Bolam qayerda

Bolam qayerda
Bolam qayerda


Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir ko'l atrofida tinch yashaydigan o'rdak oilasi bor ekan. O'rdak har kuni o'n nafar bolasi bilan ko'lda suzar ekan. Ko'lning chetida chinor daraxti bor ekan. Uning shoxlari uzun bo'lib, bir qismi ko'lning ichiga qarab o'sgan ekan. O'rdak har kuni bolalari bilan birga shu chinorga qarab suzar ekan. U tumshug'ini suvga tiqib olar va chinor daraxtining barglarini ishtaha bilan yer ekan. Bolalari ham xuddi shunday
qilishar ekan. Ona o'rdak bolalari ko'lda suzayotganlarida tomosha qilishni yaxshi ko'rar ekan. Qanday chiroyli bolalarim bor! Ular chiroyli suzishadi, der ekan. Ona o'rdak har kuni o'rdakchalar bilan suzishga chiqqanida uchragan har kimga: kapalaklarga, qushlarga, daraxtlar bilan salomlashar ekan. U suhbatlashishni juda yaxshi ko'rar ekan. Ko'lning narigi tarafida oqqush oilasi yashar ekan. Ona o'rdak oqqush xonim bilan qo'shni bo'lsa ham, hech ko'rishmas ekan. Chunki o'rdak qo'shnisini takabbur oqqush


deb o'ylar ekan. Holbuki, oqqush xonim vazmin va biroz tortinchoq ekan. U ko'p gapirishni yoqtirmas ekan. Bir kuni ertalab ona o'rdak va bolalari ko'lda suzishayotgan edi. Ular biroz suzganlaridan keyin chinor barglaridan yeya boshlashibdi. Qorinlari to'ygach, odatdagidek, onasi

o'rdakchalarini sanabdi. Qarasa, bitta bola kam. U atrofiga qarabdi, ammo bolasi yo'q edi. Keyin boshqa bolalariga yuzlanib: Bolalarim, yuringlar, ukangizni qidiraylik, debdi.


Ular qurbaqaning oldiga suzishibdi. Qurbaqa katta barg ustida o'tirgan edi. O'rdak xavotir bilan: Mening kichkina bolamni bu yerlarda ko'rmadingmi? - deb so'rabdi. Yo'q, ko'rmadim, debdi qurbaqa. So'ng boshqa o'rdakchalarga qarab: Sen yaxshisi, bularni shu yerda qoldirib, tezroq yo'qolgan bolangni top. Men ularga qarab turaman, debdi. O'rdak rozi bo'libdi va suzib ketibdi. U sohilga boribdi. Gul va barglarning orasini qidiribdi, lekin o'rdakcha yo'q edi.


Ona o'rdak g'amgin ohangda: Men endi nima qilaman? - debdi. Shunda chinor daraxti: Oqqush yashaydigan tomonni qaradingmi? - deb so'rabdi.


To'g'ri aytasan. O'sha yerni qarab ko'ray, debdi va tez suzib ketibdi. U oqqushning oldiga borishni xohlamas, ammo boshqa iloji ham yo'q edi. O'rdak oqqushning oldiga borganida nimani ko'ribdi deng? Kichkina o'rdakcha



oqqushning oldida ekan! U darhol bolasining oldiga suzibdi. Oqqush sekingina: U mog'orga yopishib qolgandi, harakat qilolmay qoldi. Juda holdan toygan va qo'rqib ketgandi. Uni biroz dam olsin, o'ziga kelib olsin deb uyimga olib keldim, - debdi. Ona o'rdak oqqushga minnatdorchilik bildiribdi. Oqqush u o'ylagandek takabbur emasligini bilibdi. So'ng qurbaqaning oldiga suzib borib, bolalarini olib, uyiga qaytib ketibdi. Shu kundan boshlab o'rdak bilan oqqush inoq do'st bo'lishibdi.

Shokoladli kecha

Ziyoda sakkiz yoshli yoqimtoy qiz ekan. Qishki ta'til kunlarida u ko'p vaqtini xonasida o'yinchoqlar o'ynab o'tkazar ekan. O'sha kuni Ziyoda xonasida koptok o'ynayotganida onasi oshxonadagi shkafga katta qutida shokolad qo'yayotganini ko'rib qolibdi. Qizaloq shokoladni juda yaxshi ko'rar ekan. Shuning uchun butun hayoli shokolad qutisida bo'libdi....

Tanga baliqlar va itbaliq

Dize bilan Mize kumush rangli yaltiroq tangachalari bor ikkita kichkina baliqcha ekan. Ular ota-onalari bilan dengizdagi uyida yashashar ekan. Ona baliq kun bo'yi tozalik bilan mashg'ul bo'lar ekan. Kichkina uyning u tarafiga bu tarafiga suzar, dumini likillatib ishlarini qilar ekan. Kiraverishdagi o'tlarni tozalar, toshlarni o'z joyiga qo'yar...

Sichqonning noshukurligi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi......

Bolam qayerda

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir ko'l atrofida tinch yashaydigan o'rdak oilasi bor ekan. O'rdak har kuni o'n nafar bolasi bilan ko'lda suzar ekan. Ko'lning chetida chinor daraxti bor ekan. Uning shoxlari uzun bo'lib, bir qismi ko'lning ichiga qarab o'sgan ekan. O'rdak har kuni bolalari bilan birga shu chinorga qarab suzar ekan. U tumshug'ini suvga...

Bahodir tabib

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli...

Ochko‘z bo‘ri

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ulkan o‘rmonda bir ayyor tulki bo‘lgan ekan. Bir kuni u yo‘lda, bo‘rini uchratibdi. Bo‘ri semizgina quyonni tishlab ketayotgan ekan. Tulki bo‘riga......

Qirq yamoq haqi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan......

G'alati it

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Katta bir adirda bir qancha itlar birga yashashar ekan. Bu itlarning ranglari turlicha ekan. Biri qora,bir oq, biri jigarrang ekan. Bir kuni bu yerga olachi por it kelibdi. Itlar uni uzoqdan ko'rib hayron bo'lib qolishibdi......

Sichqonning gugurt qutilari

Kichik bir qishloqda xaroba bir uy bor ekan. Bu uyda ikkita sichqon yashar ekan. Ular birbirlarini juda yaxshi ko'rishar, bir-birlarini yaxshi tushunishar ekan. Sichqonlar faqat bir mavzuda kelisha olmas ekanlar: gugurt qutilari. Erkak sichqon gugurt qutisini yig'ishni yaxshi ko'rar ekan. Qachon bo'sh gugurt qutisini ko'rsa, uni olib uyga keltirar...

Boylik topgan bola

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan......

Fikr qo'shish