Duo qachon ijobat bo'ladi?

Duo qachon ijobat bo'ladi?


«Ey Odam farzandi!
Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi.

Ey Odam farzandi!
Agar so‘zing muloyim, amaling qabih bo‘lsa, u holda sen munofiqlarning raisisan. Agar zohiring chiroyli, botining xunuk bo‘lsa, u holda sen halokatga duchor bo‘lguvchilardansan. Ular Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, ammo o‘zlari sezmagan holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.
Ey Odam farzandi!
Jannatga faqat Mening buyukli-gimga tavoze’ qilganlar, kunini zikr bilan o‘tkazganlar, faqat Men uchun nafsini shahvatlardan tiyganlar kiradi. Albatta Men g‘ariblarni panohim, qashshoqlarni himoyam ostiga olaman. Ota o‘z farzandiga (qancha) rahmdil, beva ayolga er (qancha) mehr-shafqatli bo‘lganidek, Men yetimni (shunchalik) hurmatlayman. Kim mana shu sifat bilan vasflansa, unga javob beruvchi bo‘laman. Qachon duo qilsa, ijobat etaman. Qachon so‘rasa, so‘raganini beraman».

Imom G‘azzoliy “Qirq hadisi qudsiy”dan.

Duo qachon ijobat bo'ladi?

Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi......

Qiyomatdan oldin yahudlar mag'lub bo'lishi va g'arqad daraxti haqidagi hadisi sharif

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilasizmi kimni ko‘rishni orzu qilgan

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilasizmi kimni ko‘rishni orzu qilgan ... 😢 Bir kuni Rasululloh ﷺ yig‘ladilar. 🔹Buni ko‘rgan sahobalar: “Sizni nima yig‘latdi, ey Allohning Rasuli?” deb so‘rashdi......

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

Umraning fazli

Alloh taolo aytadi: «Haj va umrani Alloh uchun komil suratda ado qiling!» (Baqara: 196). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا وَالْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزَاءٌ إِلاَّ الْجَنَّةُ» (رواه البخاري) Abu Hurayra...

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Ustunlik kim tarafda?

Bir ayol jonli efirda bo‘layotgan "fatvo" loyihasiga qo‘ng‘iroq qilib, Shayxga savol berdi: - Nima uchun islom (dini) bizni halol, harom amallarda erga itoat etishimizni chegaralab, unga bog‘lab qo‘ydi-yu, lekin, erkaklarni bizga itoat etishda bog‘lamadi?......

Anbiyolarning kasb-hunarlari

• Odam alayhissalom yer haydab, dehqonchilik qilganlar. – Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlar. – Nuh alayhissalom duradgor bo‘lganlar....

Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi...

To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rohimahulloh aytadi: «To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman: Birinchisi g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, innii kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib...

Fikr qo'shish