.
Olachipor it qo'rqib: Nega bunday qilyapsizlar? - debdi. Tez bu yerdan ket! Bizdan nari yur! Bizga kasaling yuqadi, - deb akillabdi qora it.
Olachipor it hayron bo'lib: Kasallik? Qanaqa kasallik? Teringdagi dog'larni qara! Bu dog'larni bizga ham yuqtirmoqchimisan? Tez bu yerdan ket! - deb baqiribdi jigarrang it. Keyin hammalari baravar vovillay boshlashibdi. Bechora olachipor it noiloj ulardan uzoqlashibdi. U yolg'iz qolibdi.

Har kuni uzoqdan itlarni kuzatar, ular bilan o'ynashni juda istar ekan. U bir necha marta o'zining kasal emasligini, terisi tabiiy shunaqa ekanini tushuntirib berish uchun ularga yaqinlashmoqchi bo'libdi. Lekin ular g'azablanib, undan uzoqlashishibdi. Kunlar o'tibdi. Bir kuni adirga qo'ylar suruvi kelibdi. Suruvning boshida cho'pon iti ham bor edi. Suruv shu yerda o'tlar, cho'pon iti ularga ko'z quloq bo'lib turar edi. Cho'pon iti birdan g'amgin o'tirgan olachipor itni ko'rib qolibdi. U xafa bo'lib o'tirgan itga qarabdi. "Nega yolg'iz va g'amgin bo'lib o'tiribdi ekan?" deb o'ylabdi. Chunki boshqa tarafda bir talay itlar zavq bilan o'ynashardi.

Cho'pon iti olachi por itning oldiga kelib: Nima bo'ldi? Nega xafasan? deb so'rabdi.
Olachipor it hayron bo'lib unga qarabdi: Sen nega kelding? Mendan qo'rqmayapsanmi? Nega qo'rqaman? - debdi cho'pon iti. Shunda olachipor it unga bo'lib o'tgan voqyealarni gapirib beribdi.
Cho'pon iti: Men ancha oldin bir qishloqda senga o'xshaydigan it ko'rgandim. Qo'rqadigan joyi yo'q edi. Hamma itlarning terisi bir xil bo'lmaydi. Yaxshisi, sen bu yerda suruvni qo'riqlab tur. Men borib ular bilan gaplashaman, deb itlarning oldiga ketibdi. Olachipor it suruvni poylab turganida cho'pon iti borib ularga hamma itlarning terisi bir-biridan farqli ekanini tushuntiribdi.
Kim bilsin, dunyoda biz bilmagan yana qanday itlar bor ekan...
Shunda oq it: Unda biz ham faqat olachipor itlar orasiga tushib qolsak, bizni ular kasal deb o'ylashar ekan-da. Ha, bu juda yomon bo'lardi, debdi qora it. So'ngra u oq itga yuzlanib: Hatto, faqat qora itlar yashaydigan joyda sening ham it ekanliginga biz ham ishonmasdik, — deb qo'shimcha qilibdi. Qora it: Ha, noto'g'ri ish qilibmiz, debdi. Oraga jimjitltik cho'kibdi. Ular xatolarini anglashibdi va juda uyalishibdi. So'ng yugurib olachiporning oldiga borishibdi va undan uzr so'rashibdi. U itlarning uzrini qabul qilibdi. Olachipor it endi juda baxtiyor ekan. Shu kundan boshlab ular birga yayrab o'ynashibdi.