Sichqonning gugurt qutilari


Kichik bir qishloqda xaroba bir uy bor ekan. Bu uyda ikkita sichqon yashar ekan. Ular birbirlarini juda yaxshi ko'rishar, bir-birlarini yaxshi tushunishar ekan. Sichqonlar faqat bir mavzuda kelisha olmas ekanlar: gugurt qutilari. Erkak sichqon gugurt qutisini yig'ishni yaxshi ko'rar ekan. Qachon bo'sh gugurt qutisini ko'rsa, uni olib uyga keltirar ekan. Ammo sichqon xonim bundan xursand emas ekan. Sichqon gugurt qutisini olib kelganida sichqon xonim vaysayverar ekan. Bir kuni uning sabri tugabdi: - Hamma joy gugurt qutisiga to'lib ketdi. Bularning bizga nima foydasi bor? Nima bo'lsa ham, shularni otib yubor. Bu uyda gugurt qutilarini ko'rishni xohlamayman. Bu yerda gugurt quti, u yerda gugurt quti, hamma joyda gugurt qutisi! Bu uy gugurt qutilariga to'la. Narsalarimizni qo'yishga joy qolmadi. Sen bu qutilarni nima qilishingni umuman tushunmadim. Erkak sichqon bamaylixotir javob beribdi:
ketyapman. Umid qilamanki, qaytganimda bu qutilarni biror narsa qilarsan, - debdi. Sichqon xonim ketgandan so'ng erkak sichqon o'tirib o'ylab qolibdi:" Nima qilsam bo'ladi?" So'ng birdan oʻrnidan sakrab turib:

- Topdim! - deb baqiribdi. - Ulardan ko'p tortmali shkaf yasayman! U darhol ishtiyoq bilan ishga berilibdi. Qutilardan ajoyib shkaf yasashga ahd qilibdi. - Ayolim uyga qaytganida bu chiroyli shkafni ko'rib juda hayron bo'ladi? - debdi o'ziga-o'zi. U avval bir latta bilan hamma gugurt
qutilarining changlarini artibdi. So'ng: - Endi menga ozgina bo'yoq va yelim kerak bo'ladi,- debdi.
Uyda bunday narsalar ko'p ekan. Oldin bu uyda yashaganlar ko'chib ketishayotganda ashqol-dashqollarini shu yerga tashlab ketishgan ekan. Sichqon bir burchakda turgan changli qutilarni taxlabdi va bir idish yelim bilan ozgini qizil bo'yoq topibdi. Uning ustboshi chang bo'lib ketibdi, lekin u o'zidan xursand ekan. Darhol gugurt qutilarini ustmaust, yonma-yon qo'yib, bir-biriga yopishtiribdi. Shunda bir nechta tortmali ajoyib shkaf paydo bo'libdi. So'ng shkafni qizil bo'yoqqa bo'yab, tortmalarning o'rtasiga o'zi topgan bir nechta rang-barang tugmalarni yopishtiribdi. Hamma ishlar bitgandan keyin shkafni chetroqqa joylashtiribdi va uyni yig'ishtiribdi. Sichqon xonim uyga qaytib kelib, tortmali shkafni ko'ribdi va hayrat bilan: - Voy, qanday chiroyli shkaf! Buni qanday qilib yasading? - deb chiyillabdi. Sichqon o'zini bilimdonlardek tutib: - Har doim gugurt qutilari bir kun kelib korimizga yaraydi deb aytardim. Mana o'sha kun keldi. - debdi.