Ari bilan Kapalak

Ari bilan Kapalak
Ari bilan Kapalak


Ari bilan ipak qurti bir bog'da yashaydigan inoq do'stlar ekan. Ular kunlarni shu bog'da o'ynab o'tkazaishar ekan. Lekin oxirgi kunlarda ipak qurti ari bilan oʻynamay qo'yibdi. Ari qachon ipak qurtining oldigakelsa: - Charchaganman, uyqum kelyapti, - der ekan. Bir kuni ari ipak qurti yotgan daraxt yaprog'iga qo'nib xafa bo'lgan ohangda: Sen nega bunchalar horg'in va uyquchi bo'lib qolding? - deb so'rabdi. Ipak qurti esnab: - Ha, o'zimni juda behol his qilyapman. Quyoshdanmi, bilmadim, - debdi va yana uyquga ketibdi. - Uf, yana uxlab qoldi. Men o'z ishimga bora qolay, - deb uchib ketibdi ari. U ancha uchibdi, gullar orasiga boribdi. Hammasidan asal yig'ibdi. Tushdan keyin yana ipak qurtining yoniga kelibdi. Ammo do'sti uxlagan joyida yo'q edi. Ari hayron bo'lib atrofiga qarabdi: - Ipak qurti qayerga ketib qoldi, tavba?- debdi. U qorong'i tushguncha vizillab uchib, daraxtlarning tagini, barglarning ustini, gullarning orasini qidiribdi. Lekin ipakqurtini hech qayerdan topa olmabdi. So'ng horg'in va g'amgin bo'lib, uyasiga qaytibdi. Charchoqdan tez uxlab qolibdi. Tong otganda ari uyasi oldida, barglar orasida kichkina g'alati dumaloq narsani ko'rib qolibdi. U uchib darhol g'umbakning oldiga boribdi. Bu nima ekan? - debdi hayron bo'lib.



Oradan bir necha kun o'tibdi. Ari hali ham ipak qurtining qayerga ketib qolganini bilmas, undan xavotirda edi. Bir kuni ari uyasi oldidagi g'umbak
to'satdan qimirlay boshlabdi. Ari hayrat bilan unga qarab: - Kim bor bu yerda? - deb baqiribdi. So'ng uchib g'umbakning yonidagi bargga qo'nibdi. U yerdan hech qanday javob bo'lmabdi. Faqat orqaga, oldinga harakat qilarmish. Nihoyat g'umbak ochilibdi va ichidan rangli, juda chiroyli kapalak chiqibdi. U tashqariga chiqib, avval chiroyli qanotlarini yozib, daraxt atrofida aylanibdi. So'ng arining yoniga qo'nib: Salom, ari do'stim,— debdi. Ari lol bo'lib unga qarabdi: - Sen kimsan? Meni taniysanmi? — deb so'rabdi.
Kapalak kulib: Meni tanimadingmi? Men ipak qurti, sening do'stingman,- deb javob beribdi. Arining jahli chiqib ketibdi. "Bu kapalak men bilan hazillashyaptimi?" deb o'ylabdi.


- Meni bitta do'stim bor. U ham boʻlsa, ipak qurti edi. Hozir yo'qolib qoldi, — deb baqiribdi. Kapalak ari do'sti uchun qanchalar xavotir olganini bilibdi. Uning xafagarchiligini aritish uchun darhol bo'lgan voqyealarni tushuntira boshlabdi: - Men rostdan ham sening do'sting ipak qurtiman. Ancha oldin uxlab qolgandim. Sen meni uzoq chaqirding. Esladingmi? - debdi. Ari indamay uni tinglabdi. Kapalak davom etibdi: Uyg'onganimdan so'ng balki xafa bo'lgandirsan deb sening uyang oldigacha keldim. Seni kuta boshladim, tabiiyki, yana uxlab qolibman. - Lekin sen g'umbakkaqanday qilib kirding? Qanday qilib kapalakka aylanding? - Men uxlayotib atrofimga pilla o'rabman va uning ichida uxlab qolibman, - debdi u hayajon bilan. O'zgarib qolganingni ko'rib qo'rqmadingmi? - deb so'rabdi ari. Kapalak ma'nodor ohangda: - Aslida bu hodisa bir kuni sodir bo'lishini bilardim. Bu hamma ipak qurtlari bilan yuz beradi. Agar menga ishonmasang, boshqa kapalaklardan so'rashing mumkin...
Ari tabassum bilan: - Hojati yo'q. Do'stni qayta topishning o'zi baxt. Ha, - debdi kapalak. - Endi birga ucha olamiz. So'ng ikkalasi baravar havoga ko'tarilibdi va gullar orasida ucha boshlashibdi.

Kenguru va shifokor Laylak

Qadim zamonlarda kichkina kenguru yashagan ekan. U ota-onasi bilan yashar ekan. Kengurular tug'ilganda juda kichkina bo'lar ekan. Ular olti oylik bo'lguncha onasining qornidagi xaltachada yurar, ona suti bilan ovqatlanishar ekan. Kangu ham tug'ilgandan beri onasining xaltasida yashar ekan. Bu yerlarga bahor kelibdi. Hamma hayvonlar tabiat qo'ynida...

Shokoladli kecha

Ziyoda sakkiz yoshli yoqimtoy qiz ekan. Qishki ta'til kunlarida u ko'p vaqtini xonasida o'yinchoqlar o'ynab o'tkazar ekan. O'sha kuni Ziyoda xonasida koptok o'ynayotganida onasi oshxonadagi shkafga katta qutida shokolad qo'yayotganini ko'rib qolibdi. Qizaloq shokoladni juda yaxshi ko'rar ekan. Shuning uchun butun hayoli shokolad qutisida bo'libdi....

Toychoq va poyezd

Saman poyezd yo'li yaqinida yashaydigan toychoq ekan. U tez-tez temiryo'l vokzaliga borar, poyezdning kelib ketishini kuzatar ekan. Poyezdning ovozi va tutun chiqarib yurishi unga juda yoqar ekan......

Bolam qayerda

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir ko'l atrofida tinch yashaydigan o'rdak oilasi bor ekan. O'rdak har kuni o'n nafar bolasi bilan ko'lda suzar ekan. Ko'lning chetida chinor daraxti bor ekan. Uning shoxlari uzun bo'lib, bir qismi ko'lning ichiga qarab o'sgan ekan. O'rdak har kuni bolalari bilan birga shu chinorga qarab suzar ekan. U tumshug'ini suvga...

Dariya va turfa rang baliqchalar

Qachonlardir ko‘m-ko‘k tubsiz dengiz va qalin zumrad o‘rmon oralig‘idagi kichkina qishloqda baliqchilar oilasi yashagan ekan. Xonadon sohibi Kali, mehribon beka Dilda, o‘g‘li Mansur va sohibjamol qizaloq Dariyadan iborat bu uyda barchaning o‘z yumushi bor edi. Kali baliq tutib kelar, Mansur parranda va darrandalarni ovlashda mohir edi. Dilda va...

Xo‘roz mingan bola (ertak)

Bo‘rivoy hovliga chiqib, u yoq-bu yoqqa qaradi. Don cho‘qilayotgan xo‘rozni bir tepib, qoqolatdi-yu, ko‘chaga oshiqdi. Kechqurun hovli chetidagi tovuqxonada tepki yegan xo‘roz yig‘lamsirab, hasrat qila boshladi......

Qirq yamoq haqi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan......

Ari bilan Kapalak

Ari bilan ipak qurti bir bog'da yashaydigan inoq do'stlar ekan. Ular kunlarni shu bog'da o'ynab o'tkazaishar ekan. Lekin oxirgi kunlarda ipak qurti ari bilan oʻynamay qo'yibdi. Ari qachon ipak qurtining oldigakelsa: - Charchaganman, uyqum kelyapti, - der ekan. Bir kuni ari ipak qurti yotgan daraxt yaprog'iga qo'nib xafa bo'lgan ohangda: Sen nega...

Boylik topgan bola

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan......

Bahodir tabib

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli...

Fikr qo'shish