Qachongacha?..
«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?!
Qachongacha Menga itoatsizlik qilasan, holbuki Men bandaga zulm qilguvchi emasman?!
Qachongacha ne’matimni inkor qilasan?
Qachongacha Kitobimni arzimas sanaysan, holbuki senga toqatingdan tashqari narsa yuklamadim?!
Qachongacha Menga xunuk muomalada bo‘lasan, Meni inkor qilasan, holbuki Mendan o‘zga Parvardigoring yo‘q?!
Agar bemor bo‘lsangiz, Mendan boshqa qaysi tabib dardingizga shifo beradi?! Mendan norozi bo‘lib, qazoi qadarimdan nafratlandingiz. Samodan ustingizga sharros yomg‘ir yog‘dirgan Menman. Siz esa: «Mana bu yulduz tufayli bizga yomg‘ir yog‘di», deb Menga kufr, o‘sha yulduzga iymon keltirdingiz. Men sizlarga rahmatimni taqdirga muvofiq belgilab, o‘lchab, sanab, tortib, taqsimlab berguvchi Zotman. Agar sizlardan birortangizga uch kunlik rizqi kelsa ham,
«Mening ahvolim yomon, yaxshi emas», deydi. Ne’matimga aniq noshukrlik qiladi. Kim molidan zakot berishga qarshi bo‘lsa, Kitobimni tahqirlabdi. Kimki namoz vaqtini bila turib unga hozir bo‘lmasa, Mendan g‘ofil qolibdi».