Asalga qo'ngan pashsha
«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar o‘tyapti, nimani kutyapsizlar?! Balki o‘limdan saqlaydigan narsangiz bordir?! Yoki qo‘lingizda do‘zaxdan (xalos bo‘lganingizni asoslovchi) hujjat bormi? Yo jannatlarda najot topdingizmi? Yoki siz bilan Parvardigoringiz orasi (faqatgina) rahmatu marhamatdan iborat deb o‘ylayapsizmi? Yo (mo‘l-ko‘l) ne’matlar havolantirib, (qilingan) yaxshilik(lar) sizlarni buzdimi? Yeki dunyoning uzundan-uzoq orzu-havaslari sizlarni chalg‘itdimi? Sihatu- salomatlikni g‘animat bil-mayapsizlar, axir kunlaringiz belgilangan, oladigan nafaslaringiz sanoqli-ku!..
Ey Odam farzandi! Albatta sen amalingdan o‘zib ketyapsan. Har bir o‘tgan kuning umringdan bir kunni yakson qilyapti. Onangning qornidan chiqqan kuningdan buyon har kuni qabringga yaqinlashyapsan, toki unga kirasan.
Ey Odam farzandi! Sen bu dunyoda bamisoli pashshaga o‘xshaysan: pashsha asalga qo‘nar ekan, chiqolmasdan botib qoladi, sen ham xuddi shundaysan. Boshqalarga olov bo‘lish uchun o‘zini kuydirgan o‘tin kabi bo‘lma».