Toychoq va poyezd

Saman poyezd yo'li yaqinida yashaydigan toychoq ekan. U tez-tez temiryo'l vokzaliga borar, poyezdning kelib ketishini kuzatar ekan. Poyezdning ovozi va tutun chiqarib yurishi unga juda yoqar ekan. Saman bu yerga ko'p marta kelib, poyezd bilan do'stlashib olibdi. Toychoq endi vokzalga do'stining qachon kelishini bilar va uni shu yerda kutar ekan. Poyezd ham toychoqni ko'rib, baland ovoz berar va tutun chiqarar ekan. Bir kuni Saman poyezdga: Poyezd, sen qayerga ketyapsan?- deb so'rabdi. Poyezd kulumsirab shunday javob beribdi: - Shaharga ketyapman. - Shahar chiroyli joymi? Istasang, men bilan yur. Shaharni ko'rasan. - Zo'r bo'lardi! Poyezd asta-sekin toychoqdan uzoqlashib: - Ertaga shu vaqtda, shu yerda bo'l. Oldingi vagon bo'sh bo'ladi. Men sekinlashganimda minib olasan, birga ketamiz. Shu kecha Samanning butun hayoli shaharda bo'libdi, koʻziga uyqu kelmabdi. Ertasi kuni ertalab barvaqt vokzalga borib, poyezdni kuta boshlabdi. Poyezd vokzalga yaqinlash-gach, tez sur'atda vagonga sakrab chiqib olibdi. - Barakalla, Saman, uddalading, - debdi poyezd. Saman juda xursand edi, atrofni zavq bilan tomosha qilardi. Ular ancha yurib shaharga yetib borishibdi. Bu yerda odamlar ko'p, shovqin-suron edi. - Nega bunchalar shovqin?- deb kishnab yuboribdi toychoq.
odamlar bilan gavjum joyga borib qolibdi. O'ziga-o'zi: - Bu yer g'alati ekan! Yaxshisi men qayta qolay, - debdi. Ammo uyiga qanday ketishni bilmas ekan. U qayerga ketayotganini bilmay yuguraveribdi. Atrofidagi mashinalar tinmay signal chalishibdi. Odamlar uni ko'rib: - Ot bu yerda nima qilyapti? Egasi qayerda ekan? - deyishibdi. Bechora Saman nima qilishini bilmay qolibdi. Yuragi tez-tez ura boshlabdi. Shu payt u poyezdning ovozini eshitib qolibdi. Saman baland ovozda kishnab yuboribdi va do'stining ovozi kelgan tomonga yuguribdi. Yuguribdi, yuguribdi, nihoyat poyezdga yetib olibdi va bo'sh vagonga sakrab chiqib olibdi. So'ng chuqur nafas olib: - Rahmat, do'stim. Agar ovoz bermaganingda nima qilishni bilmasdim, - debdi. - Xo'sh, shahar senga yoqdimi? - Nima desam ekan? Umrimda hech ko'rmagan joylar, g'alati narsalarni ko'rdim. Ammo menga o'zimizning makon yaxshi. Endi o'z yerimning qadrini bilaman.