Buyuk haqiqatni anglash

Buyuk haqiqatni anglash


Inson ezgu va haq so‘zni yaxshi ko‘radi, shirin so‘zning gadosi. Ayniqsa, bu foniy dunyoning bebaqoligini anglagan kishi o‘zini buyuk savol-javob kuniga tayyorlab boradi. O‘sha kuni tiliga biror kalima kelmay, sharmanda bo‘lishidan qo‘rqadi. Har kuni nafsini tergaydi, gunohkorligini, bandaligini eslab turadi. Allohning kalomini qalbiga muhrlaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarini o‘z turmush tarzi uchun dasturul-amal kilib oladi.

Hozirgi kunning o‘quvchisi, Qur’oni karimning bir necha ma’no tarjimalari va tafsirlaridan, hadisi sharif va uning sharhlaridan bahramand bo‘lib kelmokda. Va aynan ana shu mo‘tabar manbalar har bir inson hayoti uchun nihoyatda muhimligi har lahzada sezilib turibdi. Har kim bu bebaho xazinadagi ma’naviy javharlar bilan umr mazmunini bezash harakatida yuribdi. Kimlardir birgina oyatning Mohiyatini dil-dildan anglab, hech kanday taruddudga tushmay, poklangan holda peshonasini sajdaga qo‘ydi. Albatta Alloh hidoyat bergan kimsani hech kim adashtira olmaydi va ayni chokda Yarattan Zot adashtirib qo‘ygan kimsani hech bir banda hidoyat yo‘liga sola olmaydi. Hidoyat ham, rizq ham Uning izmida...
Alloxning ilohligini anglash uchun qalbni gaflat uykusidan uygotib, bir marta qabr ziyoratiga borish kifoyadir, extimol. Alloxning buyuk qudratini anglash uchun odam umr bo‘yi kitob o‘qigan olim bo‘lish shart emas. Inson o‘z nafsiga nazar solishi, ko‘zgudagi aksiga boqib, shu bir juft ko‘z albatta ertaga qabrda qurtlarga eng birinchi yem bo‘ladigan a’zo ekanini xotirlashi yetarlidir. extimol. Alloxning har narsaga qodirligini anglash uchun yillab umrini zoye ketkazish shart emas. Ko‘lga kirgan zirapcha yoki yerning bir silkinishi, birgina oyat ma’nosiga yoki osmon dalasida sochilib yotgan yulduzlarga akl ko‘zi bilan bir qarash kifoyadir, ehtimol. Nima bo‘lganda ham Alloh hidoyat nasib qilgan aql egalari uchun bu olamda belgi-alomatlar ko‘p...

Eng asosiysi albatta Allohning kalomi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari. Shuningdek, maqom e’tiboridan bu ikki tabarruk manba orasidan joy olgan hadisi qudsiylar ham borki, ulardan boxabarlik har kim uchun foydalidir. Ushbu rabboniy hadislar o‘qilganda odam o‘zini taftish qilishga tushadi, chuqur o‘yga toladi. "Ey iymon keltirganlar, nima uchun bajarmagan narsalaringizni gapirasizlar? Qanchadan-qancha gaplarni gapirdingiz-da, ularning xilofini bajarasiz. Kanchadan-qancha narsalardan man qilasiz-da, o‘zingiz undan to‘xtamaysiz. Qanchadan-qancha narsaga buyurasiz-da, o‘zingiz uni bajarmaysiz". Bu satrlarni beparvo, loqayd o‘qish mumkinmi?

"Ey Odam farzandi, so‘zing muloyim, amaling qabih bo‘lsa, unda munofiqlarning raisisan".

Ilm-ma’rifatning qadr-qiymati juda muhim. Olimning ilmiga amal qilishi undan muhimroq. Shu ma’noda hadisi qudsiyda aytiladi: "Ey Odam farzandi! Amalsiz ilm xuddi yomgirsiz chakmokka va momaqaldirog‘ga o‘xshaydi. Ilmsiz amal xuddi mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Amalsiz olim xuddi o‘qsiz kamonga o‘xshaydi". Har bir olim zoti bu buyuk haqiqatni anglashi lozim emasmi?

Bu dunyoda halol bilan haromning farqiga bormay yurgan gaflat bandalariga "Ey Odam farzandi! Bilgin, albatta xalol narsa katra-qatra bo‘lib keladi. Harom narsa esa sel kabi keladi. Sen boylikka xursand bo‘lma, chunki u abadiy emas", degan xakikat sadosi ta’sir kilmasligi mumkinmi? Xullas, ushbu qirqta hadisi qudsiyda jamul-jam bo‘lgan ma’nolar zukko va ma’rifattalab o‘quvchini aslo befarq qoldirmaydi, deb o‘ylayman.

Abdulhay ABDULLAYEV,
filologiya fanlari nomzodi

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Musulmon bolaning odob-axloqi

Ey o‘g‘lon, yeyishning bir qancha odoblari bo‘lib, sen albatta ularga bo‘ysunishing, shunda sening sog‘liging yaxshilanib jisming quvvatli bo‘ladi. Aqling o‘tkirlashib, har xil kasal va og‘riqlardan salomat bo‘lasan......

Besh narsa besh narsa bilan kattalashadi

🌱🌹Besh narsa besh narsa bilan kattalashadi: 1) Gulxan – o‘tin bilan; 2) Shubha – gumon bilan; 3) Qo‘pollik – yomon muomala bilan;......

Haq yo‘lda zohir bo‘lib turadigan va Qiyomatgacha davom etadigan toifa haqidagi hadislar

Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Ayollar jamoasi

Abdulloh ibn Umar r.a. dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: - “Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar......

Odobdan yuksak muhabbat yo‘q

«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q......

Dunyo g'am chekishga arzimas

"Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech kachon tugamaydigan g‘am solib ko‘yadi. Shunday mashg‘ulogta band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha...

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Sabr haqida

Domla minbarga chiqib, zohidlik, sabr va isrofni tark qilish haqida gapira boshladi. Ko‘cha tozalaydigan ishchilardan biri uning gapini bo‘ldi: - Taqsir! Siz ishga qimmatbaho mashinada, qimmatbaho kiyimlarda , masjidni to‘ldirar darajada xushbo‘y atirlarni sepib kelasiz. Qo‘lingizda ayfon. Yil ora umraga borasiz....

📙Bismillahir rohmanir rohiym.

Savol. «Tavhid kalimasi» qaysi? Javob. «Tavhid kalimasi», ya’ni Xudoning yagonaligini aytiladigan muqaddas gap mana bu: «La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!»....

Fikr qo'shish